Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


“Intellekt karta”si tuzish qoidalari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

“Intellekt karta”si tuzish qoidalari
1. Asosiy fikrni markazga joylashtiring. 
2. Asosiy fikrdan g‘oyalar tarmoq bo‘yicha tarqaladi (har bir 
tushunchalar tarmog‘i 7

2 qonuniga asoslanishi shart). 
3. So‘zlarni rasm va belgilarga almashtiring. Imkoniyat bo‘lsa 
grafik ham qo‘shish mumkin. 
4. Turli ranglardan foydalaning.
Ranglardan foydalanishda quyidagilar e’tiborga olinadi:
Qizil rang – tez idrok etiladigan rang bo‘lib, diqqat oson 
konsentratsiyalanadi. Idrok tezligi yuqori. 
Ko‘k rang – ishni samarali davom etishga undaydigan rang. Idrok 
tezligi o‘rtacha.
Yashil rang – erkinlik rangi bo‘lib, tinchlantiruvchi, bo‘shashtiruvchi 
xususiyatga ega. rang. Idrok tezligi past.
Jigar rang – erkinlik rangi hisoblanib, idrok tezligi past.
Sariq rang – liderlik va energiya rangi. Idrok tezligi yuqori.
Havo rang – nazokat va romantika rangi bo‘lib, fon uchun ma’qul 
rang. Idrok tezligi past.
Olov rang – yangilik, energiya, dinamika rangi bo‘lganligi bois 
diqqatni juda tez jalb qiladi. Idrok tezligi yuqori.
Qora rang – qat’iy va chegaralovchi rang. Matn yozish uchun eng 
ma’qul rang bo‘lib, idrok tezligi o‘rtacha.
Inson tafakkurini assotsiativ tabiatiga ko‘ra malumotlar intellekt-
karta ko‘rinishida tasavvur qilinishi, ularni tez va samarali idrok 
etilishiga, uzoq muddatda saqlanilishiga sabab bo‘ladi. Demak, 
ushbu texnologiya o‘zlashtirish jarayonida bosh miyaning o‘ng 
(rasm, musiqa, tasavvur, hayol va rang) va chap (mantiq, tahlil, raqam 
va ketma-ketlik, nutq) yarim sharlari imkoniyatlaridan samarali 
foydalanishga undaydi.


239
7.3.1-rasm. “Intellekt karta”si tuzilishi
7.4. Tafakkur
Tafakkur atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordami bilan bilvosita, 
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon bo‘lib, u ijtimoiy 
sababiy ichki bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat 
qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Qachonki muammoli vaziyat 
paydo bo‘lganda tafakkur ishga tushadi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin