287
Pozitiv reaksiyalar: a) ma’qullamoq (“xo‘p”, “ha-ha”, “qani”,
bosh irg‘itish); b) “exo-ta’sir” (suhbatdoshning so‘nggi so‘zini
takrorlash); d) “ko‘zgu” (suhbatdoshning oxirgi gapini so‘zlar
tartibini o‘zgartirib takrorlash); e) “parafraza” (suhbatdoshning fikrini
boshqa so‘zlar bilan yetkazish); f) undash ( “xo‘sh …”, “keyinchi?”);
y) emotsiyalar(“o‘o‘o‘”, voy, ex, juda soz, qoyil, kulgu); j)
aniqlashtiruvchi savollar (“qaytadan takrorla, nima deding?”);
Negativ reaksiyalar
: a) so‘zlayotgan insonni bo‘lish yoki davom
ettirish; b) suhbatdoshning fikrlaridan
mantiqiy natija qidirish;
d) “beadab ta’sir” (“ahmoqlik”, “bo‘lmagan gap”, “bu hammasi
bema’nilik”); f) qayta so‘rash; e) suhbatdoshga e’tiborsizlik (tinglovchi
sherigini nazarga ilmaydi, uning so‘zlariga e’tibor bermaydi). Passiv
tinglash asosan bahs-munozarasiz suhbatlarda yoki nizo xavfida
qo‘llaniladi.
Aktiv tinglash.
Bunda birinchi planga axborotning aksi chiqadi.
Bu olingan axborotni tinglash jarayonida
tahlil qilish va savol,
luqma yordamida darhol javob berishni anglatadi.Ushbu tinglash turi
muloqotda eng konstruktiv hisoblanadi.
Aktiv tinglash qoidalari:
a) aniqlash, oydinlashtirish( “men tushunmadim”, “yana bir
bor takrorlang”, “nimani nazarda tutdingiz?”, “tushuntirib bera
olasizmi?”); b) parafraza (suhbatdoshning so‘zlarini o‘z so‘zlari
bilan takrorlash, “siz hisoblaysizki…”, “boshqacha aytganda…”);
d) his-tuyg‘ularning aks etishi (“nazarimda, siz…his qilayapsiz»,
“tushunaman, sizning hozir jahlingiz chiqyapti…”); e) undash
(“qani…”, “keyinchi…”); f)
davom etish, ya’ni suhbatdoshning
so‘zlariga so‘z kiritish, uning so‘zlarini o‘z so‘zi
bilan tugatish,
so‘zlarni aytib turish; g) baholash (“sizning gapingiz qiziqtirib
qo‘ydi…”, “menga yoqmayapti”); j) taqriz berish ( “shunday qilib,
siz hisoblaysizki…”, “sizning so‘zlaringiz anglatadiki…”).
Bunday
muloqot usullarini qo‘llash ikki maqsadga erishishga imkon beradi:
adekvat qaytuvchan aloqa ta’minlanadi; suhbatdoshga bilvosita
uning ro‘parasida teng huquqli sherik ekanligi haqida axborot boradi.
Teng huquqli sheriklar pozitsiyasi ikala suhbatdosh ham har so‘zi
uchun javobgar ekanligini anglatadi. Har bir insonning tinglash
288
uslubi quyidagi omillarga bog‘liq: jins, yosh, mavqye,
individual
xususiyatlar (xarakter, temperament, qobiliyat, qiziqishlar va b.),
muayyan vaziyat.
Dostları ilə paylaş: