191
b) yuridik shaxs shtatida belgilangan tartibda ishchi organ
tomonidan berilgan malaka sertifikatiga ega bo‗lgan
kamida bir nafar
xodim bo‗lishi;
v) yuridik shaxs xodimi va gidlar (ekskursovodlar) tomonidan 2
yilda kamida bir marta ishchi organ tomonidan belgilangan tartibda
beriladigan malaka sertifikati
olinishi;
g) qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq bo‗lgan turizm
xizmatlari ko‗rsatish uchun o‗z mulki bo‗lgan yoki ijaraga olingan binolar
mavjud bo‗lishi;
d) eng kam oylik ish haqining kamida 400 baravari miqdorida
shakllantirilgan ustav fondiga ega bo‗lishi;
ye) ishchi organ yoki u tomonidan vakolat berilgan idoraviy mansub
tashkilot tomonidan ishchi organ belgilaydigan
tartibda amalga
oshiriladigan turizm xizmatlarining sertifikatsiyadan o‗tishi;
j) mijoz bilan faqat O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari
talablariga muvofiq shartnoma (kontrakt)
tuzilgandan keyin turizm
xizmatlari ko‗rsatish;
z) chet davlatga chiqish, kelish va u yerda bo‗lishning o‗ziga xos
xususiyatlari, turistik sayohat vaqtida o‗zini tutish xususiyatlari hamda har
bir aniq mamlakatda bo‗lishning boshqa qoidalari to‗g‗risidagi to‗liq
ma‘lumotlarni har bir turistga
belgilangan tartibda yetkazish;
i) mijozga litsenziatning ish rejimi, uning pochta manzili, litsenziya,
majburiy
tarzda
sertifikatlanadigan
xizmatlarga
sertifikatlarning
mavjudligi, turizm faoliyatining aniq yo‗nalishlari uchun mas‘ul bo‗lgan
mansabdor shaxslarning (gid (ekskursovodning)) familiyasi, ismi,
otasining ismi to‗g‗risida to‗liq va batafsil ma‘lumot berish;
k) turistlar xavfsizligini ta‘minlash,
jarohat olganda, kasal bo‗lib
qolganda va boshqa hollarda tibbiy xizmat ko‗rsatish tizimining mavjud
bo‗lishi;
l) qonun hujjatlarida
belgilangan hollarda, muddatlarda va
miqdorlarda turistik yig‗imni to‗lash.
Gidlarga
(ekskursovodlarga)
«
g
»,
«
d
»
va
«l»
kichik
bandlar
талаблари tatbiq etilmaydi.
Faqat mehmonxona xizmatlari ko‗rsatishni mo‗ljallayotgan
oilaviy
192
korxonalar oilaviy korxonalar uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng
bo‗lgan ustav fondiga ega bo‗lishlari kerak.
Faqat ichki turizm toifasida turoperatorlik xizmatlari ko‗rsatishni
mo‗ljallayotgan yuridik shaxslar — yuridik shaxsning tegishli tashkiliy-
huquqiy shakli uchun qonun hujjatlarida belgilanganga teng bo‗lgan ustav
fondiga ega bo‗lishlari kerak.
(7-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil
13 martdagi 60-sonli
qarori
tahririda — O‗R QHT, 2014 y., 12-son, 138-
modda)
Dostları ilə paylaş: