Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

vazifalari
 
sifatida olimlar 
pedagogikaning uchta asosiy funksiyalari (vazifalari)ni ajratib ko‘r-
satishmoqdalar. Bular:
− analitik – pedagogik tajribani nazariy tadqiq qilish, tasvirlash, 
umumlashtirish, interpretatsiyalash vazifasi;
− prognoz qilish (bashoratlash) – davlatning oliy ta’lim muas-
sasalari, kafedralar ta’lim siyosatini samarali boshqarish, o‘qi tishning 
istiqbolli va maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy asoslarini ishlab chiqish;
− loyihali, konstruktiv – yangi pedagogik texnologiyalarni, inno-
vatsion faoliyat asoslarini yaratish, pedagogik tadqiqotlar natija larini 
amaliyotga tatbiq qilish.
Pedagogokani o‘rganish jarayonida bo‘lajak shifokor – talaba 
quyidagi 
vazifalarni
amalga oshirishga tayyor bo‘lishi lozim:
− shifokorlik faoliyatida pedagogik (ta’limiy, tarbiyaviy, inson-
par varlik tamoyillariga asoslangan) bilimlarga ega bo‘lish, ularni 
o‘zlashtirish;
10
− pedagogik bilimlar, ko‘nikma, malakalarga ega bo‘lish, umumiy 
pedagogik madaniyatini oshirish;
− kelgusidagi shifokorlik faoliyatidagi qobiliyatlarini rivoj-
lantirishda zarur bo‘ladigan pedagogik bilimlarning ahamiyatini, 
kasbiy salohiyatini oshirishdagi o‘rnini anglashi lozim.
Pedagogika bo‘lajak shifokorning faoliyatini ilmiy asosda tashkil 
qilishga xizmat qiladi. Oliy ma’lumotli shifokorning shaxsiy va kasbiy 
rivojlanishi, shifokorlik faoliyatining madaniyati uning pedagogik 
bilimlarga ega bo‘lishiga asoslanadi.
Respublikamizda va MDH mamlakatlarida tibbiyot ta’limidagi
pedagogikaning rivojlanishi XX asrning 70-yillariga to‘g‘ri keladi. 
Uning rivojiga ulkan hissa qo‘shgan shifokor-pedagoglar: M.Ya.
Mudrov, N.I. Pirogov, I.M. Sechenov, S.P. Botkin, I.P. Pavlov, 
V.M. Bexterev, P.B. Gannushkin, A.V. Vishnevskiy, A.N. Bakulev,
A. Abdullayev, S. Kamarov va boshqalar. Umuman olganda, ja-
miyat ning turli bosqichlarida tarbiya va ta’lim sohasidagi to‘plangan 
tajribalarni nazariy jihatdan anglash, umumlashtirish va hayotga 
tatbiq qilish ehtiyojlari asosida pedagogika fani rivojlandi.
Pedagogika (
yunoncha: “paidagogike”, ya’ni “peys”
– 
bola va 
“agogeyn”
– 
yetaklamoq
) ijtimoiy tarbiyaning umumiy qonuniyatlari, 
muayyan jamiyatda yagona ijtimoiy maqsadga muvofiq yosh avlodni 
tarbiyalash hamda unga ta’lim berishning mohiyati va muammolarini 
o‘rganadigan fan. Pedagogika insonshunoslik haqidagi fan bo‘lib, 
“inson-jamiyat”, “jamiyat-inson” shaklida o‘zaro ta’sirni taqozo etadi. 
Demak, tibbiyot sohasidagi shifokor o‘zaro hamkorlik aloqalariga 
kirishar ekan, insonlar psixologiyasi va ijtimoiy munosabatlar 
tuzilishini yaxshi bilishi kerak.
Klinik kafedralarda o‘zaro hamkorlikka kirishish quyidagi triada 
(uchlik)da tashkil etiladi, ya’ni, shifokor-pedagog (1) – talaba-bo‘lajak 
shifokor (2) – bemor (3). Bo‘lajak shifokor “subyekt-subyekt” 
munosabatiga kirishishida pedagogika muhim ahamiyat kasb etadi, 
chunki shifokorning kasbiy kompetentligi, uning insonparvarligi 
aynan pedagogik ta’limotlar asosida amalga oshiriladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin