Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Intellektual
 
his-tuyg‘ular
– shaxsning haqqoniy, jonli, mantiqiy 
mushohadalari, soxta, yuzaki, ajablanarli, shubhali kabi mulohazalarga 
nisbatan munosabatida ifodalanadi. Hayajonlanish, ajablanish, 
264
qiziqish, hayratlanish, lol qolish, shubhalanish, shodlanish kabi 
intellektual hislar shaxsning bilish faoliyatining ajralmas qismidir.
Estetik his-tuyg‘ular
 – 
muayyan mezondagi baholarda, nafosat 
me’yorlarida o‘ziga xos badiiy lazzatlanish, go‘zallikni his qilish 
holatida kechib, u fojiali yoki kulguli, yoqimli yoki yoqimsiz, go‘zallik 
yoki xunuklik kabi holatlar tarzida munosabatda bo‘ladi. 
Yuqorida tilga olingan his-tuyg‘u turlari uyg‘unlashgan holda 
birlashib namoyon bo‘lsa, 
yuksak his-tuyg‘ular
deyiladi. Yuksak his-
tuyg‘ular ular faqatgina odamga xos bo‘lib, kishilarning ijtimoiy-
tarixiy, xususan, ularda ikkinchi signal sistemasining taraqqiy etishi 
maxsuli hisoblanadi. 
Aksariyat ruhiy jarayonlar qatori hissiyotlar ham bolalarda juda erta 
boshlanadi. 
Birinchi bosqich
– his-tuyg‘u va ehtiyojga qarab 
qoniqish 
– qoniqmaslik
birga keladigan hisdir. 
Ikkinchi bosqich
– ijtimoiy 
hislar: 
yoqtirish, o‘z-o‘zini yaxshi ko‘rish, xafagarchilik
hissidir. Bir 
muncha kechroq (qariyib uch yoshdan boshlab) bolalarda 
estetik did 
hissi
rosmana namoyon bo‘ladi. Bolaning “chiroyli – xunuk” degan 
narsalarga aqli chiqishib boshlaydi. 
Uchinchi bosqich
– hissiyotning 
jadal, hattoki, zo‘r berib avj olishi, qo‘zg‘aluvchanlikning oshganligi 
va maktabgacha yoshda beqaror bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Ayni 
paytda ahloq-odob hissi rivojlana boshlaydi. 
So‘nggi bosqich
– 
bolalarda maktab yoshida oliy hissiyotning rosmana rivojlanishi bilan 
xarakterlanadi. His-tuyg‘uni tarbiyalash katta ahamiyat kasb etadi. 
U umuman tarbiyaning doimiy hamroxi bo‘lmog‘i lozim. O‘qitish 
mohiyati bunda ayniqsa beqiyosdir. O‘qituvchi va tarbiyachi bolaning 
hissiy va tafakkur doirasiga ta’sir o‘tkazishi, rag‘batlantirishi, bordiyu, 
kerak bo‘lsa, ularni to‘xtatib qo‘yishi ham mumkin. Bunda shuni 
unutmaslik kerakki, musiqa, tasviriy san’at, she’riyat, teatr va kino 
estetik didni tarbiyalashda ma’lum ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda, ayniqsa so‘nggi-yillarda ilmu fanda hissiyotlarning 
fiziologik mexanizmlari xususida talaygina ma’lumotlar to‘plangan. 
Hissiy faoliyatda bosh miya po‘stlog‘i, quyi yotgan miya tuzilmalari, 
vegetativ asab sistemasi, shuningdek gormonlar va mediatorlar ishtirok 
etadi. Bu tuzilmalar, jarayonlar va komponentlarning hammasi o‘zaro 
murakkab ta’sir o‘tkazadi.


265
Bosh miya po‘stlog‘i va unga daxldor bo‘lgan ikkinchi signal 
sistemasining faoliyati kishining hissiy hayotida nihoyatda katta 
ahamiyat kasb etadi. Odamning aksariyat his – tuyg‘ulari so‘z 
ta’siroti bilan bog‘langan. So‘z bir zumda keskin ifodalangan hisni, 
masalan, yaqin odam halok bo‘lgani haqidagi olgan xabarnomaga 
javoban hamdardlik hissini yuzaga chiqarishi mumkin. Shunday qilib, 
po‘stloq, ya’ni ikkinchi signal sistemasi hissiyotning boshlang‘ich 
zanjiri sifatida xizmat qiladi. Lekin, ana shu mexanizm, muhim 
bo‘lsada, u avvalambor eslatib o‘tilganidek, odamda birdan – bir 
mexanizm bo‘lib hisoblanmaydi. Bundan tashqari, hissiyotlar ikkinchi 
signal sistemasi bo‘lmagan hayvonlarda ham mavjud. Chamasi, bosh 
miya po‘stlog‘i hissiy faoliyatda birinchi zanjir tariqasida emas, balki 
oxirgi zanjiri sifatida ham ishtirok etadi. Biz hisni anglash va uning 
paydo bo‘lishidagi oxirgi bosqichni nazarda tutmoqdamiz. Masalan, 
keyinchalik muhabbat deb anglanadigan sekin– asta rivojlanuvchi his 
shunga misol bo‘la oladi. Ishq-muhabbat biz uchun muhim sanaladi, 
chunki u odamda hissiy faoliyatning turli xil mexanizmlarida po‘stloq 
va ikkinchi signal sistemasining tutgan o‘rnini bildiradi.
Odam qo‘rqib ketganida va g‘azabga to‘lib toshganida qonda 
adrenalin miqdori oshib ketishi hammaga ma’lum. Yuzaga kelgan 
giperadrenalinemiya natijasida jigar va mushaklarda glikogen jadallik 
bilan parchalanadi. Bunda qonda qand miqdori ham oshadi. Bunday 
giper glikemiya moslashuv xarakterida bo‘lib, organizmni yonilg‘i 
ma teriali bilan ta’minlaydi. Ayni paytda bu yonilg‘i hayvon organiz-
mini og‘ir vaziyatlarda (hujum qilish, qochish) mushaklar uchun zarur 
bo‘lgan energiya bilan ta’minlaydi. Bu vaqtda hayvonlarda keskin 
kechinmalar paydo bo‘ladi. Affektlarda qonga qalqonsimon bez 
gormoni ko‘plab tushadi, shuningdek gipofizning inkretor faoliyati 
ham oshib ketadi.
Salbiy xayajonlar (stress) me’da osti bezi shirasining kamayib 
ketishiga sabab bo‘ladi. Ijobiy hissiyotlarda me’da osti bezi shirasining 
kislotaligi ko‘payadi. His-tuyg‘ular ayniqsa, yurak-qon-tomir 
sistemasiga va arterial qon bosimga keskin ta’sir ko‘rsatadi. Arterial 
bosim va yurak qon-tomir sistemasidagi o‘zgarishlar shunchalik katta 
bo‘ladiki, bunda yuz qizarib va oqarib ketadi, tomir urishi tezlashadi 
266
yoki sekinlashadi, teri quruq yoki, aksincha, zo‘r berib ter ajrata 
boshlaydi.
Biz o‘z hislarimizni idora etaolamizmi va ularni qay darajada 
boshqara olamiz? Po‘stloqdan markaziy asab sistemasining quyi 
yotgan bo‘limlariga tormozlovchi impulslarni yuborib, hissiy 
qo‘zg‘alishlarni to‘xtatib turishimiz yoki kamaytirib qo‘yishimiz 
mumkin. Kundalik kuzatuvlarimiz ham bundan guvohlik beradi. Har 
birimiz bilamizki, agar odam hohlasa yig‘i-sig‘ini to‘xtatishi, og‘riq 
hissini kamaytirishi yoki, aksincha, oshirib yuborishi mumkin. Lekin, 
biz hislarni emas, balki tashqi alomatlarini to‘xtatib qo‘yamiz, degan 
e’tirozlar bildirilishi mumkin. Ma’lum darajada bu to‘g‘ri. Hislar va 
ularning tashqi alomatlari bir narsaning o‘zi emas. Shunday xollar 
ham bo‘ladiki, kuchli hislar qiyofan sust ifodalanadi. Lekin ko‘pgina 
holllarda ana shu hislar o‘z ifodasini to‘la-to‘kis ifoda eta olmaydi. 
Bu oddiy va qisqa muddatli his-tuyg‘ular misolida yaqqol seziladi. 
Bordiyu, odam kulmay qo‘ysa, kulishiga hojat ham qolmaydi. 
G‘azablanganini bildirmay qo‘ysa ham, odam shunda o‘zini kuzatib 
tursa, g‘azab hissi yo‘qolganini yoki deyarli bilinmaganini anglaydi. 
Aslida esa, buning hayron bo‘ladigan joyi yo‘q. Bunday paytlarda 
qaytuvchi afferentatsiya his tuyg‘uni kuchaytiradi va uni quvvatlaydi. 
O‘yinchog‘i olib qo‘yilgan bolaning yig‘lashi bunga yaqqol misol 
bo‘la oladi. Bir oz vaqt o‘tgach, bola o‘yinchog‘ini ham unutib 
yuboradi. His-tuyg‘ular po‘stloq ta’siri ostidan chiqdi, lekin, alam 
hissi esa davom etaverishi mumkin. Bu bosqichda vegetativ nerv 
sistemasidan va chamasi, periferiyadan markaziy asab sistemasigacha 
bo‘lgan kimyoviy o‘zgarishlar va qaytar afferentatsiyalar hissiyotning 
harakatlanuvchi ispulsi hisoblanadi. Qizig‘i shuki, hissiy buzilishlar 
va ong buzilishlari ifodalangan holda diensefal psixozlarda ularning 
vaqt-bevaqt kechishiga moyillik bo‘ladi.
Birinchi marta V.Gess (1924) asab to‘qimasiga kiritilgan elektrodlar 
yordamida miyani elektr bilan qitiqlash uslubida olingan natijalar 
diqqatga sazovordir. 1953-yilda Olds kalamushning bosh miyasida 
“qoniqish” markazini kashf etdi. Bundan oldinroq gipotalamusga 
elektr bilan ta’sir o‘tkazilganda “soxta g‘azab” fenomeni olingan 
edi. Keyinchalik Olds kalamushlarda antiqa tajriba o‘tkazdi, bu 


267
tajriba “ustasi o‘zingiz” qoidasiga asoslangan edi. U qafas ichida 
kalamushlar uchun dastak o‘rnatgan edi. Kalamush dastakni bossa 
uning tanasidan elektr toki o‘tardi. Shu tariqa ta’sirot kalamushning 
o‘ziga bog‘liq bo‘lgan. Dastak elektr tokidan uzilgan paytlarda 
kalamush qafasda o‘rmalab yurib, bexosdan bir necha marta dastakni 
bosib o‘tgan. Dastak elektr tokiga ulanganda kalamush bir– ikki kun 
ichida toliqib yiqilmaguncha bir necha ming marotaba dastakka 
bosib turavergan. Bu tajriba shuni ko‘rsatdiki, hatto qafasga ovqat 
qo‘yilganda ham, kalamush ovqatdan ko‘ra dastakni bosib o‘zini 
qoniqtirishni xush ko‘rgan. Ma’lum bo‘lishicha, kalamush miyasida 
“qoniqish” markazlari po‘stloq osti yadrolari va miya ustunining turli 
joylarida, xususan, talamusda, gipotalamusda va bazal gangliyalarda 
joylashgan. Keyinchalik bu markazlar ham bir xil emasligi ma’lum 
bo‘ldi. “Ovqatdan qoniqish”, “jinsiy hirsni qondirish” markazlari bor 
deb qabul qilindi. Birinchi holdagi markaz kalamush och qolganda 
ishga tushadi. Mushuklarda o‘tkazilgan tajribalar ham yuqorida qayd 
qilingan markazlar borligini tasdiqladi.
Keyingi tadqiqotlar, miyaning ma’lum sohalarini qo‘zg‘atib g‘azab, 
qo‘rquv va qoniqish hissi uyg‘otish mumkinligini tasdiqlab berdi 
va dalillar bilan to‘ldirdi. “Jazolash markazi”ga ta’sir o‘tkazilganda 
olingan his-tuyg‘ular nihoyatda kuchli bo‘lishi aniqlandi. Masalan, 
tajriba o‘tkaziladigan maymunlar ayni paytda aftini bujmaytirib, 
qichqirib yuboradi, hayqiradi, tishlab olmoqchi va qochmoqchi 
bo‘ladi. Ular titrab, yunglari tik turadi, ko‘z qorachiqlari kengayadi. 
Jazo markazlari o‘rganish uchun “ustasi o‘zingiz” qoidasiga ko‘ra 
tajribalar o‘tkazish mumkin. Bunda hayvon tegishli dastakka bosib 
turar ekan, “jazolash markazini” ishdan chiqarishi mumkin. Bunday 
tajribalar uzoq vaqt davom ettirilsa, hayvonlar toliqib, kasallanib, 
nobud bo‘lishi ham mumkin. “Lazzatlanish”, ya’ni “qoniqish” 
markazlarida joylashgan elektrodlar ishga tushirilganda hayvon-
larning ahvoli yaxshilanib borgan.
“Jazolash” markazlarinig kashf etilishi va ularning vegetativ 
jarayonlarini boshqaruvchi zanjirlarga juda yaqin bo‘lishi, Vuldrij 
ko‘rsatib o‘tganidek, ba’zi bir ruhiy-somatik xastaliklar mexanizmlarini 
bir qadar yaxshiroq tushunishga imkon beradi. Ma’lumki, peptik 
268
yaralar salbiy his-tuyg‘ularga aloqador bo‘ladi. Gipotalamusda bir-
biriga juda yaqin turgan ikkita markaz bor: biri “jazolash” markazi 
–u ta’sirlantirilganda salbiy his-hayajonlarni paydo qiladi; ikkinchi 
markaz ta’sirlantirilganda esa me’da gipersekretsiyasini va peptik 
yarani paydo qiladi. Ikkala markaz bir-biriga juda yaqin turgani 
oqibatida ularning birida yuzaga keladigan qo‘zg‘alish jarayoni 
boshqasiga uzatiladi va salbiy hissiyotning nima sababdan peptik 
yarani paydo qilishi ayon bo‘ladi, qoladi. 
Odamlarda bu tajribalar qanday natija bergan? Neyroxirurgik 
operatsiyalar mobaynida odam miyasining chuqur joylashgan 
tuzilmalarini elektrodlar orqali ta’sirlantirib, odamda ham salbiy 
his-hayojonlar chaqiradigan markazlarni aniqlashga erishildi. Bu 
tadqiqotlar 1963-yildan boshlab o‘tkazila boshlandi. Sobiq ittifoqda 
ularni mashhur neyrofiziolog N.P.Bextereva va uning xodimlari 
o‘tkazishdi. Bosh miyaning tekshirish uchun mo‘ljallangan 
tuzilmalariga oltindan tayyorlangan elektrodlar kiritiladi, ular 
diagnostik va davolash chora tadbirlarini amalga oshirish uchun 
muayyan vaqtga qadar ana shu yerda qoldiriladi.
Keyinchalik elektrodlar chiqarib olinadi. Turli xil po‘stloq osti 
tuzilmalari (talamus, oq shar, dumli yadro va gippokamp)ga bir yo‘la 
bir necha yuz elektrodlar kiritilib, qaysi neyronlar guruhi odamda 
qanday his-tuyg‘ular chaqirishini o‘rganishdi. Ma’lum bo‘lishicha, 
ko‘pchilik nuqtalar ularga elektr toki bilan ta’sir ettirilganda hissiy 
jihatdan betaraf bo‘lgan va atigi o‘n foizi turli xil hissiy alomatlar: 
zavq bag‘ishlovchi, jinsiy hissiyotlar, issiqlikning juda yoqimli 
bo‘lishi, gavdaning turli joylarida noxush sinestopatik hislar bilan 
bog‘langan bo‘lgan. Shuningdek, elektr bilan ta’sirlantirishdan keyin 
ba’zi tekshiriluvchilarda qo‘rquv, vahima, quvnoqlik affektlari ham 
kuzatilgan. Bundan tashqari, kayfiyat o‘zgargani va patologik kayfiyat 
– distimik va gipomaniakal kayfiyat ham qayd qilingan.
His-tuyg‘ularning fiziologik mexanizmlari to‘g‘risidagi bilimni 
yakunlar ekanmiz, shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, hislar, ayniqsa 
insondagi hislar, har xil funksional sistemalarning o‘zaro murakkab 
ta’sir ko‘rsatishining integrativ maxsuli hisoblanadi. Ular ijtimoiy 
omillar, tarbiya, muhit, hayot tajribasi, odamning umumiy ahvoli va 


269
osoyishtaligiga bog‘liq bo‘ladi. Shuningdek, ular asab markazlari 
faoliyatining xususiyatlari va ular orasidagi bog‘lanishlar, shu 
jumladan endokrin sistema funksiyalariga ham daxldor bo‘ladi. 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin