241
kimyoviy sifatlarining bir tipligiga va boshqa belgi va alomatlariga
qarab tartib bilan joylashtirib chiqqan. Uning
tabiiy klassifikatsiya
(zoologiya fanidagi hayvonlar klassifikatsiyasi, masalan: sudralib
yuruvchilar, sut emizuvchilar, suvda va quruqlikda yashovchilar,
parrandalar, qushlar va h.k.),
sun’iy klassifikatsiya
(masalan, kutub-
xonadagi kitoblar mazmuniga, shakliga, noyobligi va shunga o‘x-
shash belgilarga qarab tokchalarga teriladi) hamda
oddiy klas-
sifikatsiya
(masalan, psixologiya sohalarining klassifikatsiya qili nishi:
injenerlik, aviatsiya, kosmos psixologiyasi, mehnat psixologiyasi,
maxsus psixologiya va h.k.) turlari mavjud.
7.
Sistemalashtirish
operatsiyasi yordamida narsa va hodisalar,
faktlar, fikrlar va obyektlar makondagi, vaqtdagi egallagan o‘rniga
qarab yoki mantiqiy joylashtiriladi. Fikr obyektiv hisoblangan narsa
va hodisalarni zamon (vaqt), makon (fazo) va mantiqiy jihatdan
ma’lum tartibda joylashtirishdan iborat mazkur operatsiya bilimlarni
o‘zlashtirishda, ko‘nikma va malakalarni tartibga solishda muhim rol
o‘ynaydi.
Dostları ilə paylaş: