7.5. Nutq va xayol
Inson til yordami bilan boshqa odamlarga o‘tmish, hozirgi
zamon va kelajakka oid narsalar, voqelik yuzasidan axborot, xabar,
ma’lumot berishi mumkin. Odamdagi shaxsiy individual tajribaning
umuminsoniy tajriba bilan bog‘liqligi kishilarda tilning mavjudligi
bilan izohlanib, u oddiy qilib tushuntirilganda so‘z va belgilar tizimi
hamda yig‘indisidan iboratdir.
Tilning asosiy funksiyalari:
1) til yashashning vositasi, ijtimoiy tajribani avloddan avlodga
uzatish, berish va o‘zlashtirish quroli tarzida vujudga keladi;
2) til vosita yoki kommunikatsiya usuli, hatto odamlarning xatti-
harakatlarini boshqaruvchi qurol sifatida namoyon bo‘ladi;
3) til intellektual faoliyatning quroli sifatida xizmat qiladi
(muammoli vaziyat mohiyatini tushunish, yechishni rejalashtirish,
ijro etish, maqsad bilan solishtirish).
Odam o‘zi xoh amaliy xoh aqliy harakat qilishidan qat’iy nazar uni
rejalashtirib, buning yechimi uchun vosita qidirishning va umumiy
fikriy masalalarini hal qilishning asosiy quroli til hisoblanadi.
Nutq faoliyati
– odam tomonidan ijtimoiy-tarixiy tajribani
o‘zlashtirish, avlodlarga uzatish yoki kommunikatsiya o‘rnatish, o‘z
shaxsiy harakatlarini rejalashtirish va amalga oshirish maqsadida
tildan foydalanish jarayonidir.
248
Nutq turlarining E.G‘.G‘oziyev muayyan asoslariga suyangan
holda
noverbal va verbal
turlarga
bo‘ladi.
Noverbal nutq
genetik kelib
chiqish jihatidan birlamchi hisoblanadi, chunki insonning ijtimoiy-
tarixiy taraqqiyoti davrida dastavval tovushsiz, so‘zsiz nutq turlari
paydo bo‘lgan bo‘lib, u o‘z ichiga shaxs kamolotining yirik sanasini
qamrab olgan.
Noverbal nutq turini shartli ravishda quyidagi ko‘rinishlarga
ajratish mumkin:
imo-ishora,
mimika,
pantomimika,
exologik, ya’ni aks-sado,
signifikatsiya,
daktologik (barmoq nutqi).
Verbal nutq turkumini shartli ravishda quyidagi turlarga ajratish
mumkin: og‘zaki va yozma. Ularning quyidagi ko‘rinishlari
farqlanadi:
1) monologik;
2) diologik;
3) polilogik;
4) tashqi;
5) ichki;
6) ekspressiv;
7) impressiv;
8) lakonik (qatra, yig‘iq);
9) epik (yoyiq);
10) affektiv (jahl holatidagi).
Jahon psixologiyasida
xayol
insonning ijodiy faoliyatining
tarkibiy qismi sifatida talqin qilinadi, u tizimiy xususiyatli xatti-
harakatning oraliq va yakuniy mahsullari orqali aks etadi, muammoli
vaziyatda noaniqlik, noma’lumlik alomatlari vujudga kelsa, u holda
faoliyat rejasini qayta ko‘rib chiqishni ta’minlash imkoniyatiga ega.
Xayolning asosiy vazifasi amaliy faoliyat boshlanmasdan turib, uning
mahsulini oldindan tasavvur qilish va ularni timsollar tariqasida
vujudga keltirishdan iboratdir.
249
Xayol boshqa bilish jarayonlari bilan uzviy aloqada bo‘lib, ularni
aks ettirish imkoniyatining to‘laroq ro‘yobga chiqishiga yordam
beradi. Ayniqsa, u tafakkur bilan bevosita aloqada bo‘ladi, xuddi shu
boisdan ularning har ikkalasida ham bashorat qilish, oldindan payqash,
sezish, istiqbol rejasini tuzish imkoniyati mavjud. Ular o‘rtasida bir
qator o‘xshashliklar va ayrim farqlar mavjud, ya’ni:
− xayol tafakkur singari muammoli vaziyatda, masala va
topshiriqlar yechish jarayonida tug‘iladi;
− yangi yechim, usul, vosita qidirishda va ularni saralashda
umumiylik mavjud;
− xayolning ham, tafakkurning ham paydo bo‘lishi shaxsning
ehtiyojlariga bevosita bog‘liq;
− ehtiyojlarni qondirishning dastlab xayoliy obrazlari yaratiladi,
uning natijasida vaziyatni yorqin tasavvur qilish imkoni tug‘iladi;
− xayolda oldindan aks ettirish jonli tasavvurlar tarzida, yaqqol
timsollar shaklida vujudga kelsa, tafakkurda ular umumlashmalar,
tushunchalar, bilvositalik xususiyati orqali ro‘yobga chiqadi.
Xayol jarayoni tafakkurdan farqli o‘laroq muammoli vaziyatning
ma’lumotlari qanchalik noaniq bo‘lsa, shunchalik tasavvur obrazlari
yaralishi uchun qulay imkoniyat tug‘iladi, uning mexanizmlari
tezkorlikda ishga tushadi.
Xayol turlari. Inson quyidagi holatlarda xayolot olamiga kirib
borishi mumkin:
1) inson hech qanday yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan masalalar,
muammolar iskanjasidan berkinish maqsadida;
2) turmushning og‘ir sharoitlaridan, zahmatlaridan himoyalanish
niyatida;
3) shaxsiy nuqsonlarning tarkibidan;
4) ushalmagan armondan;
5) patologik holatga (ruhiy nuqsonga) uchraganda;
6) alkogolizm, narkomaniya va boshqa vaziyatlarda.
Xayolot (fantaziya)
turmushda gavdalanishi mumkin bo‘lmagan,
amalga oshirish imkoniyati yo‘q xatti-harakatlar dasturini namoyon
etib, u
passiv (sust)
xayol deb nomlanadi. Xayolning bundan tashqari
250
aktiv (faol), ixtiyoriy, ixtiyorsiz, qayta tiklovchi va ijodiy
turlari ham
mavjud.
Inson
passiv xayolni
oldindan ixtiyoriy rejalashtirib, iroda bilan
hech bir bog‘liq bo‘lmagan, jo‘rttaga “kashf” qilingan, biroq hayotda
gavdalantirishga yo‘naltirilgan obrazlari majmuasi
“shirin xayol”
deyiladi.
Odatda, «shirin xayol»da fantaziyaning mahsullari bilan insonning
ehtiyojlari o‘rtasidagi aloqa yengillik bilan yuzaga kelganligi tufayli
quvonchli, yoqimli, qiziqarli narsalar haqida odamlar xayol suradilar.
Inson qanchalik shirin xayolga berilsa, u shunchalik darajada passiv
shaxs sanalib, bu uning nuqsoni hisoblanadi. Goho passiv xayol
ixtiyorsiz ravishda vujudga kelishi ham mumkin, bunda quyidagi
holat yuz beradi:
A) ong nazoratining kuchsizlanishi;
B) ikkinchi signallar tizimining susayishi;
D) insonning vaqtincha harakatsizlanishi;
E) uyqusirash kezida;
F) affektiv vaziyatda;
G) tush ko‘rishda;
H) gallyusinatsiyada;
I) patologik holatlarda va h.k.
Passiv xayol ixtiyoriy va ixtiyorsiz turlarga ajratilganidek, aktiv
xayol qayta tiklovchi va ijodiy ko‘rinishlarga bo‘linadi.
O‘zining mohiyati bilan tasavvurlarga muvofiq keladigan tasvirlar
tizimini yaratuvchi xayol
“qayta tiklovchi xayol”
deb atalib, u
tabiatga, jamiyatga va shaxslararo munosabatga, bilimlarga oid
ma’lumotlar o‘rganilishida bevosita ishtirok etadi hamda matnlarda,
rasmlarda, xaritalarda aks ettirilgan narsalar qayta tiklanadi. Diqqat
bilan, sinchkovlik bilan qarash, tiqilish jarayonida mazkur xayol turi
rivojlanadi.
Ijodiy xayol
tiklovchi xayoldan farqli o‘laroq original va qimmatli
moddiy, ijodiy mahsulotlarda gavdalanuvchi yangi obrazlarning
yaratilishidan iborat xayol turidir.
|