Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

6.3. Temperament
Shaxsning individual xususiyatlari uning tug‘ma, biologik 
xususiyatlariga bog‘liq. Chunki aslida bir tomondan shaxs ijtimoiy 
mavjudot bo‘lsa, ikkinchi tomondan biologik – yaxlitlik, tug‘ma 
sifatlarni o‘z ichiga olgan individ hamdir. 
Temperament individning dinamik
– o‘zgaruvchan psixik 
faoliyati jarayonini ta’minlovchi sifatlarini o‘z ichiga olib, u 
shaxsda ontogenetik taraqqiyot jarayonida shakllanadigan boshqa 
xususiyatlarga asos bo‘ladi. Temperament xususiyatlari odam 
bir faoliyat turidan ikkinchisiga, bir emotsional holatdan yoki bir 
malakalardan boshqasiga almashtirgan paytlarda reaksiyalarning 
egiluvchan va dinamikligini ta’minlaydi. 
Demak, temperament (lot. “temperamentum” – aralashma so‘zidan 
olingan) – shaxs faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va 
emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi, biologik shartlashgan 
individual xususiyatlar majmuidir.
Temperament xususiyatlari shaxsning ichki tuzilmasi bilan 
bevosita bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ularning namoyon bo‘lishi uning 
konkret vaziyatlarga munosabatini, ekstremal vaziyatlarda o‘zini 
qanday tutishini belgilab beradi. Masalan, inson turli vaziyatlarda 
o‘zini turlicha tutadi: oliy o‘quv yurtida talabalar safiga qabul 
qilinganligi to‘g‘risidagi axborotni eshitgan bolaning o‘zini tutishi, 
yoki hayotning og‘ir sinovlari (yaqin kishining o‘limi, ishdan 
haydalish, do‘stning xoinligi kabi) paytida odam beixtiyor namoyon 
qiladigan reaksiyalari uning temperamentiga bog‘liq bo‘ladi. Shuning 
uchun bir xil vaziyatni turli shaxslar, biri og‘ir-bosiqlik bilan, 
boshqasi esa o‘zini yo‘qotgudek darajada his-hayajon bilan boshidan 
kechirar ekanlar. Shu sababli shaxs temperamenti uning shakllanishi 
va ijtimoiy muhitda o‘ziga xos mavqyeni egallashida, shaxslararo 
muloqot jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. 
Shuningdek, temperament hayotiy voqealar va vaziyatlarni turli 
mezonlar asosida ajratishga imkon beradi. Bunda temperament 
odamning ijtimoiy obyektlarga nisbatan “sezgirligini” tarbiyalaydi, 
192
professional mahorat va kasb malakasining oshib borishiga o‘z 
ta’sirini ko‘rsatadi.
Temperament ta’rifidan ma’lum bo‘ldiki, uning xususiyatlari 
tug‘ma hisoblanadi. Shunday bo‘lsada, u shaxsga bevosita aloqador 
va anglanadigan bo‘lgani uchun ham ma’lum ma’noda dinamik 
ko‘rinishda bo‘ladi. Masalan, inson go‘daklik davrida flegmatikka 
o‘xshash xususiyatlarni namoyon qilgan bo‘lsa, u umrining oxirigacha 
faqat shundayligicha qoladi, deb bo‘lmas ekan. 
Temperamentning fiziologik asoslari to‘g‘risida tushuncha 
qadimgi yunon olimi Gippokrat ta’limotiga binoan, insonlarning 
temperament xususiyatlari jihatidan o‘zaro bir-biridan tafovutlanishi 
ularning tana a’zolaridagi suyuqliklarning (xiltlarning) turlicha 
nisbatda joylashuviga bog‘liq ekan. Uning fikricha, inson tanasida 
to‘rt xil suyuqlik (xilt) mavjud bo‘lib, ular o‘t yoki safro 
(yunon. 
“chole” – o‘t)
, qon 
(lot. “sanguis” yoki “sanguinis”
– qon
)
, qora o‘t 
(yunon. “melas” – qora, “chole” – o‘t)
, balg‘am 
(yunon. “phlegma” 
– balg‘am)
kabilardan iborat bo‘lib, unga ko‘ra:
1) o‘tning xususiyati – quruqlikdir, uning vazifasi tana a’zolarida 
quruqlikni saqlab turish yoki badanni quruq tutishdir
2) qonning xususiyati – issiqlikdir, uning vazifasi tanani isitib 
turishdir; 
3) qora o‘tning xususiyati – namlikdir, uning vazifasi badan 
namligini saqlab turishdir
4) balg‘am (shilimshiq modda)ning xususiyati – sovuqlikdir, uning 
vazifasi badanni sovutib turishdan iboratdir. 
Gippokrat ta’limotiga muvofiq, har bir insonda shu to‘rt xil suyuqlik 
mavjud bo‘lib, uning bittasi ustuvorlik qilib, mazkur aralashmalardan 
qaysi biri salmoqliroq bo‘lsa, shunga qarab insonlar temperament 
jihatdan farqlanadilar, chunonchi, xolerikda sariq o‘t, sangvinikda 
qon, melanxolikda qora o‘t, flegmatikda balg‘am (shilimshiq modda) 
ustun bo‘lishi ta’kidlanadi. 
Gippokratning to‘rt xil modda (suyuqlik)lar aralashmasi, ya’ni 
temperament tushunchasi va uning tipologiyasi 
(sangvinik, xolerik, 
flegmatik melanxolik)
ramziy ma’noda hozirgi zamon psixologiyasida 
ham qo‘llanilib kelinmoqda.


193

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin