171
15.3. Turistik firmalarning o„z oldiga qo„ygan maqsad va vazifalari
15.4. Marketing, moliyalashtirish rejalari va tarkibi.
15. 1. Turistik firmalar faoliyatini rivojlantirish asoslari.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday tashkilot bir-biri bilan o‗zaro
integratsiyalashuvsiz hech qanday rivojlanishga erisha olmaydi. Masalan,
avtomobil ishlab chiqarish kompaniyalari bu kompaniya mahsulotlariga
xizmat ko‗rsatadigan xususiy avtoservislarni amaliy jihatdan qo‗llab-
quvvatlashi
kerak.
Chunki,
avtoservislar
kompaniya
tomonidan
chiqarilayotgan avtomobillarni ta‘mirlash bo‗yicha barcha qulayliklarga
ega bo‗lsa, bu avtomobillarga bo‗lgan talab tabiiy ravishda oshib boradi.
Xuddi shuningdek, turizm sohasidagi kichik va xususiy biznes subyektlari
ham bir-biri bilan o‗zaro munosabatda bo‗lishlari turizm sanoatining
istiqbolli rivojlanishiga olib keladi. Yuqoridagi bo‗limlarda aytib
o‗tilganidek, turizm sohasida faoliyat ko‗rsatayotgan kichik va xususiy
biznes subyektlari mos ravishda bevosita va bilvosita firmalarga bo‗linadi.
Bevosita tadbirkorlik subyektlari turizm sohasiga to‗g‗ridan-to‗g‗ri aloqasi
bo‗lgan har xil turistik sayohatlarni uyushtiruvchi agentliklar, turizm
operatorlari, xususiy mehmonxonalar, kempinglar, xususiy sanotoriyalar
va pansionatlar, xususiy ijara uylari va umuman olganda, turistik
xizmatlarni ko‗rsatuvchi barcha firmalarni o‗z ichiga oladi
61
. Bilvosita
tadbirkorlik subyektlari esa, mamlakatimiz ichki bozorlarida chet ellik
turistlar ehtiyojini qondiradigan raqobatbardosh mahsulotlar ishlab
chiqarishga ixtisoslashgan kichik va xususiy biznes korxonalarini o‗z
ichiga oladi.
Dostları ilə paylaş: