Chigitli paxtadan mayda iflosliklarni ajratish texnologiyasi va uskulari
3. Qoziqli baraban va to’rli yuzalarni tayyorlash texnologik jarayonlari. Ma’lumki, Respublikamiz paxtatozalash korxonalarida paxtani mayda iflosliklardan tozalash uchun 1XK rusumidagi tozalagichdan keng foydalanilmoqda va uning asosiy ishchi organi bo’lib qoziqli barabanlar va to’rli yuzalar xioblanadi.
Qoziqli baraban paxta xomashyosini mayda iflosliklardan tozalashda asosiy ishchi organ hisoblanadi va uni umumiy ko’rinishi 2-rasmda keltirilgan.
1-val, 2-disk, 3-qobiq, 4-qoziq, 5- bolt, 6 - bolt, gayka, shayba.
2-rasm. Qoziqli barabanni umumiy ko’rinishi
Uzoq yillardan buyon paxta xomashyosini mayda ifloslikdan tozalovchi tozalagichlarida bir xil qoziqli-parrakli barabanlar ishlatilinib kelinayapti. Bunda val 1, disk 2, qoplamadan 3 tashkil topgan. Qoplama 3 qobirg’asimon bo’lib, bu qobirg’alarning o’rtasiga 150 mm. qadamlarda 75 dona qoziqlar payvandiangan.
Paxtani mayda iflosliklardan tozalash mashinalarida qo’llash uchun “Paxtasanoat” ilmiy markazi xamda “Industrial tehnological lines” MChJ larda ishlab chiqilgan chiviriqli baraban trubasimon val xamda trubasimon valga payvandiangan shnekni ko’rish mumkin (3-rasm)
a)
b)
3-rasm. Trubasimon val
a) truba; b) trubaga payvandiangan shnek
Har bir baraban tagida g’alvir uzunligi bo’yicha baraban aylanishida alohida qoplamalarning birlashish joyida ventilyatorlar parraklaridagi kabi hosil bo’ladigan havo oqimi paydo bo’lishi tufayli g’alvirning boshlanish garniturasida havo tashqariga puflanadi va iflos aralashmalarning ajralishiga yordam beradi, keyingi segmentda havo tortiladi va iflos aralashmalarning ajralishini qiyinlashtiradi.
Buning oqibatida ushbu qoziq-parrakli tozalash barabanlarda “ventilyator effekti” sodir bo’ladi. Qoziqlar ham ma’lum darajada havo oqimini hosil qilsada, lekin ular havo oqimini o’zidan o’tkazishi hisobiga “ventilyator effekti” kam hosil bo’ladi va tozalash samaradorligiga ijobiy ta’sir etadi.
SHu sababli qoziqli-parrakli barabandagi texnologik kamchiliklarni hisobga olgan holda yangi titish barabanlarni o’rganish ilmiy tadqiqotning yo’nalishlaridan biridir.
YUqoridagi bobda paxtani yirik iflosliklardan tozalashdagi asosiy ishchi organ arrachali barabanga o’xshash holda bo’lgani uchun qoziqli baraban vali, disklarni tayyorlash texnologiyalari ham o’xshash, shuning uchun de’allarni tayyorlash texnologiyalariga aloxida to’xtalib o’tamiz va asosiy e’tiborini qoziqli baraban qobig’ini tayyorlash texnologik jarayonini izoxlashga qaratamiz.
Ma’lumki, barabanlar to’rtta qobiqdan iborat bo’lib ular barabanga o’rnatilganda va o’zaro qotirilganda yaxlit aylanma yuza hosil qiladilar. Qobiq qalinligi 2mm bo’lgan, P3 dan tayyorlangan po’lat varaqadan tayyorlanadi va uni tayyorlashda qo’yidagi operatsiyalardan foydalaniladi:
Tayyorlov kesish operatsiyasi, bunda qobiq tayyorlash uchun yaxlit varaqadan kerakli o’lchamdagi qobiq tayyorlamasi tegishli o’lchamlarda qirqib olinadi;
Teshiklar ochish operatsiyasi bu operatsiyada teshiklar Presslab olinadi, yaqingacha buning uchun maxsus teshik ochuvchi presslar (“sitoprobivnoy”) ishlatilib kelingan edi. Hozirda bu operatsiyalarni bajarishda sonli dasturli boshqariladigan teshik ochuvchi YAWEI-NISSNBO Pressidan samarali foydalanilmoqda.
4-rasm. Turli yuzadagi teshiklar o’lchami
Kesuvchi asbob sifatida tezkesar po’latdan tayyorlangan va tegishli shaklga ega bo’lgan puanson xizmat qiladi.
3.Qobiqli egish, bu operatsiyada presslab bukish orqali qobiqli ko’ndalang ko’rinishga mos profil olinadi (5-rasm).
5-rasm Qobiqli egish operasiyasi
4. Qobiqlarga qoziqlar o’rnatish, bu operatsiyada tayyorlangan qobiqqa tayyor qoziqlar payyovandiash orqali o’rnatiladi, operatsiya maxsus jihozlangan qurilmada bajariladi. Tayyor qobiqlar bo’yaladi, odatda qizil yoki jigarrang rangga (6-rasm).
6-rasm Qoziqlar o’rnatilgan qobiq
3. Qoziqlar o’rnatilgan qobiqlar baraban valiga oldindan o’rnatilagan disklarga va o’zaro maxkamlanib yig’iladi, yig’ilgan barabanni muvozanatlash operatsiyasi bajariladi. Bunday barabanni tayyorlash texnologiyasi nisbatan oddiy bo’lib, asosan uni valini tayyorlashga alohida e’tibor qaratiladi.