29
sir emas. Pedagogik tadqiqotlar metodi agar pedagogik hodisalrining
obyektiv mohiyatini to‘g‘ri
ifodalasa, pedagogika predmetining
o‘ziga xosligiga javob bersa, shubhasiz, ilmiy deb e’tirof etiladi.
Shu
jihatdan olib qaralganda, pedagogik tadqiqot metodlari uchun
metodologik baho zarur bo‘ladi.
Pedagogik tadqiqotlarning samaradorligi tadqiqotchining meto dologik
madaniyatiga to‘g‘ri proporsionaldir. Shu boisdan bu tushuncha integral
sifat ko‘rsatkich hisoblanib, tadqiqotchidan o‘zida xususiy ilmiy faoliyatni
tahlil qilish ko‘nikmasini, ma’lum konsepsiya (nazariya)ni ilmiy asoslash
va ijodiy qo‘llash qobiliyatini egallashni talab etadi.
Bugun har bir pedagogik tadqiqot qoidaga ko‘ra, joriy etilgunga
qadar ilmiy asoslanishi shart: dastlabki holat; tadqiqot mantiqi; kutila-
yotgan natijalar, ularga erishish metodlarini belgilash; iste’molchilar
bilan hamkorlik o‘rnatish; uni joriy etish shartlarni ishlab chiqish;
iqtisodiy manfaatdorlik va h.k.
Pedagogik tadqiqot ilmiy faoliyatning murakkab turi hisoblanib,
u ishonchli qo‘llarda – metodologiyani chuqur o‘rgangan, ilmiy
tadqiqot metodlari bilan qurollangan shaxs tomonidan muvaffaqiyatli
amalga oshirilishi mumkin.
Olimning qiyofasi, ruhiyati va tiynati haqida maxsus adabiyotlarda
batafsil
yoritilgan, ayniqsa, uning quyidagi sifatlari alohida qayd
etiladi; haqiqatga, noma’lumni bilishga jiddiy intilish; kuzatilayotgan
hodisa va jarayonlarni tasniflash qobiliyati va kuzatuvchanlik; ilmiy
tafakkurning analitik-sintetik jamlanmasi va b. Ilmiy – tadqiqot
ishlarida obyektivlik, aniqlik, tanqidiylik,
izchillik va tizimlilik
bo‘lishi shart.
Obyektivlik
– o‘rganilayotgan voqea va hodisalar, jarayonlar
to‘g‘risida odilona, to‘g‘ri baho berish, ulardagi mohiyat, mazmun va
o‘zaro aloqa, o‘zgarishlarga holisona yondashishni ifodalaydi.
Aniqlik
tadqiqotning barcha muolajalari uchun tegishlidir:
pedagogik hodisa va jarayonlarni kuzatish va qayd etish; fikrlar tahlili
va umumlashmasi; turli manbalaridan olingan ilmiy axborotlardan
foydalanish va boshqalar.
Pedagogik metodologiyada izchillik qabul qilingan atamalarning bir
xilligiga, tadqiqot mantiqiga amal qilishga, shart-sharoitlarni hisobga
30
olishga
erishiladi, ilmiy apparat tushunchalarining bog‘liqligida
namoyon bo‘ladi .
Tizimlilik
– o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni biror belgilari
asosida tasniflash, tasavvurlar, tushunchalar va qonuniy aloqalarni
o‘rnatish, konsepsiyalar, naziriyalarni shakllantirish orqali muayyan
tartibga solish jarayoni.
Tanqidiylik
– o‘rganilayotgan muammoga turli nuqtayi nazardan
baho bera olish, tajriba natijalarining haqqoniyligini ta’minlash bilan
farazlar va nazariyalarni uzluksiz tekshirib borish, mabodo, olingan
yangi natijalarga mos kelmasa, ulardan voz kechish xususiyati bilan
tavsiflanadi.
Shunday qilib, pedagogikada ilmiy tafakkur tadqiqotning boshlan-
g‘ich nuqtasini
belgilashda obyektivlik, izchillik, aniqlikni nozik,
ehtiyotkorona qo‘llashni talab etadi, ilmiy farazlarni to‘g‘ri tanlashni,
tajriba natijalari, nazariy xulosalarni tanqidiy tekshirib ko‘rishni va
albatta, tizimlilikni taqozo etadi. Boshqacha aytganda, tadqiqotchining
metodologik madaniyatini shakllantirishda refleksiya – xususiy ilmiy
faoliyatini tahlil qilish ko‘nikmasi asosiy o‘rin tutadi.
Yuqoridagi fikrlar turli fan sohalari bo‘yicha tadqiqot olib
boruvchilarga
tegishlidir, ammo pedagogikada tadqiqotchi o‘ziga
xos ba’zi bir xususiyatlari bilan farqlanadi. Avvalambor, pedagogika
sohasidagi izlanishlar tadqiqotchidan pedagogik tajribaga ega
bo‘lishni, pedagogik jarayonning barcha “ikir-chikir”laridan xabardor
bo‘lishni talab etadi. Qolaversa, pedagogik muammoning dolzarbligi
respondentlar fikriga tayangan holda aniqlanadi. Bu juda muhim
bosqich hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: