Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

O‘z-o‘zini anglash
– shaxsning o‘ziga va o‘z faoliyatiga bir jamoa 
yoki butun jamiyat nuqtayi nazaridan baho bera olishdir. Taniqli rejissyor 
K.Stanislavskiyning: “Teatr qayerdan boshlanadi? –Albatta, – kiyim 
ilish joylaridan boshlanadi”, – degan iborasi mashhur bo‘lsa, pe da go -
gikada – “pedagogik faoliyat – oiladan boshlanadi”, deyish mum kin.
Xulosa qilib aytganda, pedagogika fani uzoq taraqqiyot yo‘lini 
bosib o‘tib, hozirgi vaqtda ilmiy bilimlarning yaxshi shakllangan, 
katta nazariy va amaliy materiallarni o‘z ichiga qamrab oldi va 
o‘zining ilmiy-nazariy, uslubiy, amaliy asoslarini yaratdi.
O‘zbekiston mustaqil bo‘lgandan so‘ng mamlakatimizda uzluksiz 
ta’lim tizimida, pedagogika fanining umumiy va metodologik asoslari 
va mazmunida ta’lim-tarbiya nazariyasida, ta’limning tashkiliy shakl-
larida, shaxsning barakamollik darajasi hamda sifatlarini aniq lashda 
ijobiy o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu o‘z navbatida inno vatsion va 
axborot-kommunikatsion texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga 
tatbiq etishga yo‘l ochdi.
Bugun mamlakatimizda ko‘plab o‘qituvchilarimiz pedagogik 
g‘oyalar targ‘ibotchisiga aylanishdi, tasdiqlangan dastlabki mate-
riallar bilangina emas, balki o‘zining shaxsiy ijodiy rejasi asosida ish 
yuritmoqdalar. Yangilikka, erkinlikka, mustaqilikka intilish hozirgi 
zamon o‘qituvchisining shaxs sifatlari tarkibiga kirib ulgurdi, endi 
an’anaviy o‘qitish tizimi o‘z o‘rnini milliy istiqlol g‘oyasi bilan 
sug‘orilgan va qat’iyan ilmiy asosda tashkil etilayotgan zamonaviy 
pedagogik tizimga asoslanmoqda. Pedagogik amaliyotning turli 
tomonlarini qamrab olayotgan kuchli innovatsion impuls harakati
davom etmoqda: ta’lim sifatini oshirish natijalarini oldindan 
belgilash, innovatsion, axborot va kommunikatsion texnologiyalarni 
ta’lim jarayoniga tatbiq etish, interfaol o‘qitish, ta’lim menejmentiga
qaratilgan yondashuvlar vujudga keldi.
“Faqatgina zamonaviy asnoda ta’lim-tarbiya olgan, jahonning 
manaman degan mamlakatlaridagi tengdoshlari bilan bellasha oladi-


17
gan, jismoniy va ma’naviy jihatdan barkamol yoshlar biz boshlagan 
ishlarni munosib davom ettirish va yangi bosqichga ko‘tarishga qodir 
bo‘ladi”
1
.
Darhaqiqat, o‘zbek xalqining milliy ma’naviyatida insonparvarlik, 
bilimdonlik, axloqiylik, vatanparvarlik, ilmga chanqoqlik, bunyodkor-
likka, ijodkorlikka intilish fazilatlari yetakchi o‘rinda turadi. Bugungi 
kunda respublikamiz yoshlari orasidan jahon olimpiada g‘oliblari, 
“Nihol” mukofoti sovrindorlari, sport sohasidagi g‘oliblar, davlat va 
nomdor stipendiatlarning yetishib chiqishi mamlakatimizda ta’lim-
tarbiyaga e’tibor kuchli ekanligidan dalolat beradi. Bu esa, bugungi 
kunda zamonaviy ta’lim-tarbiya sirlaridan voqif bo‘lish, innovatsion 
texnologiyalarni egallagan, axborot-kommunikatsiya vositalaridan 
oqilona foydalana olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishni talab etiladi. 
Shu jihatdan olganda, pedagogika aynan shu 
dolzarb masalalarning 
yechimini
topishga yordam beradi.
Pedagogika fanlari tizimining muhim tarmog‘i sifatida aniq fanlarni 
o‘qitish va o‘rgatishning qonuniyatlarini o‘rganuvchi metodika, ya’ni 
usl
ubiyat fanining xizmatlari beqiyosdir. Butun pedagogik jarayonni 
amalga oshirish yo‘l-yo‘riqlarini ko‘rsatib beruvchi (metodika, ya’ni 
uslubiyat), metodika fani ham o‘z navbatida, maktabgacha ta’lim 
uslubiyati (metodikasi), umumta’lim uslubiyati, kasb-hunar ta’limi 
uslubiyati, maxsus ta’lim uslubiyati, oliy ta’lim uslubiyati, malaka 
oshirish uslubiyati va boshqa fan uslubiyati tarmoqlaridan iborat.
Bu tarmoq fanlar bilan o‘zaro uzviy aloqadorlikda bo‘lib, bir-birini 
to‘ldiradi va pedagogika fanlari tizimida muhim ahamiyat kasb etadi. 
(1.21-rasm).
Pedagogika tarixi va nazariyasi asosini tashkil qiluvchi birinchi 
guruhning uchta pedagogik fan tarmoqlariga umumiy tasnif beradigan 
bo‘lsak, bularning uchalasi ham boshqa pedagogik fan tarmoqlariga 
asos bo‘lib, o‘zaro aloqadordir.
Pedagogika insonlar orasidagi munosabatlarni va ijtimoiy mu hit -
ning insonga ta’sirini tadqiq etuvchi fan sifatida iqtisodiyot,
mada-
1
Каримов
И.А. Она
юртимиз
бахту
иқболи
ва
буюк
келажаги
йўлида
хизмат
қилиш
– 
энг
олий
саодатдир . – Тошкент: Ozbekiston, НМИУ, 2015. -255-бет
18
ni yat rivojlanishining o‘ziga xosligi hamda ularning inson shaxsi 
shakl lanishiga ta’sirini o‘rganadi. Shu bilan birga, pedagogika o‘quv 
muas sasasi tizimining tashkiliy jihatlaridagi ko‘pgina masalalarni hal 
etishga, shaxslarni tarbiyalashda o‘quv muassasasi, oila va jamoat-
chilikning o‘zaro hamkorlikda ish olib borishiga yordam beradi.
Pedagogika fani tarbiya jarayonini ijtimoiy hodisa sifatida o‘rganar 
ekan, tabiiy ravishda jamiyatdagi barcha fanlar bilan bog‘liqdir. 
Pedagogika (fan sifatida) falsafa fani zamirida rivojlandi. Har 
qanday fan yakka holda o‘zi mukammalikka erisha olmaydi. U 
boshqa fanlar bilan aloqada, ularning yutuqlaridan foydalangan holda 
mazmunan boyib boradi. Shuningdek, pedagogika fani ham hozirgi 
kunda umumbashariyat tomonidan yaratilgan bilimlar va kelajak 
haqidagi ma’lumotlarga tayanadi. U tabiat va jamiyat rivojlanishi 
qoidalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga asoslanadi, o‘zi ham ijtimoiy 
fan sifatida rivojlanib, insonning ijtimoiy kamolotiga xizmat qiladi.
U falsafa, tarix, iqtisod, psixologiya, sotsiologiya, etika, estetika, 
biologiya, madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik va boshqa fanlar 
bilan uzviy aloqadadir.
Falsafa
– jamiyat, tabiat rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini 
tashkil etadigan, ya’ni pedagogikaning taraqqiy etib borishiga imkon 
beradigan ilmiy manbadir. Shu bilan birga, faylasuflar va pedagogika 
fanlari vakillari tomonidan ishlab chiqilgan bir qator umumiy 
masalalar falsafada ham, pedagogikada ham barobar mavjuddir.
Bular jumlasiga tarbiya bilan boshqa ijtimoiy hodisalar orasidagi 
o‘zaro aloqalar; dunyoqarashni, axloqiy, mehnat va estetik tarbiyani 
shakllantirish masalalari; shaxs va jamoa munosabatlari; ta’lim 
jarayoni mohiyatini tushunish hamda bilishning dialektik nazariyasini 
ishlab chiqish bilan bog‘liq.
Falsafa pedagogika fani uchun metodologik asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Falsafa pedagogikani ilmiy uslublar bilan boyitadi, ta’lim va 
tarbiyaning obyektiv qonun-qoidalarini ishlab chiqishga manba bo‘lib 
xizmat qiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin