Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Test metodi
– ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron 
muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va 
fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test 
metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo‘lishga, 
ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi. 
Test savollarining o‘rni va ularning mazmunan rang-barang qilib 
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning 
mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini 
taraqqiy ettiradi 
Ilmiy tadqiqotlarda test, so‘rovnomalar metodi yetakchi bo‘lib 
hisoblanadi. So‘rovnoma – anketa metodi qo‘llanilganda yaratilgan 
ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning 
yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi; 
qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va 
tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi. 
Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir. 
Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar 
36
mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar 
soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, test savollarining ma’lumotlarini 
kompyuterda matematik– statistika metodlari bilan ishlov berishga 
imkon beradigan qilib tuziladi.
Bolalar ijodini o‘rganish.
Bolalar ijodini o‘rganish ko‘p qirrali 
jarayondir. Bunda ta’lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining 
o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan 
xulosalarga kelinadi. Ularning turli yozma ishlari, daftarlari, 
tutgan kundaliklari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari, 
turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari, 
bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning 
dunyoqarashi va ma’naviyatini o‘rganish uchun manba bo‘lib 
xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari, 
noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning 
respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq 
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish 
maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda 
iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida
turli ko‘riklarda (san’at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida 
o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va 
chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan 
kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritish-
moqda. Ta’lim va tarbiya muassasalarida iste’dodli, iqtidorli yoshlar 
aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan 
olimpiadalari, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar, qo‘shiq va raqs 
tanlovlari, maktablar bo‘yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar 
va boshqalarda namoyon bo‘ladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin