dinamik xususiyat deyiladi. Xarakter xislatlarining dinamik
xususiyati temperament xususiyatlariga bog‘liqdir. Ana shu holatga
muvofiq ravishda temperament xususiyatlari ham xarakterning
ma’lum xislatlarining vaqt davomida tashqi namoyon bo‘lishi ham
temperament tipiga bog‘liq.
Taraqqiyot va tarbiyaning ijtimoiy sharoitlari hamda ularning
psixikaning irsiy individual xususiyatlari bilan o‘zaro munosabati
xarakter xislatlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri tavsiflamaydi, balki shaxsning
faoliyati orqali belgilaydi. Uning faoliyatiga taalluqli aynan bir xil
ijtimoiy sharoitda ham xuddi shu bir xil irsiy xususiyatlaridan turli
xarakter xislatlari shakllanadi. Shu boisdan xarakterning rivojlanishi
shaxsning faol faoliyati jarayonida uning xatti-harakatlariga bog‘liq
tarzda amalga oshadi. Xarakterning tarkib topishida faol faoliyatda
harakatning individual o‘ziga xos usullari shakllanadi. Harakat
usullarining avtomatlashuvi muayyan dinamik stereotip hosil
qilinishi bilan bog‘liq shartli reflektor funksional holatning natijasidir.
Avtomatlashuvning bir necha turdagi psixologik mexanizmlari
mavjud bo‘lib, ulardan biri – bu
odat lardir. Xarakter xislatlari tarkib
topishining muhim shartlaridan yana biri – bu xislatlarni zaruriy xatti-
harakatlarda chidam bilan
mashq qilish dan iboratdir.
Xarakterning tarkib topishida
taqlidchanlik ning roli katta bo‘lib,
u harakat usullari avtomatlashuvining bosh manbayi hisoblanadi
va uning ahamiyatliligi ko‘p jihatdan ifodali xatti-harakatlarning
shaxs emotsional (hissiy) kechinmalariga ta’siri bilan belgilanadi.
Taqlidchanlik xatti-harakat namunasiga taqlid qilish uchun
mo‘ljallangan shaxs munosabatlari tomonidan motivlashtirilgan-
dagina xarakter xislatlarini tarkib toptirish shartiga aylanadi.
Xarakterning shakllanishida muayyan psixik faoliyatga yaxlit
obyektiv va subyektiv mayllik tarzidagi ko‘rsatma berish (ustanovka),
psixologik mexanizm negizida yuzaga kelgan avtomatlashish muhim
bo‘lib, bunda ko‘rsatma (ustanovka) odatlaridan farqli o‘laroq,
202
muayyan harakatlarga tayyor turishgina bo‘lib qolmay, balki bilish
jarayonlariga, hissiy va irodaviy reaksiyalarga ham tayyor turishlikdir.
Xarakterning hosil bo‘lishida nizoli vaziyatlar alohida ahamiyat
kasb etib, bunda xarakter faqat murakkab va keskin vaziyat (sharoit)
larda yorqin namoyon bo‘libgina qolmasdan, balki mazkur holatlarda
u tarkib ham topadi. Odatda, xarakter xislatlarining o‘zgarishidagi
individual farqlar shaxsning nizoli vaziyatlardan chiqish uchun
qanday yo‘l-yo‘riq topishiga bog‘liq. Shunday qilib, shaxs o‘zining
butun hayoti va faoliyati davomida o‘z xatti-harakatlari, odatlari
bilan o‘z xarakter xislatlarini o‘zi yaratadi va ularni boshqarishga
odatlanadi.
Xarakter xususiyatlarining variantliligi ularning faqat sifat jiha-
tidan rang-barangligi va o‘ziga xosligida emas, balki miqdor jihatidan
ifodalanganligida ham namoyon bo‘ladi. Xarakter xususiyatlarining
miqdoriy ifodalanishi, ya’ni ayrim belgilarning haddan tashqari kuchli
namoyon bo‘lishi shaxs xulq-atvori me’yorining eng oxirgi marrasiga
borib, patologik belgilar bilan chegaralanish holatida kuzatiladi. Bu
holat psixologiyada xarakter aksentuatsiyasi (me’yordan ortishi) deb
ataladi. Bunda shaxsda boshqalarga nisbatan barqarorlik bo‘lgani
holda bir xil qattiq xayajonlantiruvchi omillarga zaiflik ortishi
kuzatiladi.
Xarakter aksentuatsiyasi turlari olimlar tomonidan turli xil
ko‘rinishda ajratib ko‘rsatiladi. Ularning ayrimlari (K.Leongard
bo‘yicha) haqida to‘xtalib o‘tamiz:
Giertim tip – bu toifadagilar o‘ta kirishimli, so‘zamol bo‘ladilar,
mimika va pantomimika orqali o‘z his-tuyg‘ularini namoyon qiladilar.
Ular to‘satdan suhbatning dastlabki mavzusidan chetga chiqadilar.
Bu toifadagi odamda o‘z xizmat va oilaviy majburiyatlariga yetarli
tarzda jiddiy e’tibor bermasliklari oqibatida atrofidagi odamlar bilan
qisqa kelishmovchiliklar yuzaga keladi. Ularning ijobiy tomonlari
ishchanlik, optimistlik, faoliyatlilik, tashabbuskorlik kabi sifatlari
orqali namoyon bo‘ladi. Ularning salbiy xislatlari – yengiltabiat,
jizzaki, o‘z majburiyatlariga befarq munosabatda bo‘lish kabi
sifatlardir.