73
III BOB
TARBIYA JARAYONINING MAZMUN VA MOHIYATI.
TARBIYAVIY TA’SIR ETISH USULLARI, VOSITALARI VA
UNI AMALDA QO‘LLASH SHAKLLARI
Bobning qisqacha mazmuni
Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tibbiyotdagi ahamiyati
.
Tarbiya tushunchasi, tarbiyaning maqsadi va umumiy vazifalari,
tarbiya jarayonining o‘ziga xos xususiyatlari, tarbiya qonuniyatlari
va tamoyillari, tarbiya jarayonining mazmuni, tamoyillari, milliy
tarbiya va uning o‘ziga xosligi.
Tarbiyaviy ta’sir etish usullari, vositalari va uni amalda qo‘llash
shakllari.
Tarbiya metodlari, vositalari va ularning mazmuni,
tarbiyada ta’sir etish usullari, o‘quv-tarbiyaviy tadbirlar, tarbiya
shakllari va ularning mazmuni, oilaviy tarbiya asoslari, shaxs
tarbiyasida oila va jamiyatning o‘rni.
3.1. Tarbiya jarayonining mohiyati va uning tibbiyotdagi
ahamiyati
Umumiy pedagogika singari tibbiyot pedagogikasida tarbiya
muhim o‘rin egallaydi. Jamiyat va pedagogikaning
tarixiy rivoji
davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar
yuzaga keldi. Eng avvalo, keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.
Dostları ilə paylaş: