Intellektualizatsiya
– mavhum, intellektual terminlarni muhokama
qilishdan o‘zini uzoqlashtirish sifatida tazyiq soluvchi emotsional
tang vaziyatdan chiqib ketish uchun o‘ziga xos urinishdir.
Interioretseptiv sezgilar
–
ichki tana a’zolari holatlarini in’ikos
etuvchi hamda uning retseptorlari ichki tana a’zolarida, to‘qimalarida
joylashgan bo‘ladi.
Interiorizatsiya –
tashqi faoliyat asosida psixik jarayonlarga
o‘tish ro‘y berishidir.
Intravertlik
– timsollarga, tasavvurlarga, o‘tmish hamda kelajak
bilan uyg‘unlashgan mulohazalarga taalluqligiga asoslangan holda
munosabat ifodasidir.
Iroda
–
shaxsning oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishda
qiyinchiliklarni yengib o‘tishga qaratilgan faoliyati va xulq-atvorini
ongli ravishda tashkil qilishi va o‘z-o‘zini boshqarishidir.
Irodaviy harakatlar
– oldindan ko‘zlangan maqsadga erishish
uchun ongli ravishda amalga oshiriladigan va rejalashtirilgan
harakatlardir.
Kayfiyat
– ancha vaqt davomida kishining butun xatti-harakatiga
tus berib turadigan umumiy hissiy holatni ifoda etib, u aniq bir
hissiyotga aloqador bo‘lmaydi.
Kauzal atributsiya
– kishining o‘z xatti-harakatlari sabablarini,
niyatlarini, o‘y-fikrlarini, xulq-atvor motivlarini boshqa kishilarga
to‘nkash orqali tushuntirishidir.
Kognitiv dissonans
– insonni yangi bilimlarni izlashga,
muammolar yechimini topishga chorlovchi hayajonlanish, ajablanish,
qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish kabi intellektual
hisslarning paydo bo‘lishi.
Konformizm
— shaxsning guruh yoki ko‘pchilikning ta’siriga
berilishini tushuntiruvchi hodisadir.
314
Kuzatish metodi
– tabiiy metodlar jumlasiga kirib, bunda tashqi
kuzatuv mohiyatan kuzatiluvchi xulq-atvorini bevosita tashqaridan
turib kuzatish orqali ma’lumotlar to‘plash usuli bo‘lsa, o‘z-o‘zini
kuzatish esa odam o‘zida kechayotgan biror o‘zgarish yoki hodisani
o‘zi o‘rganish maqsadida ma’lumotlar to‘plashdir.
Qobiliyat
– shaxs faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish sharti
hisoblangan, bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash dinamikasida
yuzaga chiqadigan farqlarda namoyon bo‘ladigan individual-
psixologik xususiyatlarga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: |