Sangvinik
– juda faol, qiziquvchan bo‘lib, atrofdagi narsalar,
insonlar diqqatini tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko‘p ishlatib, uning
chehrasiga qarab kayfiyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir
bo‘lishiga qaramay, kuchsiz ta’sir(qo‘zg‘atuvchilar)ni seza olmaydi,
serg‘ayrat, ishchan toliqmasdir. Faollik bilan reaktivlik munosabati
muvozanatli bo‘ladi, imtizomli, o‘zini tiya biladi va boshqara
oladi. Uning xatti-harakati jo‘shqin, nutq sur’ati tez, yangilikni tez
payqaydi, aql idroki teran, topqir, qiziqishlari, kayfiyati, intilishlari
o‘zgaruvchandir. Ko‘nikma va malakalarni tez egallaydi, ko‘ngli
ochiq, dilkash, muloqotga tez kirishadi, uning xayoloti (fantaziyasi)
yuksak darajada rivojlangan, tashqi ta’sirlarga hozirjavob bo‘ladi.
Xolerik
– sust senzitivlik xususiyatiga ega bo‘lib, juda faol va
reaktivdir. Ko‘pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik,
serzardalik va giperaktivlikni namoyon qiladi. Sangvinikka qaraganda
qo‘zg‘aluvchan, lekin ko‘proq rigid, qiziqishlari, intilishlari barqaror,
xatti-harakatlarda qat’iylik mavjud bo‘lsada, biroq diqqatni bir joyga
to‘plashda qiynaladi, nutq sur’ati tez va h.k.
Flegmatik
– senzitivligi sust, his-tuyg‘usi (emotsiyasi) kam
o‘zgaruvchan, shunga ko‘ra bunday shaxsni kuldirish, jahlini chiqarish,
kayfiyatini buzish qiyin bo‘lib, ko‘ngilsiz hodisa xavf-xatar haqidagi
xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo‘ladi. Vazmin, kam harakat,
imo-ishorasi, mimikasi ko‘zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg‘ayrat,
ishchan, faol, chidamli va matonatlidir. Uning nutq va harakat sur’ati
sust, farosati qiyiqroq. Diqqatni to‘plashi osoyishta, rigid ko‘rinishida
bo‘lib, diqqatni ko‘chirishi qiyin kechadi. Intravertlashgan, kam gap,
ichimdan top toifasidan bo‘lib, yangilikni qabul qilishi murakkab va
tashqi taassurotlarga sustlik bilan javob beruvchandir.
Dostları ilə paylaş: |