Determinizm prinsipi – (lot. determinata-belgilayman degan ma’noni bildiradi) tabiat va jamiyat hodisalari, xususan, psixik
hodisalarning obyektiv sabablar bilan belgilanishi haqidagi ta’limotdir.
Diqqat – inson his-tuyg‘usini va ongini bir nuqtaga to‘plab,
muayyan bir obyektga faol qaratilishiga aytiladi.
Diqqatsizlik – diqqatni obyektga yo‘naltira olmaslik va to‘play
olmaslik, atrofdagi kishilarga nisbatan e’tiborsizlik yoki iltifotsizlikdan
iborat shaxsning salbiy xarakter hislatidir.
Differensial psixologiya – shaxslar o‘rtasidagi tafovut va farqlarni
hamda guruh a’zolari orasidagi nomutanosibliklarning psixologik
jihatlarini, ya’ni psixologik farqlarini o‘rganuvchi psixologiya sohasi.
312
Yosh psixologiyasi – shaxsning psixik rivojlanish qonuniyatlarini
inson tug‘ilishidan to umrining oxirigacha bo‘lgan davrini, ya’ni
ontogenezni o‘rganadigan psixologiya sohasi.
Identifikatsiya – (aynan o‘xshatish) kishi hamkorlikda harakat
qilish vaziyatida sherigi o‘rniga o‘zini qo‘yib ko‘rib, uning ichki
holati, niyatlari, o‘y-fikrlari, xohish-istaklari haqida taxmin qilinadi,
bunda ular anglanilgan yoki anglanilmagan bo‘lishi mumkin.
Idrok – sezgilarga nisbatan murakkab va mazmundor psixik
jarayon bo‘lib, barcha ruhiy holatlar, hodisalar, xususiyatlar, xossalar
va inson ongining yaxlit mazmuni, egallangan bilimlar, tajribalar,
ko‘nikmalar bir davrning o‘zida namoyon bo‘ladi va bevosita aks
ettirishda ishtirok etadi.
Ijtimoiylashuv – inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash,
hayot – faoliyat jarayonida uni faol tarzda o‘zlashtirish jarayoni bo‘lib,
bunda har bir shaxsning jamiyatga qo‘shilishi, uning me’yorlari,
talablari, kutishlari va ta’sirini qabul qilgan holda, har bir harakati
va muomalasida uni ko‘rsatishi va kerak bo‘lsa, shu ijtimoiy tajribasi
bilan o‘z navbatida o‘zgalarga ta’sirini o‘tkaza olishdek murakkab
jarayondir.
Izolatsiya – uyat, aybdorlik, shodlik, qayg‘u bilan bog‘liq
tasavvurlar bo‘lib, shaxs ular bilan bog‘liq affektlardan uzoqlashtiriladi
(ajratiladi).
Illyuziya – hissiy a’zolarimizga bevosita ta’sir etib turgan narsa
va hodisalarni noto‘g‘ri (noadekvat), yanglish, xato idrok qilishdan
iborat jarayonning noyob hodisasi.
Ingibitsiya – shaxs faoliyati samaradorligiga o‘zgalarning borligi
tufayli salbiy ta’sir ko‘rsatish, masalan, ma’nosiz so‘zlarni yodlashda,
labirintli masalalarni yechishda, ko‘paytirish bilan bog‘liq, murakkab
arifmetik misollarni bajarishda boshqa odamlarning aralashuvi va
ularning borligi faqat fikrlash jarayoniga tormozlovchi salbiy ta’sir
ko‘rsatishi tushuniladi.
Intellekt –
(lot. «intellectus» – tushunish, bilish, «intellectum» – aql) aql-idrokning shunday bo‘lagiki, uni o‘lchab, o‘zgartirib,
rivojlantirib boriladi. Bu intellekt va u bilan bog‘liq qobiliyatlar
ijtimoiy xarakterga ega ekanligidan darak beradi. Qobiliyatlar va
313
intellektga bevosita tashqi muhit, undagi insoniy munosabatlar,
yashash davri ta’sir ko‘rsatadi.
Intellekt karta – (
ing. mind maps ) taniqli ingliz psixologi, xotira
va ijodiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodikalar muallifi Toni Byuzen
tomonidan ishlab chiqilgan.