173
tadbiqiy muammolar – bolaning o‘quv jarayoniga psixologik
jihatdan tayyorligini diagnostika qilishdan tortib, professional va
kasb mahoratini rivojlantirishgacha bo‘lgan barcha muammolarni hal
qilishga «aralashadi».
Huquqbuzarlikning oldini olish
Bu soha va unga aloqador muammolar har doim ham psixolog
aralashuvini talab qilib kelgan. Chunki jinoyatchi yoki huquqbuzar
shaxsi o‘z-o‘zidan shakllanib qolmaydi, uni shakllantiruvchi omillar,
motivlar va bolani qayta tarbiyalash va reabelitatsiya masalalari
ijtimoiy psixologik jarayonlar mohiyatini bilish va ularga faol ta’sir
ko‘rsatishni talab qiladi. Shuning uchun ham mamlakatimizda yoshlar
o‘rtasida huquqiy – ma’rifat va huquqiy madaniyatni shakllantirishga
juda katta e’tibor qaratilgan va bu ishda amaliyotchi xodim –
psixologning o‘rni va roli katta bo‘ladi.
Mazkur yo‘nalishning dolzarbligidan kelib chiqib, bugungi kunda
Respublikamizda huquqbuzarlikning ijtimoiy-psixologik omillarini
tadqiq etish va uning oldini olish borasida psixologiya fanlari doktori,
professor B.Umarov, psixologiya fanlari nomzodlari Ye.Agzamova,
psixologiya fanlari nomzodi G‘.Normurodov, psixologiya fanlari
nomzodi, dotsent M.Axmedova kabi ko‘plab tadqiqotchilar ilmiy
izlanishlarni olib bormoqdalar.
Dostları ilə paylaş: