Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə183/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Parapsixologiya –
hozirgi zamon fanining chegarasidan tashqari-
dagi, tushuntirish qiyin bo‘lgan ekstrosensorika – o‘ta sezuvchanlik, 
telepatiya – fikrni masofaga uzatish, kelajakka bashorat qilish va shu 
kabi psixik hodisalarni o‘rganadi.
Parishonlik
– diqqatni ma’lum bir obyektga qarata olmaslikdan 
iborat salbiy xususiyat.
Pedagogik psixologiya
– tarbiya va ta’lim muammolarini hamda 
shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishi, bilish faoliyatining 
va shaxsda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik 
muammolarini o‘rganadi.
Proyeksiya –
individ o‘zining nojoiz istaklari va qilmishlarini 
boshqa odamga tegishli deb hisoblaydigan xavfli himoya mexanizmi 
hisoblanadi. 
Proprioretseptiv sezgilar 
– tana va gavdaning holati hamda 
harakatlari haqida ma’lumot (axborot, xabar) beruvchi, muskullarda, 
bog‘lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan bo‘ladi.
Psixogenetik yondashish 
– biogenetik, sosiogenetik omillarning
qiymatini kamsitmaydi, balki psixik jarayonlar taraqqiyotini birinchi 
darajali ahamiyatga ega, deb hisoblaydi.
Psixika 
– yuksak darajada tashkil topgan materiyaning xususiyati 
va miyaning mahsuli bo‘lib, u borliqni sezgi a’zolari orqali 
insonning miyasiga bevosita ta’sir etishi asosida vujudga kelib, 
bilish jarayonlarida, shaxsning xususiyati va holatlarida, diqqati, his-
tuyg‘ulari, xarakter xislatlarida, qiziqishi hamda ehtiyojlarida o‘z 
ifodasini topadi.
Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili
– psixik 
taraqqiyot insonning mehnat faoliyatiga, ta’limga, o‘yin va muloqot 
faoliyatiga bog‘liq ekanligini aniqlashda foydalaniladi.
Psixologik himoya
– subyektning mavjud ijobiy holatni saqlashga 
yunaltirilgan jarayon va mexanizmlar tizimidir.


317

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin