107
chunki, axborot tizimi – axborotni to‘plash, saqlash, izlash, unga
ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan,
tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot
texnologiyalari va aloqa vositalarini qamrab oladi. Ta’lim jarayonini
qulaylashtirishda masofaviy o‘qitish ta’lim tizimi ishtirokchilarining
innovatsion pedagogik faoliyatini tashkil qilishga mo‘ljallangan.
Aynan:
− doimiy va muntazam ravishda o‘z malakalarini oshirib borish,
bilim, ko‘nikma va malakalarini
doimiy yangilab borish;
− mamlakatimizning va hattoki yer kurrasining qaysi burchagida
bo‘lishi va qaysi vaqt oralig‘ida topshiriq berish va ularni bajarishdan
qat’iy nazar, tahsil oluvchi va o‘qituvchi o‘rtasida interfaol aloqa
o‘rnatishga
imkoniyat mavjudligi, ta’lim mazmunining xalqaro
talablarga monand bo‘lishi, milliy
va umumbashariy qadriyatlar
uyg‘unligi asosida tashkil qilish;
− o‘qitish jarayonida erkin muloqot
qilish talablarini bajarish,
o‘quvchining vizual, eshitish, so‘zlashish, fikr almashish kabi layoqat
va malakalarining teng ravishda shaklantirilishi zarurligini inobatga
olish va buning uchun zarur bo‘lgan shart-sharoitlar yaratish;
− o‘qitish jarayonida insoniylik (gumanizm)
talablariga rioya
etish, ta’limning uzviyligi,
uzluksizligi, bosqichma-bosqichliligi,
demokratlashuvi va xalqchilligini ta’minlash;
− davlatlararo xalqaro va mintaqaviy hamkorlik o‘sayotganligini
inobatga olgan holda istiqbolda kadrlarning milliy manfaatlar asosida
shunday xalqaro muloqotga tayyorligini ta’minlash;
− ta’lim jarayonini tashkil qilish
va boshqarishda pedagogik
motivatsiya, realizatsiya va refleksiya talablariga to‘liq rioya etishga
qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: