Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Psixologiya
– pedagogikaning boshqa fanlar tomonidan aniqlangan 
bilimlar, o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ichki 
jarayonlarini yuz berish omillari va shart-sharoitlari haqidagi bilimlar 
bilan qurollantiradi.
Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning 
iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijti-
moiy fanlardagi ma’lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning 
tarbiyaga bo‘lgan obyektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-
sharoitlarini o‘rganadi.
20
Shunday qilib, keyingi vaqtlarda pedagogika boshqa yangi 
rivojlanayotgan fanlar bilan, jumladan, murakkab dinamik tizimlarni 
rejali boshqarish haqidagi fan bo‘lgan kibernetika bilan mustahkam 
aloqada rivojlanmoqda. Bularning barchasi pedagogika o‘zining 
predmeti va tadqiqot sohasiga ega bo‘lib, boshqa bir qator fanlar bilan 
juda mustahkam bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida 
tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa 
avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun 
zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi. 
O‘zbekistonda pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta’riflar milliy 
istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i 
zarur. Albatta ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga 
milliy o‘ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega. 
Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat 
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga 
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq– 
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib 
tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilmoqda.
Metodika
(uslubiyat) – muayyan sohaga oid o‘qitish va 
o‘rganishning qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va 
uzluksiz ta’lim bosqichlaridagi pedagogikalar kabi ta’limning 
o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktika 
prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z sohasiga 
moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi. 
Ta’lim oluvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash 
maqsadida ularga tizimli ta’sir ko‘rsatishni talab qiladi. Bunda 
psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning 
samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat 
va tafakkur – fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga 
asoslanib, ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari 
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga 
olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta’sir 


21
ko‘rsata oladi. Bunda psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika 
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin