Siyosat sohasi Har bir davr o‘z kishilari ongida beixtiyor siyosiy ongni
shakllantiradi va odamlar uning tamoyillariga bo‘ysunadilar. Siyosat
borasidagi psixologik masalalarga psixolog aralashuvining zarurati
har doim bo‘lmasa – da, ayrim paytlarda – yirik islohotlar boshlanishi
arafasida, saylov oldi kompaniyalarda, yangi siyosiy liderlarning xalq
tomonidan qabul qilinishi jarayonlari, ko‘pchilik auditoriyaga zarur
ma’lumotlarni yetkazish, ijtimoiy ustanovkalarni o‘zgartirish, siyosiy
arboblar imidjini omma ongiga singdirish paytlarida psixologik ta’sir
vositalaridan o‘rinli foydalanish, maslahatlar berish va ayrim guruhlar
e’tiqodiga ta’sir etish zarur bo‘lganda kerak bo‘ladi.
Siyosiy sohada ishlayotgan psixolog ishining o‘ziga xos jihatlari
bo‘lib, unga quyidagilar kiradi:
a) siyosatda psixolog aralashuvi ko‘pchilik ommaga bevosita
aloqador bo‘lmaydi;
b) zarurat tug‘ilganda, psixolog shunday tez va ishonchli
o‘lchaydigan metodikalarni ishlatadiki, ularning natijalari sir saqlanib,
o‘sha buyurtmachi – siyosatchining talabiga ko‘ra izlanishlar olib
boriladi;
d) psixolog har bir siyosatchi uchun shunday ishonchli shaxs
bo‘lishi lozimki, undan odamlarning kayfiyatlari, reaksiyalari, his –
kechinmalari xususida aniq ma’lumotlar so‘raladi;
e) o‘ziga xos qiyinchilik shundan iboratki, jamoatchilik psi-
xolog qiyofasida ko‘pincha liderning bevosita «odamini» ko‘rish-
ga moyil bo‘lib, liderning o‘zi ham ba’zan o‘ta professional
psixologdan hadiksirab qolishi mumkin. Shuning uchun yuqorida
ta’kidlaganimizdek, zarur paytlarda siyosiy arboblar psixolog
xizmatiga murojaat qilishlari va undan asosan biror jiddiy ijtimoiy
proektlarni qabul qilish jarayonida yordam berishini so‘rash mumkin.
Buning uchun psixologdan jamoatchilik fikrini psixologik tahlil qilib
berish, va shu asosda fuqarolarning ustanovkalari va kayfiyatlariga
172
ijobiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni birgalikda ajratish vazifasini hal
qilishlari mumkin.
Saylov oldi kompaniyalarda esa, psixologning asosiy vazifasi
odamlarning kayfiyatini o‘rgangan holda da’vogar imidjini
shakllantirishga, odamlarning yoqtirishiga sabab bo‘ladigan shaxsiy
fazilatlar algoritmini tuzish, omma oldiga chiqishga psixologik
tayyorlash, raqiblarning bahslashish madaniyati va etikasi borasida
psixologik yo‘l-yo‘riq va usullar borasida ma’lumotlar almashinish
kerak bo‘ladi.
O‘zbekiston sharoitida siyosiy psixologiyaning juda sust rivoj-
langan tarmoq bo‘lgani sababli ham uni rivojlangan davlatlar
tajribasiga tayangan holda rivojlantirish muhimdir.