Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


-jadval Xarakter xislatlari va xulq-atvor xususiyatlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

3-jadval
Xarakter xislatlari va xulq-atvor xususiyatlari

Munosabatlarning 
nomlanishi
Xarakter xislatlari va xulq-atvor 
xususiyatlari
1.
Odamlarga bo‘lgan 
munosabat 
Muloqotmandlik, ochiqlik, aniqlik, meh-
ri bon lik, tundlik, tortinchoqlik, johillik, 
kamtarinlik va b.
2. 
Faoliyatga bo‘lgan 
munosabat
Vijdonlilik, mehnatsevarlik, tashabbus-
kor lik, ehtiyotsizlik, mas’uliyatsizlik va b. 
3. Ijtimoiy va shaxsiy mulkka 
bo‘lgan munosabat
Betartiblik, tejamkorlik, ozodalik, ehti-
yot korlik va b. 
4. O‘z-o‘ziga bo‘lgan 
munosabat 
Vazminlik, talabchanlik, o‘zini sevish, 
o‘ziga ishonchlilik, xudbinlik va b. 
Psixologiyada xarakter xislatlarining paydo bo‘lish shartlarida 
organizmning nasliy xususiyatlari (
biologik qonuniyatlari
) asos 
bo‘lsada, ammo u 
ijtimoiy qonuniyatlar
bilan tavsiflanadi. Ushbu 
200
masalani irsiyatga bog‘lab tushuntirish gomozigot egizaklarni 
o‘rganish orqali inkor qilinadi, chunki ularning nasliy xususiyatlari 
aynan bir xildir. Ular temperament xususiyatlari bo‘yicha tubdan 
o‘xshash bo‘lsalarda, lekin xarakter xislatlariga ko‘ra bir-biridan 
keskin farq qiladilar. Shuning uchun xarakterning shaxs turmush 
sharoitiga bog‘liqligini uning fiziologik asosi ham, tashqi taassurotlar 
tizimi tufayli vujudga keladigan shartli reflektor funksional holati 
ham tasdiqlaydi. 
Xarakter tarkib topishi muayyan qonuniyatlar ta’sirida amalga 
oshib, uning har bir xislati shaxs munosabatlariga bog‘liq bo‘ladi, 
ular o‘z navbatida ijtimoiy munosabatlar bilan belgilanadi. Nasliy 
xususiyatlari bir xil egizaklarda turlicha ijtimoiy muhitda har xil 
xarakter xislatlari shakllanishi tadqiqotlarda isbotlangan. Shu 
sababdan ijtimoiy tuzimni tavsiflovchi keng ijtimoiy munosabatlar 
shaxsning ijtimoiy tipik xususiyatlarigina emas, balki xarakterning 
individual xususiyatlari (xislatlari) tarkib topishiga ham katta ta’sir 
o‘tkazadi. Ijtimoiy munosabatlarga bevosita yoki bilvosita bog‘liq 
tarzda, oilada, bolalar va mehnat jamoalarida hayrihoxlik, o‘rtoqlik, 
o‘zaro yordamlashish, hamkorlik yoki, aksincha, johillik, zolimlik, 
badjahllik kabi shaxslararo munosabatlar tarkib topa boshlaydi. 
Oilaviy muhit, undagi shaxslararo munosabatlar, farzandlarning 
miqdori, yoshidagi farqi, nizoli vaziyatlarning ko‘rinishi, ota-
ona munosabatiga asoslangan holda xarakterning o‘ziga xos 
xususiyatlari shakllantirilsa, bolalar bog‘chasidagi, maktabdagi 
shaxslararo munosabatlar ham xarakterning maxsus xislatlarini tarkib 
toptiradi. Mehnat jamoalarida, norasmiy guruhlarda ham xarakter 
xususiyatlarida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelib, ilk yoshlik davrida 
esa shakllangan xarakter xislatlari nihoyat darajada barqaror bo‘lib, 
ularga ayrim o‘zgarishlar kiritish juda qiyin kechadi. Shaxsda 
mayllarning qondirilishi yoki qondirilmasligi bilan bog‘liq holda 
tarkib topgan munosabatlar o‘zining mustahkamligi bilan ajralib 
turadi. Xarakter xislatlarining chuqurligi, barqarorligi, doimiyligi 
ko‘p jihatdan shaxs munosabatlarining onglilik darajasiga bog‘liq. 
Insonning haqqoniylik, mehnatsevarlik xislatlari tasodifiy tarkib 
topmagan bo‘lib, uning ongli qarashlariga, ishonch aqidalariga mos 
tushsa, u holda har qanday qiyin holatlarda ham namoyon bo‘laveradi. 


201
Xarakter bilan temperamentning o‘zaro munosabati ularni 
fiziologik asoslari
bilan belgilanadi. Xarakter xususiyatlarining tashqi 
jihatdan namoyon bo‘lib aynan shu tarzda muayyan vaqt mobaynida 
kechishi 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin