Psixologiya – pedagogikaning boshqa fanlar tomonidan aniqlangan
bilimlar, o‘sib kelayotgan insonning shaxsini shakllantirish, ichki
jarayonlarini yuz berish omillari va shart-sharoitlari haqidagi bilimlar
bilan qurollantiradi.
Jamiyatimiz rivojlanishining hozirgi bosqichida pedagogikaning
iqtisodiyot fanlari bilan aloqasi mustahkamlanib bormoqda. Ijti-
moiy fanlardagi ma’lumotlarga suyanib, pedagogika jamiyatning
tarbiyaga bo‘lgan obyektiv ehtiyojini va ularni amalga oshirish shart-
sharoitlarini o‘rganadi.
20
Shunday qilib, keyingi vaqtlarda pedagogika boshqa yangi
rivojlanayotgan fanlar bilan, jumladan, murakkab dinamik tizimlarni
rejali boshqarish haqidagi fan bo‘lgan kibernetika bilan mustahkam
aloqada rivojlanmoqda. Bularning barchasi pedagogika o‘zining
predmeti va tadqiqot sohasiga ega bo‘lib, boshqa bir qator fanlar bilan
juda mustahkam bog‘liqlikda ekanligini ko‘rsatadi.
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
tutgan o‘z yo‘li, tamoyillari tarbiya jarayonida hali avvalgi keksa
avlod oldida turmagan yangi masala va muammolarni yechish uchun
zarur bo‘ladigan xislat va sifatlar shakllantirilishini taqozo etadi.
O‘zbekistonda pedagogika ilmidagi tushunchalar, ta’riflar milliy
istiqlol mafkurasiga mos umuminsoniylik ruhida tushuntirilmog‘i
zarur. Albatta ta’lim va tarbiyada umuminsoniy qadriyatlar bilan birga
milliy o‘ziga xoslik nisbati, muvozanati alohida ahamiyatga ega.
Zamonaviy pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat
ko‘rsatayotgan shaxslarni bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga
bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq–
atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib
tarbiyalashdek muhim masalalarni hal qilmoqda.
Metodika (uslubiyat) – muayyan sohaga oid o‘qitish va
o‘rganishning qonuniyatlarini tadqiq etadi. Metodika maxsus va
uzluksiz ta’lim bosqichlaridagi pedagogikalar kabi ta’limning
o‘ziga xos turi va qonuniyatlaridan kelib chiqqan holda didaktika
prinsiplari va umumiy pedagogikadagi qonun-qoidalarni o‘z sohasiga
moslashtiradi va soha uslubiyatini yaratadi.
Ta’lim oluvchilarga bilim berish, ma’lumotli qilish, tarbiyalash
maqsadida ularga tizimli ta’sir ko‘rsatishni talab qiladi. Bunda
psixologiya va ijtimoiy omillarga asoslanadi. Ya’ni ta’sirning
samarasini bilish uchun o‘quvchining sezgi, idroki, tasavvur, diqqat
va tafakkur – fikrlash jarayonining qanday kechayotganini bilishga
asoslanib, ta’sir ko‘rsatish rejasini belgilaydi. Ayniqsa, yosh davrlari
psixologiyasini, bolaning yosh va individual xususiyatlarini hisobga
olgan holda tarbiyalanuvchiga yondashadi va unga samarali ta’sir
21
ko‘rsata oladi. Bunda psixologiya turkumidagi fanlar pedagogika
uchun muhim ahamiyat kasb etadi.