Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Stresslarga ko‘nikish usullari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Stresslarga ko‘nikish usullari
Usulning nomi
Usulning qisqacha tavsifnomasi
Rejalashtirish 
Shaxsiy yoki kasb hayotida ko‘pgina muammolarni 
rejalashtirish usuli yordamida ham qilish mumkin. 
O‘z shaxsiy yoki xizmat vazifalaringizni bilib olishga 
birmuncha vaqt ajrating. Ertangi kun faoliyatingizni
rejalashtirib qo‘yish uchun ishda muayyan soatlarni 
belgilab qo‘ying. Bu faoliyat sizning shaxsiy maqsad-
laringiz va butun kompaniyaning maqsadlariga qanday 
mos kelishini belgilang.
Jismoniy 
mashqlar
Muntazam bajarib boriladigan mashqlar inson sog‘lig‘i 
uchun juda foydalidir. Ular salbiy energiyaning chiqib 
ketishi uchun imkon tug‘diradi, umumiy jismoniy 
holatga qulay ta’sir ko‘rsatadi.
Parhez
Davomli stress vitaminlar yetishmasligiga, organizm-
ning zaiflashuviga, kasalliklarni kuchli idrok qilishga 
shart-sharoit yaratishi mumkin. Bundan tashqari, stress 
vaqtida normal ovqatlanish rejimi buziladi, shuning 
uchun to‘g‘ri parhezga amal qilish muhimdir.
Psixoterapiya
Kasb mutaxassislari bilan intensiv ish olib borishda 
odatda ishlatiladigan texnikalar juda xilma-xildir.
Psixologik tahlil
Bu psixoterapiyaning bir shakli bo‘lib, unda normal 
bo‘lmagan xulq-atvorning ongsiz asoslari tadqiq etiladi. 
Meditatsiya va 
bo‘shashish
Uzoq Sharqdan keltirilgan ko‘p sonli misollar: medi-
tatsiya, yoga, dzen-buddizm va boshqa usullarni qamrab 
oladi.


261
Taxminiy hisoblarga qaraganda hozir yer sharida 40 mln.dan oshiq 
odam turli darajada rivojlangan depressiyaga mubtalo bo‘lgan. Xo‘sh 
depressiya nima o‘zi? 
Depressiya
– bu hozirgi kunga va kelajakka 
ishonchsizlik bilan qarash, doimo past kayfiyatda bo‘lish, horg‘inlik, 
hech narsa qilishga intilmaslik va fikrlashning sustlashuvidir. 
Depressiya (tushkunlik) – bu siqilish, ma’yuslik va g‘amgin 
kayfiyatdir. Albatta, fikrlashning sustlashuvi og‘ir depressiv holatlar 
uchun xosdir. Ko‘rib turganingizdek, depressiya inson uchun xos 
bo‘lgan barcha ijobiy faoliyatni yo‘qqa chiqaradi. Bunda bemorlar 
atrofdagilarga befarq bo‘lib qoladilar, kamgap, ma’yus, ko‘pincha 
ko‘zyoshi qiladilar. Ularning ongi ma’yus, g‘amgin kechinmalarga 
to‘lib ketadi. Hozirgi, o‘tgan zamon va kelajak ularga qayg‘uli bo‘lib 
tuyuladi. Ular olamga go‘yo qora ko‘zoynak taqqan holda qaraydilar. 
Depressiv kayfiyat hayotdan qoniqmaslik va ruhiy xastalanishlar 
oqibati bo‘lishi mumkin. Sabablari aniq bo‘lsada, lekin unchalik 
ifodalanmagan bunday holatga odatdagi reaksiya deb qarash mumkin.
Depressiv holatlarda o‘z joniga qasd qilish ko‘p uchraydi
ayniqsa o‘smirlar orasida. Ba’zan depressiyaga chalingan o‘smirlar 
o‘zlarining joniga qasd qilishlari uchun arzimagan sababning ham 
o‘zi yetarlidir. Masalan, ota-onasi aytgan qimmatbaho paltosini sotib 
olib bermaydi yoki diskotekaga yubormaydi, sevgan kishisi bilan 
uchrashgani qo‘ymaydi va h.k. Estrada qo‘shiqchilari Viktor Soy, 
Igor Sorin hayotdan ko‘z yumganlaridan keyin Rossiya yoshlari
(15

17 yashar bolalar) orasida o‘z joniga qasd qilishlar juda ko‘p 
kuzatilgan. Igor Sorin o‘zi yashaydigan uyning 6 qavatidan sakrab, 
o‘lim oldi xatida “Hammangizni mening ortimdan yulduzlarga ravona 
bo‘lishga chorlayman” deb yozib qoldirgan edi. Biroz vaqt o‘tgach 15 
yoshga hali to‘lmagan qiz dugonasi bilan birga 9 qavatning tomiga 
chiqib yerga sakrashadi va jon berishadi. Ularning yon daftarlarida 
shunday misralar bitilgan edi. ”Igor! Menga sensiz hayotning ne 
keragi bor. Men ham sening izingdan, sening bag‘ringa, yulduzlarga 
ravona bo‘laman! Meni kechiringlar” Nima uchun o‘z joniga suiqasd 
qilishadi? Buning psixologik mexanizmlari nimalardan iborat? Barcha 
o‘z joniga suiqasdlarni 3 turga bo‘lish mumkin: haqiqiy, yashirin 
va tantanovor. Haqiqiy suiqasd hech qachon to‘satdan bo‘lmaydi. 
262
Unga doimo past kayfiyat, depressiya hamroh bo‘ladi. Ular tez-tez 
hayotning mantig‘iga murojaat qilib turishadi. O‘smirlar suiqasdning 
bu turiga javobsiz sevgidan, yorining bevafoligidan murojaat qilishsa, 
qariyalar farzandlaridan keskin xafa bo‘lgan paytlarida o‘limning 
ushbu turini tanlashadi. Odam o‘zining muammolariga boshqalarning 
e’tiborini qaratmoqchi bo‘lsa, o‘z joniga suiqasd qilishning yashirin 
turini tanlaydi. Bunday odamlar, ba’zan o‘z joniga qasd qilajagini 
eng yaqin odamlariga aytib ham yurishadi. Lekin, bunga e’tibor 
berilmaydi yoki kulib javob berishadi. Suiqasdning bu turi ko‘pincha 
iqtisodiy qiynalgan odamlar orasida uchraydi. Tantanavor tarzda 
hayotdan ko‘z yumuvchilar o‘smirlar orasida ko‘p uchraydi. Bunga 
misol, yuqorida keltirganimizdek, sevimli qo‘shiqchisi o‘lganidan 
keyin o‘z joniga suiqasd qilgan qizlardir. Keltirgan misollarimizning 
barchasi eng avvalo hissiy qo‘zg‘aluvchanlik darajasiga tegishlidir. 
Bu daraja individual ravishda hilma-xil bo‘ladi.
Ehtiros
 
– ham uzoq davom etadigan va barqaror bo‘lgan 
emotsional holatdir. Kayfiyatdan ehtirosning farqi shuki, ehtiros 
muayyan harakatga, muayyan obyektiv muttasil intilishda kuchli 
suratda ifodalangan holatdir. bular – ijobiy ehtiroslarga misol bo‘lib, 
ular odamni ulkan ijodiy faoliyat yo‘liga yetaklovchi kuchdir. 
Ehtiros, tor ma’nodagi so‘z bilan aytganda, shaxsning emotsional 
sohasini tashkil etib, ular kishi xulq-atvorini tartibga solib turadi, 
bilishning jonli manbayi, odamlar o‘rtasidagi murakkab va ko‘pqirrali 
munosabatlarning ifodasi bo‘lib hisoblanadi.
Ijtimoiy mavqeyi jihatidan 
yuksak va past ehtiroslar
farq qilinadi. 
Ilmu-fanga, san’atga beriluvchanlik yuksak ehtirosga misol bo‘lib 
xizmat qiladi. Past ehtiroslarga ichkilikka va giyohvandlikka, qimor 
o‘yinlariga ruju qo‘yishni misol qilish mumkin. Patologik ehtiroslar 
psixopatik shaxslarda osongina paydo bo‘ladi. Biron narsaga berilish 
odam hislari orasida katta o‘rin tutadi. Ularni shunday deyishga 
sabab – ular muayyan bir obyekt, narsaga qaratilgan bo‘lib, unga 
bevosita aloqadordir. Masalan, biz kimdandir xafa bo‘lamiz, kimgadir 
hasadgo‘ylik qilamiz. Narsa va hodisalarga nisbatan bo‘lgan hislar 
turli xil hissiy o‘zgarishlarga mansubdir va ular orasida nozik farqlar 
bo‘ladi. Achinish, afsuslanish, hamdardlik hislari bunga misol bo‘la 


263
oladi. Bu hislarning qay darajadi rivojlangan bo‘lishi, obyektning 
sifatlari va xossalariga, his etayotgan odam shaxsiyati xususiyatlariga 
(fazilatlari) va ijtimoiy kelib chiqishiga, dunyoqarashiga bog‘liq 
bo‘ladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin