Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


His-tuyg‘u yoki hissiy xotira



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə136/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

His-tuyg‘u yoki hissiy xotira
. Bu xotira his-tuyg‘ular, ruhiy 
kechinmalar, hissiyotlar bizning ehtiyojlarimiz va qiziqishlarimiz 
qanday qondirilayotganligidan, atrofimizdagi narsa va 
hodisalarning xususiyatiga nisbatan munosabatlarimiz qay tarzda 
amalga oshirilayotganligidan doimo xabar berib turadi. Shuning 
uchun har bir kishining hayoti va faoliyatida hissiy xotira turi juda 
katta ahamiyat kasb etadi.
Obrazli (sensor) xotira
– tasavvurlar va turmush
 
manzaralari, 
shuningdek, tovushlar, ta’mlar, ranglar, shakllar bilan bog‘liq bo‘lib, 
u narsa va hodisalarning aniq obrazlarini, ularning xususiyatlari 
va bog‘lanishlarini esda qoldirish, ongda mustahkamlash hamda 
zaruriyat tug‘ilganda esga tushirishdan iborat xotira turidir. 


231
Psixologiya fanida obrazli xotiraning bir nechta turlari ajratib 
ko‘rsatiladi (7.3.1-chizma). Ulardan biri 
izchil obrazlar
bo‘lib, u 
sensor xotiraning eng sodda ko‘rinishi yoki shaklidir. Ularning 
namoyon bo‘lish hodisasi quyidagilardan tuzilgan: agar subyekt 
(shaxs)ga bir necha daqiqa oddiy qo‘zg‘atuvchi yuborilsa, jumladan, 
10

15 sek., yorqin qizil kvadratga qarab turish taklif etilsa, so‘ng 
tekshiriluvchi oldidan kvadrat olib qo‘yilsa, u qizil kvadrat o‘rnida 
xuddi shunday geometrik shakl izini ko‘rishda davom etadi, asosan, 
bu shakl ko‘k-yashil rangda gavdalanadi.
Obrazli 
xotira
Ta’m 
bilish
Hea 
bilish
Ko‘rish
Eshitish
Izchil 
xotira
Tasavvur 
xotirasi
Eydetik
7.3.1-chizma. Obrazli xotira turlari
Mazkur iz o‘sha zahoti, ba’zan bir necha sekunddan keyin paydo 
bo‘lib, 15 sekunddan to 45

60 sekundgacha o‘sha obyektda saqlanib 
turadi, shundan so‘ng u asta-sekin oqara boshlaydi. Natijada o‘zining 
aniq konturini yo‘qotadi, keyinchalik mutlaqo yo‘qolib ketadi, 
goho butunlay yo‘qolish uchun qaytadan paydo bo‘lishi mumkin. 
Odamlarning individual-tipologik xususiyatlariga qarab, izchil 
obrazlarning aniqligi va davomiyligi turlicha bo‘lishi mumkin.
Eydetik obrazlar (yunon. “eydos” – obraz)
izchil obrazlardan 
farqli ravishda bunda narsa va hodisalarning obrazlari yaqqolroq 
namoyon etadi. 
Tajribalarda aniqlanishicha, eydetik obrazlar uzoq vaqt inson 
ongida saqlanishi, mabodo ularning izlari yo‘qolib ketgan bo‘lsa 
232
ham, lekin hech qanday qiyinchiliksiz uning siymosi qayta tiklanishi 
mumkin ekan.
Tasavvur obrazlari 
xotiraning yanada murakkabroq turi bo‘lib, 
bunda eydetik obrazlarga qaraganda ancha boy bo‘lib, o‘ziga xos 
xususiyatlari bilan ajralib turadi. Tasavvur obrazlarini eydetik 
obrazlardan ajratuvchi farq – tasavvur obrazlarining 
polimodallik 
xususiyati, 
buning asosiy mohiyati tasavvur obrazlari ko‘rish, eshitish, 
teri orqali sezish izlarining tarkibiy qismlarini birlashtirishidir. 
Masalan, meva to‘g‘risidagi tasavvur obrazi uning tashqi ko‘rinishi 
(shakli, rangi, mazasi, og‘irligi va vazni)ni o‘zaro birlashtirib aks 
ettiradi.
So‘z-mantiq xotirasi
mazmunini fikr va mulohazalar, aniq 
hukm hamda xulosa chiqarishlar tashkil etib, ularni ifodalash faqat 
o‘zlashtirilayotgan materiallarning asosiy ma’nosini izohlash, talqin 
qilib berishga qaratilgan bo‘ladi. Ularni so‘zma-so‘z ifodalanilishini 
aynan aytib berishga qaratilgan bo‘lib, ma’lumot, axborot, xabar, 
material ma’no jihatdan qayta ishlanmasa, u holda materialni so‘zma 
so‘z o‘zlashtirish 
mexanik
esda olib qolish deyiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin