Pedagogika tarixi pedagogik ta’limotlar tarixi va tarbiyaning
rivojlanish masalalarini ijtimoiy hodisa sifatida tadqiq etib, insonparvar
pedagogik g‘oyalarning rivojlanish bosqichlarini o‘rganadi, ilg‘or
pedagogik konsepsiyalar, qarashlar, ta’lim va tarbiya nazariyalari,
qonuniyatlari, tamoyillarini tahlil qiladi, muhim umumiy xulosalar
chiqaradi va bugungi kun uchun dolzarb muammolar, ularning
yechimini topishga oid g‘oyalarni aks ettiradi.
Pedagogika fanlari tizimida tarbiyalanuvchilarning yoshi va
kas biy omilkorligini shakllantirishga qaratilgan maktabgacha ta’-
lim pedagogikasi, maktab pedagogikasi, yoshlar pedagogikasi,
katta yoshdagilar pedagogikasi (androgogika), kasb-hunar ta’limi
pedagogikasi, ishlab chiqarish pedagogikasi, oliy maktab pedagogikasi,
menejment pedagogikasi, tibbiyot pedagogikasi, harbiy pedagogika,
iqtisodiy pedagogika, zamonaviy pedagogik texnologiyalar va boshqa
tarmoq pedagogikalari vujudga keldi. Bu tarmoq pedagogikalar
maktabgacha tarbiya maskanlari, umumiy va o‘rta maxsus ta’lim
muassasalari, oliy o‘quv yurtlarida olib boriladigan ta’lim-tarbiya
jarayonini, uning qonuniyatlarini o‘rganadi.
Bulardan tashqari,
maxsus pedagogika turlari : defektologiya
(rivojlanishida nuqsoni mavjud bo‘lganlar), surdopedagogika (kar va
soqovlar bilan ishlash), tiflopedagogika (ko‘zi ojizlar bilan ishlash);
oligofrenopedagogika (aqliy rivojlanishdan orqada qolganlar bilan
ishlash); logopediya (nutqi yaxshi rivojlanmaganlar bilan ishlash)
mavjud bo‘lib, bu tarmoqlar tarbiyalanuvchilarni o‘qitish va
tarbiyalash masalalari bilan shug‘ullanadi.
(Pedagogikaning asosiy tarmoqlari bo‘yicha ma’lumot uchun 1.2.1-jadvalga qarang) 26
Umumiy pedagogika
Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi
Maktab pedagogikasi
Yoshlar pedagogikasi
Katta yoshdagilar
pedagogikasi
Maktabgacha ta’lim
metodikasi (uslubiyati)
Umumta’lim
metodikasi
Kasb-hunar ta’limi
metodikasi
Maxsus ta’lim
metodikasi
Oliy ta’lim metodikasi
Oila
pedagogikasi
Oliy ta’lim
pedagogikasi
Iqtisodiy
pedagogika
Menejment
Sport pedagogikasi
Innovatsion pedagogika
Maxsus
pedagogika
Pedagogik fanlar
tizimi
Metodika
Surdo
pedagogikasi
Tiflopedagogika
Aligofreno
pedagogika
Xalq pedagogikasi
Androgigika (kattalar
pedagogikasi)
Gerogogika (qariyalar)
pedagogikasi)
Tibbiyot pedagogikasi
Ijtimoiy pedagogika
Pedagogika
tarixi
Umumiy ta’lim
pedagogikasi
Maktabgacha ta’lim
pedagogikasi
Kasb-hunar ta’limi
pedagogikasi
Ishlab chiqarish
pedagogikasi
Harbiy pedagogika