Pol Ekman
vizual kontaktning yuz sohasiga yo‘nalishiga ko‘ra yuz uch zonaga
bo‘linadi:
282
I – Nigoh ko‘z va peshona sohasiga qaratilishi – “bo‘yruq” zonasi.
II – Nigoh ko‘z va burun va burun oldi sohasiga qaratilishi–
“ijtimoiy, do‘stlik” zonasi.
III – Nigoh ko‘z, og‘iz, iyak va undan pastki sohalariga qaratilishi–
“intim, yaqinlik” zonasi.
I – zona II – zona III – zona
9.1.1-rasm
Mazkur yo‘nalishda uzoq-yillik tadqiqot olib borgan mutaxassis-
lardan Allan Piz va Barbara Piz hisoblanadi. Quyida ularning “Новый
язык телодвидений” nomli kitobidan (M., 2010) noverbal qiliqlar
tas nifini keltirib o‘tamiz:
9.1.2-rasm
Birinchi rasmdagi holat – qo‘l kaftlarining chakkaga qo‘yilganligi
uning nimagadir juda hayratlanib, qiziqayotganligining belgisidir.
283
Ikkinchisida, agar suhbat qiziqarli bo‘lmasa yoki yoqmasa qo‘lini
yuziga qo‘yib, bosh barmoqni daxaniga qo‘yib, qolgan barmoqlari
bilan og‘zini bekitadi.
9.1.3-rasm
.
Agar suhbatdosh yelkalarini qisayotgan bo‘lsa, demak, u siz bilan
bo‘lgan suhbatga befarq, unga baribir yoki tushunmayotganlik belgisi.
Qo‘llar ko‘krakda bog‘langan bo‘lsa, bu suhbatdoshning berkligi,
himoyalanganlik, muloqotda yopiqlik ramzi.
Agar suhbatdoshning qo‘l kaftlari ochiq bo‘lsa, bu samimiylik
belgisidir.
9.1.4.-rasm
284
Agar suhbatdosh iyagiga tegib, yoki uni ishqalayotgan bo‘lsa,
demak, u qaror qabul qilishga harakat qilayotganligi belgisi.
9.1.5-rasm
Agar odam labining chetiga, burniga tegib, yoki uni ishqalayotgan
bo‘lsa, demak, u o‘z fikriga ishonchsizligi, yolg‘on gapirayotganligi
belgisi.
Agar suhbatdoshingiz barmoqlari bilan stolni tinmay chertayotgan
bo‘lsa, demak, u betoqat, yoki unga siz bilan suhbatlashish zerikarli,
shuning uchun u asabiylashmoqda.
Agar u qo‘l barmoqlarini qisayotgan bo‘lsa, demak, u nimadandir
juda xavotir, o‘zini himoyasiz his qilmoqda.
Suhbatdoshning qo‘llarini musht qilib turishi undagi vajohat
belgisi, lekin u bu holatni, badjahllikni nazorat qilmoqchi.
Agar suhbatdoshning qo‘llari behol bo‘lib, kaftlari yuqoriga
qaratilgan tarzda oldinga intilgan bo‘lsa, demak, u nimadandir
taajjubda, tashvishda, qiyinchilikda.
Agar odam tez yurib borayotib, iyaklarini ko‘targan holda qo‘llarini
erkin tashlab qo‘ygan bo‘lsa, demak, u o‘ziga ishonadi, u – qat’iyatli.
Odam ketayotganda, ikki qo‘li cho‘ntakda, boshi egik bo‘lsa,
demak uning ruhi tushgan, xafa, depressiya holatida bo‘ladi.
Agar qo‘llarining uchlarini birlashtirib “uycha” shaklini
eslatayotgan bo‘lsa, bu – uning nimanidir o‘ylayotganligi yoki
nimagadir qiziqayotganligi ramzidir.
285
Agar odam stulning qirgogiga o‘tirib olgan bo‘lsa, bu yo sabrsizlik
bilan kutayotganligi, yoki nimagadir qiziqish bildirayotganligi
ramzidir.
Odam oyoqlarini bir-birining ustiga qo‘yib olib, oyog‘ini yengil
tebratayotgan bo‘lsa, demak, u zerikmoqda.
Agar odam o‘zini orqaga tashlab, qo‘llarini bir-biriga bog‘lab,
bo‘ynida ushlagan bo‘lsa, demak, u dam olmoqchi, va boshqalarda
taassurot qoldirmoqchi.
Dostları ilə paylaş: |