Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Hujjatlarni tahlil qilish metodi



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Hujjatlarni tahlil qilish metodi
– tadqiqot doirasida O‘zbeksiton 
Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, nutqlari, 
risolalari, pedagogika, psixologiya, valeologiya, falsafa, sotsiologiya, 
madaniyat, iqtisod, siyosat va boshqa adabiyotlar, ilmiy izlanishlar, 
qo‘lyozmalar, dissertatsiyalar, normativ hujjatlarni tahlil qilishda 
qo‘llaniladi. Bunda tadqiqot mavzusi bo‘yicha o‘rganilayotgan 
jarayonlarning umumiy miqdori, uning o‘sishi yoki kamayish 
sabablari, tavsifi, tatbiq qilinayotgan tushunchalarning shakllanganlik 
darajasiga e’tibor beriladi.
Bo‘lajak shifokorning ishlash obyekti, ular orasidagi munosabatlar, 
fanlarni o‘zlashtirish darajalari, muayyan sifatlarni shakllantirish 
va rivojlantirish, kamchilik va nuqsonlarni korreksiyalash (bartaraf 
etish) va monitoring (nazorat)ini olib borish bilan bog‘liq masalalar 
tadqiq qilinadi.
Kuzatish metodi
– ushbu metod bo‘lajak shifokorni jarayonlarning 
amaldagi holati bilan tanishtiradi, ularning oqibat natijalarini bilishga 
yordam beradi va shu asnoda yaratilgan yangi kashfiyotlar uchun 
dalillar, omillar yig‘ish imkonini tug‘diradi. Bu usul ancha murakkab 
bo‘lib, nazarda tutilgan maqsad qanday amalga oshayotganligini 
aniqlash, “subyekt-subyekt” munosabatlarining o‘zaro aloqalari, 
individual farqlarini qiyoslash uchun ham qo‘llaniladi.
Tabiiy kuzatishda
o‘rganilayotgan respondentlarning (tadqiq 
qilinuvchilar) o‘zaro munosabatlari, o‘quvchilarning fanlarni o‘zlash-
tirishlari, ularning xulq-atvori va muammolaridagi o‘zgarishlarni
hisobga olish va tegishli ta’limiy-tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatish yo‘llarini 
belgilash uchun qo‘llaniladi. Ilmiy kuzatishlar esa nafaqat respondent 
(o‘rganilayotgan subyekt)larning tabiiy faoliyatini balki, ularning 
ilmiy dunyoqarashlarning shakllanishi, fikrlash jarayonini darajasi
kuchini, xulosalar chiqarishdagi faolliklarini aniqlaydi, ularni tahlili 
qiladi. Bunday kuzatishlar oqibat natijada pedagogika fani mazmunini 
boyishiga xizmat qiladi. Qolaversa, ilmiy kuzatish orqali respondentlar 
(bular maktabgacha tarbiya yoshidagilar, o‘quvchi, talabalar bo‘lishi 
mumkin)ning o‘rganilayotgan muammo yuzasidan sifat va son 
ko‘rsatkichlarini aniqlashga yordam beradi. Bu metod tadqiqotchining 
pedagogik tajribaning muayyan bir tomoni va hodisalarini biror 
maqsadni ko‘zda tutib tashkil etiladi. Bunda kuzatishlar tezligi va 


33
soni, kuzatish obyekti, vaqti, pedagogik vaziyatlarni kuzatish uchun 
ajratiladigan xarakteristika va boshqalar hisobga olinadi.
Pedagogik kuzatish metodini qo‘llash jarayonida ta’lim 
muassasalarining o‘quv-tarbiya ishlari jarayonini o‘rganish asosida 
tadqiq etilayotgan muammo holati aniqlanadi, tajriba avvali va 
yakunida qo‘lga kiritilgan ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi farq to‘g‘risidagi 
ma’lumotga ega bo‘linadi. Pedagogik kuzatish murakkab va o‘ziga 
xos xususiyatlarga ega. Kuzatish aniq maqsad asosida, uzluksiz, izchil 
va tizimli amalga oshirilsa, kutilgan natijani qo‘lga kiritish mumkin. 
Olib borilayotgan pedagogik kuzatish ta’lim-tarbiya sifatini oshirish, 
o‘quvchi shaxsini shakllantirishga xizmat qilsa, mazkur metodning 
ahamiyati yanada oshadi.
Pedagogik kuzatuvni tashkil etishda xatoga yo‘l qo‘ymaslik 
muhimdir. Buning uchun tadqiqotchidan quyidagilar talab etiladi:
1) kuzatuv jarayonida aniq maqsadga egalik;
2) kuzatishni tizimli ravishda yo‘lga qo‘yish;
3) kuzatishning har bir bosqichida muayyan vazifalarni hal etish;
4) har bir holatning mohiyatini sinchiklab o‘rganish;
5) xulosa chiqarishga shoshilmaslik

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin