19
uchun hayotning jozibali, nafis qirralariga bevosita rag‘bat uyg‘otish
borasida pedagogika fani bilan aloqadadir.
Etika falsafaning ahloqiy va tarbiya
masalalari bilan bevosita
bog‘liqdir. Ularni hal etishda pedagogika axloqning umuminsoniy
qadriyatlariga suyanadi.
Estetika (nafosat tarbiyasi) insonning
estetik ideallarini shakl-
lantirish, madaniyatga va voqelikka estetik munosabatlari umumiy
qonuniyatlarini o‘rganadi va estetik tarbiyani ilmiy jihatdan asoslash
uchun xizmat qiladi. Bu asoslarni
pedagogika fani ishlab chiqadi,
yoshlarni go‘zallikni his qila olish, tushunishga o‘rganish vositalari
va yo‘llarini belgilab beradi.
Pedagogikaning falsafa va boshqa ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligini,
hal etadigan ilmiy masalalarning umumiyligini pedagogikaning ijtimoiy
xususiyati, uning mafkuraviy yo‘nalishga ega ekanligini ta’kidlab turadi.
Tarbiyaning hamma muammolarini boshqa siyosiy,
ijtimoiy masalalar
bilan bir qatorda hal etish zaruriyatini ko‘rsatib beradi.
Ta’lim oluvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish,
tarbiyalash
maqsadida ularga tizimli ta’sir ko‘rsatishni talab qiladi.
Bunda
psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning
samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat
va tafakkur – fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga
asoslanib, ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta’sir
ko‘rsata oladi. Bunda
psixologiya
turkumidagi fanlar pedagogika
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: