III. Litsenziya olish uchun zarur bo„lgan hujjatlar
8. Litsenziya olish uchun litsenziya talabgori litsenziyalovchi
organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
a) quyidagilar ko‗rsatilgan holda litsenziya berish to‗g‗risida ariza:
yuridik shaxslar uchun — nomi va tashkiliy-huquqiy shakli,
joylashgan joyi (pochta manzili), bank muassasasining nomi va bank
muassasasidagi hisob-kitob raqami;
jismoniy shaxslar uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi,
fuqaroning shaxsini tasdiqlaydigan hujjatdagi ma‘lumotlar;
yuridik yoki jismoniy shaxs amalga oshirishni mo‗ljallayotgan
faoliyatning litsenziyalanayotgan turi;
b) yuridik shaxslar uchun — yuridik shaxsning davlat ro‗yxatidan
o‗tkazilganligi to‗g‗risidagi guvohnomaning nusxasi; jismoniy shaxslar
uchun — yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‗yxatidan o‗tkazilganligi
to‗g‗risidagi guvohnomaning nusxasi;
v) litsenziya talabgori tomonidan litsenziya talabgorining arizasi
ko‗rib chiqilganligi uchun yig‗im to‗langanligini tasdiqlovchi to‗lov
hujjatining nusxasi;
d) shakllantirilgan ustav fondi miqdori to‗g‗risida dalolat beruvchi
hujjatning nusxasi;
y) belgilangan tartibda ishchi organ yoxud bunday vakolat berilgan
idoraviy mansub tashkilot tomonidan belgilangan tartibda berilgan yuridik
shaxslarning xodimlari va gidlar (ekskursovodlar)ning malaka sertifikatlari
nusxalari;
j) familiyasi, ismi va otasining ismi, tug‗ilgan yili, pasportiga oid
193
ma‘lumotlar, uy manzili, ma‘lumoti, telefonlar raqamlari ko‗rsatilgan
holda rahbar (gid) (ekskursovod)) to‗g‗risidagi ma‘lumotlar.
Gidlar (ekskursovodlar)ga
«g»
ва
«d»
кичик bandlar talablari ham
tatbiq etilmaydi.
(8-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014 yil
13 martdagi 60-sonli
qarori
tahririda — O‗R QHT, 2014 y., 12-son, 138-
modda)
81. Litsenziyalovchi organ litsenziya berish uchun boshqa vakolatli
organlarda mavjud bo‗lgan zarur hujjatlar va axborotlarni belgilangan
tartibda o‗zaro axborot hamkorligi yo‗li bilan, shu jumladan elektron
tarzda mustaqil ravishda oladi, ushbu Nizomning
8-bandida
назарда
tutilgan hujjatlar va axborotlar bundan mustasno.
(81-band O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014
yil 31 dekabrdagi 377-sonli
qaroriga
асосан kiritilgan — O‗R QHT, 2015
y., 1-son, 9-modda)
9. Litsenziya talabgoridan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan
hujjatlarning taqdim etilishini talab qilishga yo‗l qo‗yilmaydi.
10. Hujjatlar litsenziya talabgori tomonidan ishchi organga bevosita
yoxud olinganligi to‗g‗risidagi bildirishnoma bilan pochta yoki elektron
aloqa vositasi orqali yetkazib beriladi.
(10-bandning birinchi xatboshisi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2014 yil 13 martdagi 60-sonli
qarori
tahririda — O‗R
QHT, 2014 y., 12-son, 138-modda)
Hujjatlar ishchi organ mas‘ul xodimi tomonidan ro‗yxat bo‗yicha
qabul qilinadi, ro‗yxatning nusxasi hujjatlar qabul qilib olingan sana
to‗g‗risida belgi qo‗yilgan holda ariza beruvchiga yuboriladi (topshiriladi).
Noto‗g‗ri yoki buzilgan ma‘lumotlar taqdim etilganligi uchun
litsenziya talabgori qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
IV. Arizani ko‗rib chiqish va litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad
etish to‗g‗risida qaror qabul qilish
.
V. Litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish, dublikat berish
VI. Litsenziya talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish
VII. Litsenziyaning amal qilishini to‗xtatib turish, to‗xtatish, litsenziyani
194
bekor qilish
VIII. Litsenziyalar reyestri
IX. Litsenziya berilganligi uchun davlat boji.
Dostları ilə paylaş: |