Paxta va zig‘ir tolasining arqoq va tanda iplari. Polotno va sarja to‘­qish. Gazlamaning o‘ng va teskari tomonlarini aniqlash



Yüklə 1,24 Mb.
səhifə2/5
tarix10.12.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#138881
1   2   3   4   5
To‘qimachilik – yigirilgan iplardan mato olish jarayonidir. Tayyor iplar sexga kelib tushadi, to‘quv stanoklarida ulardan mato to‘qib chiqariladi. Tanda va arqoq iplar o‘zaro birlashib to‘qishni tashkil qiladi. Aylanma to‘qimachilikning keng tarqalgani – dasmolchilik, bo‘zchilik.
  • To‘quvchilik stanogida ishni to‘quvchi boshqaradi. U bir vaqtning o‘zida 48 tadan 64 tagacha avtomat dastgohlarga xizmat ko‘rsatadi. Dastgoh to‘xtab qolsa, to‘quvchi uzilgan iplarni ulaydi, mato sifatini kuzatib boradi.
    • To‘quvchilik dastgohidan chiqqan gazmol uncha toza bo‘lmaydi – kulrang yoki sarg‘ish tusda, g‘ijim bo‘ladi. Bu mato pardozlashga jo‘natiladi: gazmolning ustki yuzasidagi tolalarning uchlari olib tashlanadi, oqartiriladi, bo‘yaladi yoki naqsh bosiladi, rasm tushiriladi.
    • Gazlamaning ko‘rinishi va xususiyatlari uning to‘qilishiga bog‘liq bo‘ladi. Gazlamalar polotno, sarja, satin va atlas usulida to‘qiladi. Biz siz bilan polotno va sarja to‘qishni o‘rganamiz.
    • 5-amaliy mashg‘ulot
    • Polotno va sarja to‘qish
    • Kerakli asbob va moslamalar: rangli qog‘oz, qaychi, yelim, chizg‘ich, qalam, o‘chirg‘ich, ishchi daftar.
    • Ikki xil rangdagi qog‘ozdan polotno to‘qishni ko‘rsatish. Gazlama to‘qishda bo‘ylama qog‘oz – tanda va ko‘ndalang qog‘oz – arqoq hisoblanadi.
    • Polotnoni qog‘ozdan to‘qish, odatda, quyidagi bosqichda amalga oshiriladi:
    • 1. O‘lchamlari 105x150 mm li oq qog‘oz olib, oralari uzunasiga bir xil qilib chizg‘ichda chizib olinadi, so‘ngra to‘g‘ri qilib kesib chiqiladi (kesiklar soni juft bo‘lsin).
    • Shunda ularning oralaridan to‘qib o‘tkaziladigan qog‘oz tasmalarning ikkala uchini ham oq qog‘ozning orqasiga keltirish mumkin.
    • 2. Rangli qog‘ozdan tasmalar qirqiladi. Tasmaning eni oq qog‘ozdagi ikki kesik o‘rtasidagi masofaga teng bo‘ladi. Uzunligi esa oq qog‘ozning bo‘yi bilan barobar bo‘lsin.
    • Oq qog‘ozdagi kesiklar bo‘ylama (tanda), rangli qog‘ozli tasmalar esa ko‘ndalang (arqog‘i) joylashadi.
    • 3. Rangli tasmalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular navbatmanavbat, goh tanda ostidan, goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
    • Har bir tasmaning uchi oq qog‘ozning orqa tomonidan kirib to‘qib borilib, oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchi oq qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
    • 4. Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.
    1   2   3   4   5




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin