Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Ekologik tarbiya
– bu o‘quvchilarda atrof-muhitga, tabiatga 
nisbatan ekologik munosabatlarni shakllantirish jarayonidir. Barkamol 
insonning muhim fazilatlaridan biri uning ekologiya madaniyatidir. 
Ekologik madaniyatga ega shaxs barcha tirik mavjudotlarning 
yashash sharoiti, muhiti, qonun-qoidalarini puxta biladi, tabiat 
muvozanatini saqlashga hissa qo‘shadi. U atrof-muhitga nisbatan 
beparvo bo‘lmaydi, aksincha uni yaxshilashga, sog‘lomlashtirishga 
hissa qo‘shadi. 
Iqtisodiy tarbiya
– bu o‘quvchilarda iqtisodiy tafakkur va 
madaniyatni shakllantirishga qaratilgan jarayondir. Bozor iqtisodiga 
o‘tayotgan bir paytda yoshlarda iqtisodiy tafakkurni tarbiyalash 
muhim ahamiyatga egadir. 
Jismoniy tarbiya
– o‘quvchilar tanasidagi barcha a’zolarining 
sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy 
mehnatga, Vatan mudofaasiga tayyorlashdir. Jismoniy tarbiya 
mazmuniga ko‘ra bola organizmi ichki a’zolari funksiyasi faoliyatini 
boshqa rish, o‘quvchilarning sog‘ligini mustahkamlash, gigiyena 
qoida lariga ko‘nikishini tarkib toptirish, mohirliklarini o‘stirish, 
mehnat qilish qobiliyatlarini oshirish, ularda iroda, chidamlilik 
qat’iy intizom, do‘stlik his-tuyg‘ularini kamol toptirish, jismoniy 
qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
Oilaviy tarbiya asoslari
. Mustaqillik davrida oila institutini 
jamiyatning boshqa muhim ijtimoiy tuzilmalari, yurtimizdagi 
ma’naviy o‘zgarishlar bilan uyg‘un tarzda rivojlantirish, uning 
nufuzini oshirish masalasiga davlat siyosatining eng m
uhim va 
ustuvor yo‘nalishi sifatida doimiy e’tibor berib kelinmoqda.
Mamlakatimiz Konstitutsiyasida oilaning ijtimoiy maqomi aniq 
belgilab qo‘yilgani, shu asosda Oila, Fuqarolik, Uy-joy kodekslari 
84
va boshqa zarur qonun hujjatlari qabul qilinib, bu borada tegishli 
huquqiy poydevor yaratilgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.
Oila har qaysi jamiyatning kichik bo‘g‘inidir, oilalar birlashib,
jamiyatni tashkil etadi. Oila farovonligi – milliy farovonlik asosi 
hisoblanadi. Inson shaxsini shakllantirish oiladan boshlanadi, shu 
bilan birga oila-murakkab ijtimoiy guruh bo‘lib, biologik, ijtimoiy, 
axloqiy, mafkuraviy va ruhiy munosabatlarning birlashuvi natijasida 
vujudga keladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 
25-maydagi PF-3434-raqamli farmoni va unda ko‘zda tutilgan maqsad 
va vazifalarni bajarilishi bo‘yicha bugungi kunda respublikamizda 
qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda. Jamiyatdagi o‘zgarishlar 
oilaga ta’sirini ko‘rsatganidek, oiladagi o‘zgarishlar ham jamiyatga 
o‘z ta’sirini ko‘rsatadi, oila davlatning, jamiyatning asosiy tayanchi, 
uning mustahkamligi, tinch-totuvligi, farovonligi va barqarorligidan 
jamiyat mafaatdor bo‘ladi. Oilada ma’naviy va jismoniy yetuk 
avlodni tarbiyalash yoshlarni oilaviy hayot qurishga tayyorlash, 
zamonaviy kasb-hunar sirlari bilan qurollantirish lozimligi zarur. 
Bunda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi “Oilada tibbiy 
madaniyatni oshirish, ayollarning sog‘ligini mustahkamlash, sog‘lom 
avlod tug‘ilishi va uni tarbiyalshning ustivor yo‘nalishlarini amalga 
oshirishning maqsadli dasturi to‘g‘risida” gi 242-sonli qarori, 2018-yil 
2-fevraldagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarni 
qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi 
faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 
Farmoni va 2018-yil 27-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasida oila 
institutini mustahkamlash konsepsiyasini” tasdiqlash to‘g‘risidagi 
qarori yuzasidagi vazifalarning bajarilishi muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Har qanday jamiyat taraqqiyotida oila farovonligi, oila mus-
tahkamligining o‘rni beqiyosdir. Chunki tirik 
organ
izmning 
salomatligi uni tashkil qiluvchi har bir hujayraning sog‘lomligiga 
bog‘liq bo‘lganidek, butun 
organ
izm o‘z faoliyatini maqsadga muvofiq 
amalga oshirishida har bir hujayraning munosib o‘rni bo‘lganidek, 
oila ham davlat, jamiyat deb atalgan butun bir a’zoizmni tashkil 
etuvchi hujayradir. Har bir oilaning sog‘lom bo‘lishi, ularda ijobiy-


85
psixologik iqlimning hukm surishi, mana shu muhitda dunyoga kelib 
shaxs sifatida shakllanib, so‘ng o‘zi yashayotgan davlatning fuqarosi 
sifatida o‘z davlatining iqtisodiyoti, ijtimoiy hayoti taraqqiyotini 
ta’minlovchi, hal qiluvchi omil bo‘lgan inson kamolotida oilaning 
tutgan o‘rni muhimdir.
Shuningdek, jamiyat taraqqiyotining kutilgan darajaga chiqa 
olmasligi, uning taraqqiyotiga to‘sqinlik qiluvchi, uning inqiroziga 
olib keluvchi kuchlarning yuzaga kelishida ham oilaning hissasi 
kattadir. Chunki nosog‘lom, noqobil va nizoli oilalar, ajralishlar 
sonining ortishi, jamiyatga turli iqtisodiy, ijtimoiy ziyon yetkazishi 
bilan birga, bunday nosog‘lom psixologik muhitda, nizo-janjalli, 
o‘zaro mehr-oqibatsiz muhitda dunyoga kelgan, shakllangan bola 
ham keyinchalik nafaqat o‘z ota-onasi, aka-ukalariga nisbatan mehr-
oqibatsiz, shafqatsiz, zolim, xudbin, jamiyat yurt manfaatlariga zid 
har xil salbiy tashqi kuchlar ta’siriga oson beriluvchan shaxs bo‘lib 
shakllanishi, shu asosda esa o‘z oilasi, o‘z xalqi, o‘z yurti uchun xavfli 
insonlarning yetishib chiqishiga ham asos bo‘lishi mumkin.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin