Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Mnemik jarayonlar va ularning turlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə138/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

 Mnemik jarayonlar va ularning turlari
Esda olib qolish jarayoni. 
Esda olib qolish yangi ma’lumotni 
ilgari ma’lumot bilan bog‘lash orqali namoyon bo‘lib, uning quyidagi 
turlari mavjud:
− taassurot va materiallarni eshitish, ko‘rish, idrok qilish (sensor) 
orqali olib qolish;
− o‘zlashtirish zarur bo‘lgan materiallarni aniq maqsad (ixtiyoriy) 
yoki qiziqishlar asosida, irodaviy zo‘riqishlarsiz (ixtiyorsiz) esda olib 
qolish;
− materiallarni harakat yordamida yoki aralash, ya’ni ham eshitish, 
ko‘rish, harakat (sensomotorik) kabilar orqali esda olib qolish;
− ma’lumotlar ma’nosini anglash (mantiqiy) orqali yoki so‘zma 
so‘z (mexanik) esda olib qolish;
− ehtiyoj va qiziqishlar qanday qondirilayotganligi bilan bog‘liq 
hissiy kechinmalarni esda olib qolish.
Insonning o‘z ustida mustaqil ishlashi, o‘z-o‘zini takomillashtirish, 
o‘z o‘zini boshqarish imkoniyati, uzluksiz mashq qilishi, zarur 
ko‘nikma va malakalarni egallashi, ichki imkoniyatlardan unumli 
foydalanishi esda olib qolish samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


235
Esga tushirish. 
Esga tushirish oldin o‘zlashtirilgan materiallarni
xotirada qayta tiklanishi, ya’ni xotirada to‘planib (yig‘ilib) qolgan 
izlarning faollashuv jarayoni murakkab yoki yengil kechishining 
darajalariga binoan tavsiflanishi mumkin: a) bizni qurshab turgan 
narsa va hodisalarni, hech ikkilanmasdan “avtomatik” tarzda tanish; 
b) qariyb unitilish darajasida bo‘lgan narsa va hodisalarni qiyinchilik 
va azob bilan eslash kabilar. Ana shu talqindan kelib chiqqan holda 
esga tushirish jarayonining ichki tuzilishiga binoan bir nechta turlarga 
ajratish maqsadga muvofiq: tanish-bevosita shaxs yoki narsani esga 
tushirish (ixtiyoriy va ixtiyorsiz tarzda) va eslash (xotira ixtiyoriy 
yoki ixtiyorsiz holatda). Bu asnoda insonning turmush tarixi (hayotiy 
salnomasi), uning umr davomidagi (ontogenetik) xotirasi va uni 
eslash shaxs uchun alohida ahamiyat kasb etadi. 
Tanish – bu kognitiv nuqtayi nazaridan tevarak-atrofdagi narsa 
va hodisalarni inson tomonidan qayta idrok qilish sharoitida esga 
tushirishdan iborat xotira jarayoni. Tanish muayyan shaxsning hayoti 
va faoliyatida katta ahamiyatga ega. Bu xotira jarayonining sharofati
tufayli biz voqeliklar va insonlar bilan qayta duch kelganimizda ularni 
yangidan, boshdan idrok qilmaymiz, balki ularni qaysidir alomatlari, 
ko‘rinishi, xususiyatlari va boshqalarga asoslanib taniymiz. 
Esga tushirish jarayoni tanishdan farqli o‘laroq mo‘ljallangan 
obyektni (subyektni) qaytadan idrok qilmasdan eslash orqali bevosita 
tarzda amalga oshiriladi. Favquloddagi daqiqalarda ro‘yobga chiqari-
layotgan faoliyatning mazmuni esa tushirishni aks ettirsa-da, lekin 
ushbu faoliyat maxsus tarzda uni esga tushirishga yo‘nalmagan bo‘ladi. 
Bunday ko‘rinishdagi esga tushirish ixtiyorsiz deyilsa-da, ammo u 
biron-bir tashqi yoki ichki turtkisiz, o‘zidan o‘zi yuzaga kelmaydi. 
Ixtiyorsiz esga tushirishning turtkisi – bu predmetni (subyektni) 
idrok qilish, tasavvur obrazlarini yaratish, fikrlarni tug‘ilish jarayoni 
hisoblanib, ularni muayyan tashqi ta’sirlar (omillar) keltirib chiqaradi.
Xotirot (esdaliklar shaxsiy majmuasi) bu shaxsning o‘tmishdagi 
obrazlar voqeliklar va taassurotlarining fazoviylashuvi hamda vaqt 
(davr) jihatidan aniq ifodalanilishiga asoslanib esga tushirishdir.
236
Xotirlashda nafaqat o‘tmish obyektlari va subyektlari esga tushiriladi, 
balki ular muayyan vaqt va fazo jihatidan muvofiqlashtiradi, ya’ni 
ularni qachon, qayerda, qanday sharoitda kechganligi esga tushiriladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin