Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə126/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Tashqi diqqat
deb ongimizning obyektiv voqelikdagi narsa va 
hodisalarga, ularning ayrim belgi va xususiyatlariga yo‘naltirilishi, 
ularda faol to‘planishiga aytiladi. Tashqi diqqat faqat idrok qilish 
jarayonidagina namoyon bo‘lmasdan, balki fikr yuritilayotgan 
narsalarga ham qaratiladi. Jumladan, ixtirochining o‘zi yaratgan 
narsasini tasavvur qilishi, rassomning obrazlarni kashf qilish jarayoni, 
muhandisning to‘g‘on qurilishini ko‘z o‘ngiga keltirish bilan bog‘liq 
holatlar bunga misol bo‘la oladi.
 Ichki diqqat
esa ongimizning o‘z subyektiv taassurotlarimiz, 
his-tuyg‘ularimiz va intilishlarimizga qaratilishidan iboratdir. Inson 
ongining o‘zida sodir bo‘layotgan o‘z hissiyotlarini, fikrlarini, orzu 
istaklarini va shu kabilarni kuzatishda tashqi diqqatdan farqli o‘laroq 
ichki diqqat yuzaga kelar ekan, bunda diqqatning har ikkala ko‘rinishi 
ham faoliyatning muvaffaqiyatli yakunlanishiga munosib hissa 
qo‘shish imkoniyatiga egadir.
Bir kishi ongining muayyan obyektga qarata yo‘naltirilishi va 
unga to‘planishiga 
individual
; bir guruh yoki ko‘pchilikdan iborat 
kishilar jamoasining ongi psixik faoliyatning biror obyektga qarata 
yo‘naltirilishi va shu obyekt ustida to‘planishiga 
guruh
yoki 
jamoa 
diqqati
deb yuritiladi. 
214
Diqqatning 
ixtiyoriy
turi ko‘pincha irodaviy deb nomlanib, 
diqqatning muayyan obyektga yo‘naltirilishi iroda kuchi bilan 
saqlab turiladi. Irodaning faoliyatni amalga oshirishda ishtirok 
qilishi ko‘p jihatdan kishining maqsadiga intilishi, ishchanlik 
qobiliyati, psixologik tayyorligiga bog‘liq. Shu boisdan, diqqatning 
kuchi, barqarorligi, mustahkamligi, ildamligi odamning muayyan 
faoliyatini bajarishga moyilligi, shayligi bilan o‘lchanadi. Har 
qanday faoliyatni amalga oshirishning boshida qiyinchiliklar yuzaga 
kelib, ular kishidan irodaviy zo‘r berishni talab qiladi. Faoliyatni 
bajarishdagi nuqsonlarning namoyon bo‘lishi diqqatni to‘plashdagi 
qiyinchiliklarning oqibatidir.
Ixtiyoriy diqqat
– ongning oldindan belgilangan maqsadga muvofiq 
irodaviy va asabiy faollik ko‘rsatgan holda muayyan obyektga 
yo‘nalishi va unga to‘planishidan iborat diqqat turidir.
Diqqatning obyektga to‘planishi, mustahkamlanishi odamning 
qiziqishlariga bog‘liqdir. 
Ixtiyorsiz diqqat
ning faoliyatda mujassam-
lashishida kishining ishtiyoqi va qiziqishi katta ahamiyatga egadir. 
Odatda, faoliyatga qiziqish bevosita va bilvosita shaklda namoyon 
bo‘ladi. Bevosita qiziqish faoliyat jarayoniga, xatti-harakatlarning 
o‘ziga, ish uslublariga qaratilgan qiziqishdan iboratdir.
Ixtiyorsiz diqqat
– ongimizning oldindan belgilangan maqsadsiz 
ravishda muayyan obyektga yo‘naltirilishi va unga to‘planishidan 
iborat diqqat turidir. Ixtiyorsiz diqqat obyektlari narsa va hodisalarning 
odatdan tashqari holati, belgisi, sifati va boshqalardir.
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat
– diqqatning muayyan obyektga avvalo 
ixtiyoriy ravishda qaratilib, so‘ngra uning ahamiyati tushunilgan 
sari o‘z-o‘zidan qaratilib boriladigan (avtomatlashgan) diqqat turi 
bo‘lib, ushbu tushuncha psixologiya faniga N.F.Dobrinin tomonidan 
kiritilgan. 
Ixtiyoriydan so‘nggi diqqat biror obyektga uzoq muddat qaratilishi 
bilan belgilanib, bunda hech qanday sezilarli irodaviy kuch-g‘ayrat 
sarflanmasa ham bo‘ladi. Insonning yuqori darajadagi jadal va unumli 
aqliy faoliyatini hamda barcha turdagi mehnatning yuqori, samarali 
ko‘rsatkichi diqqatning shu turi bilan bog‘liq bo‘ladi.


215
Psixologiyada diqqatning barqarorligi, o‘zgaruvchanligi, ko‘chuv-
chanligi, bo‘linishi, taqsimlanishi, ko‘lami kabi xususiyatlari haqida 
mulohazalar yuritiladi.
Diqqatning 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin