35
kunlaridanoq yoshlarning
bilimiga xolisona yondashish, ular iqti-
dorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida
oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1993-yildan e’tiboran
abiturientlarning bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1
avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi.
2017-yil
16-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan
2018/2019-o‘quv-yilidan boshlab oliy ta’lim
muassasasiga qabul
qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15-avgustgacha
bo‘lgan davrda o‘tkazish belgilandi.
Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni
o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va
iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi.
Test savollarining o‘rni va ularning mazmunan rang-barang qilib
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning
mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini
taraqqiy ettiradi.
Dostları ilə paylaş: