Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə186/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Sotsiometrik test
 
– kichik guruh a’zolari o‘rtasidagi bevosita 
emotsional munosabatlarni o‘rganish va ularning darajasini o‘lchashda 
qo‘llanilib, unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan.
Stereotiplashtirish 
– kishilarga, ijtimoiy guruh a’zolariga nisbatan 
berilgan xislatlarni hozirgacha ma’lum bo‘lgan ijtimoiy qoliplarga 
mos tarzda ommaviy tarzda yoyish, tavsif berish va baholashdir.


319
Stress –
(inglizchada stress – tazyiq ko‘rsatish, zo‘riqish degan 
so‘zdan olingan) 
psixologik ta’rifga ko‘ra, affektiv holatga yaqin 
turadigan, lekin boshdan kechirilishining davomliligiga ko‘ra 
kayfiyatlarga yaqin bo‘lgan his-tuyg‘ular boshdan kechirilishining 
alohida shakli ya’ni, hissiy zo‘riqishdir
Sublimatsiya 
– idning impulslari ijtimoiy ma’qul faollikka 
yo‘naltiriladigan o‘rin almashtirish shaklidir. 
So‘rov metodi
– psixologiyaning barcha tarmoqlarida birlamchi 
ma’lumotlar to‘plashning an’anaviy usullaridan biri bo‘lib, unda 
sinaluvchi tekshiruvchining savollariga javob berishi kerak bo‘ladi.
Tabiiy eksperiment
 
– kuzatish va laboratoriya eksperimenti 
metodi o‘rtasida turadi. Tabiiy eksperimentda tekshiruvchi kishining 
o‘zi tekshiriladigan kishida yoki kishilarda psixik jarayon (masalan, 
xotira, diqqat, tasavvur) hosil qilish yoki tekshiriladigan kishilarda 
individual xususiyatlarni namoyon etish uchun maxsus sharoit 
tug‘diriladi.
Talant –
(yunon. «talanton» – qimmatbaho, noyob narsa, irsiy, 
tabiiy xislat)
muayyan faoliyatning muvaffaqiyatli va ijodiy ravishda 
bajarilishini ta’minlaydigan qobiliyat hamda iste’dodlar majmuasi-
dir.
Tafakkur –
atrof-muhitdagi voqelikni nutq yordamida bilvosita, 
umumlashgan holda aks ettiruvchi psixik jarayon bo‘lib, u ijtimoiy 
sababiy ichki bog‘lanishlarni anglashga, yangilik ochishga va bashorat 
qilishga yo‘naltirilgan aqliy faoliyatdir. Qachonki muammoli vaziyat 
paydo bo‘lganda tafakkur ishga tushadi.
Temperament
(lot. «temperamentum» – aralashma) – 
shaxs 
faoliyati va xulqining dinamik (o‘zgaruvchan) va emotsional-
hissiy tomonlarini xarakterlovchi, biologik shartlashgan individual 
xususiyatlar majmuidir.
Test metodi
 – (ing. sinash, tekshirish) 
biror o‘rganilayotgan hodisa 
xususida ham sifat, ham miqdor xarakteristikalarini olish hamda 
ularni ko‘pchilikda qayta-qayta sinash va ma’lumotlarni korrelyasion 
analiz orqali ishonchlilikni tekshirishda ham ishlatiladi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin