Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim Magistrlik negizida
Falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasi negizida
Tayach doktorantura va
mustaqil izlanuvchilik
-ta’lim davri 3-yil
Falsafa doktori (PhD)
ilmiy darajasi negizida
Tayach doktorantura va
mustaqil izlanuvchilik
-ta’lim davri 3-yil
Fan doktori ilmiy
darajasiga ega bo‘linadi
2.1.1-chizma. Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashga bo‘lgan
ehtiyojlarini o‘rganish va ularni oqilona qondirish, malaka oshirish
va qayta tayyorlash jarayonini tabaqalashtirish, qayta tayyorlash va
malaka oshirish natajalari asosida xodimlarni ma’naviy va moddiy
jihatdan rag‘batlantirib borish, mazkur jarayonlarni tashkil etishning
davlat, jamiyat va nodavlat shakllarini birga qo‘shib olib borish
kabilar qayta tayyorlash ta’limining asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tartibi O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanib, mutaxassislar
malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash tarmoq Markazlarida
va kasbiy qayta tayyorlash huquqiga ega bo‘lgan o‘quv markazlarida
amalga oshiriladi. Ushbu jarayon ishlab chiqarishdan ajralgan holda
tashkil etiladi. Uning shakli malaka oshirish ta’lim muassasasi
tomonidan ta’lim dasturining murakkabligi e’tiborga olingan holda
va buyurtmachining u bilan tuzilgan shartnomasiga muvofiq ravishda
belgilanadi.
Kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash jarayoni yakuniy davlat attes-
tatsiyasi bilan yakunlanadi. Attestatsiyani o‘tkazish tartibi ta’limni
boshqarish bo‘yicha tegishli davlat organlari tomonidan belgilanadi.
56
O‘quv rejasining barcha talablarini bajargan, yakuniy davlat attes-
tatsiyasidan muvvafaqiyatli o‘tgan tinglovchilar qayta tayyor garlik
va malaka oshirishdan o‘tganligi to‘g‘risida belgilangan namu nadagi
diplom yoki sertifikat oladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalariga bolalar, o‘smirlar
ijodiyoti saroylari, uylari, klublari va markazlari, bolalar-o‘smirlar
sport maktablari, musiqa maktablari, studiyalar, kutubxonalar,
sog‘lomlashtirish muassasalari va boshqa muassasalar kiradi.
Maktabdan tashqari ta’lim muassasalarini tashkil etish va ularning
faoliyat ko‘rsatish tartibi qonun hujjatlarida belgilab qo‘yiladi.