Pashinyan Rossiyaning Armanistondagi harbiy bazalaridan hech qanday foyda yo‘qligini aytdi. Kreml munosabat bildirdi



Yüklə 190 Kb.
tarix19.11.2023
ölçüsü190 Kb.
#133209
hyhgtertgfdtrh


Dunyo yangiliklari
Pashinyan Rossiyaning Armanistondagi harbiy bazalaridan hech qanday foyda yo‘qligini aytdi. Kreml munosabat bildirdi
A rmaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya bazalarining Armaniston hududida qolayotganidan hech qanday foyda ko‘rmayotganini aytdi. Bu haqda u The Wall Street Journal nashriga bergan intervyusida gapirdi.
“Qorabog‘dagi mojaro Moskva o‘zining ittifoqchilik majburiyatlarini bajara olmasligini ko‘rsatdi”, — dedi Pashinyan. “Bu voqealar bizni mohiyatan xavfsizlik bo‘yicha munosabatlarimizni diversifikatsiya qilishimiz kerak degan qarorga olib keldi va endi shunga harakat qilyapmiz”.
Shu bilan birga, jurnalistning Armaniston Rossiyadan qo‘shinlarini olib chiqib ketishni talab qiladimi, degan savoliga Pashinyan shunday javob berdi:
“Biz bunday savolni muhokama qilmayapmiz. Hozir boshqa masalalarni ko‘proq gaplashyapmiz, bu holatning sababini tushunishga harakat qilyapmiz. Bular, albatta, Armaniston — Rossiya, Armaniston — KXSHT o‘rtasidagi ishchi muzokaralarning kun tartibi bo‘ladi, deb o‘ylayman”.

Respublikachi Mayk Jonson AQSH Kongressi Vakillar palatasining yangi spikeri bo‘ldi


R espublikachi Mayk Jonson AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN. Uni 220 nafar respublikachi kongressmen qo‘llab-quvvatladi. G‘alaba qozonish uchun 217 ovoz to‘plash kerak edi.
Telekanal qayd etganidek, Jonson AQSH sobiq prezidenti Donald Trampning faol tarafdori hisoblanadi. Xususan, Jonson Vakillar palatasida impichment paytida Trampning huquqiy himoyasiga rahbarlik qilgan va AQSH Oliy sudidan 2020-yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilishni so‘ragan, deb yozadi siyosatshunos Yan Veselov.
Shu bilan birga, The Washington Post gazetasining qayd etishicha, Jonson Ukrainaga yordam berishga qarshi. Xususan, 2022-yil may oyida u Ukrainaga taxminan 40 milliard dollarlik yordam paketiga qarshi ovoz berdi.
Yüklə 190 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin