67
III
o‘quvchilar tomonidan kasb-hunar ko‘nikmalarining o‘zlash-
tirilishini ta’minlash, maxsus va chuqurlashtirilgan
tayyorgarlikni
talab etmaydigan kasblarni o‘rgatish orqali ularning kasb-hunar
olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish;
III
kasbiy ta’lim berish jarayonida «usta-shogird» an’analari,
mahalliy va xorijiy ilg‘or tajribani o‘rgangan holda eng maqbul usul-
lardan foydalanish hamda kasblarning malaka talablari va kasbiy ta’-
lim berish jarayonining metodik ta’minotini takomillashtirib borish;
III
kasbiy ta’lim berish jarayoniga innovatsion pedagogik va
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
keng joriy etish orqali
kasbiy ta’lim berish sifatini ta’minlash;
III
o‘quvchilarda mustaqil ijodiy fikrlagan holda mehnat
jarayonini tashkil etish ko‘nikmalarini shakllantirish orqali ularning
mehnat faoliyati bilan faol shug‘ullanishi imkonini beruvchi kasb
egasi bo‘lishlarini ta’minlash;
III
mehnat bozori uchun maxsus va chuqurlashtirilgan
tayyorgarlik talab etilmaydigan kasblar bo‘yicha raqobatbardosh
kadrlar tayyorlashni ta’minlash.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi
“O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari
faoliyatini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-2829-son qarori
qabul qilindi.
Mazkur qarorning 2-bandida akademik litseylarning muhim
vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari belgilab berildi:
III
umumta’lim maktablarining eng iste’dodli o‘quvchilarini
tanlash, ularning intellektual qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va
o‘qishni oliy ta’lim muassasalarida davom ettirishga maqsadli chuqur
tayyorlash;
III
o‘quvchilarning ijodiy salohiyati namoyon bo‘lishi va
faollashishiga ko‘maklashuvchi, individual iste’dodlarni va har bir
o‘quvchining qobiliyatlari hamda xususiyatlarini hisobga olgan holda
bilimlarni egallab olish jarayonida mustaqil faoliyat ko‘nikmalarini
shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi ta’lim muhitini yaratish;
III
ilg‘or mahalliy va xorijiy ta’lim muassasalarining tajribasini
hisobga olgan holda ta’lim jarayonini
tashkil etishning zamonaviy
68
shakllarini joriy etish va uning mazmunini doimiy ravishda yangilab
borish.
Oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalaridan kelib chiqqan
holda, kadrlar tayyorlash mazmunini tubdan qayta ko‘rish, xalqaro
standartlar darajasiga mos oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
uchun zarur sharoitlar yaratilishini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy ta’lim
tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2909-
son Qarori qabul qilindi.
Dostları ilə paylaş: