Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Pedagogikaning ilmiy-tadqiqot metodlari
. Zamonaviy peda-
go gika nazariyasida nimani o‘rganish va o‘rgatish, kimni va qan-
day tarbiyalash lozim, degan masalalar bugungi kunda ham o‘z 
dolzarbligini yo‘qotmasdan, o‘zaro uzviy bog‘liqlikda yechimini 
kutmoqda.
Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda 
mavjud pedagogik hodisa va nazariyalarni, uning maqsadi va 
vazifalariga muvofiq keladigan metodlar bilan o‘rganadi. Aniq izlanish 
predmetiga ega bo‘lgan pedagogika fani ta’lim-tarbiya masalalariga 


31
aloqador jarayonlarning mohiyatini yoritish va materiallar to‘plash 
uchun maxsus metodlar va vositalardan foydalanadi. Ular fanning 
metodlari deb yuritiladi.
Zamonaviy fanning ilmiy-tadqiqot metodlari yosh avlodni tarbiya-
lash, bilimli qilish va o‘qitishning aniq jarayonlariga xos bo‘lgan 
ichki aloqa va munosabatlarini bilish yo‘llari, usullari va vositalarini 
o‘rganadi.
Fanning salohiyati va nufuzi avvalambor mazkur metodlar 
yordamida to‘plangan ma’lumotlarning obyektivligi va ishonchliligiga 
bog‘liq bo‘ladi.
Metod (
lotincha “metodos”-“yo‘l”, “uslub”
) tadqiqot yo‘li, 
nazariya, ta’limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida 
“metod” so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga 
yo‘naltirilgan uslubni, ma’lum maqsadga erishish yo‘lini, tor 
ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini 
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi.
Pedagogikada shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida
ta’lim-tarbiya jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik 
vaziyatlar mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o‘rganiladi.
Pedagogika fanining ilmiy-tadqiqot metodlari qanchalik to‘g‘ri 
qo‘llansa, ta’lim-tarbiya mazmunini yangilash va takomillashtirish 
shu darajada yuksaladi. Zamonaviy sharoitda, bo‘lajak tibbiyot 
xodimlariga pedagogik tadqiqot metodlaridan foydalanish bo‘yicha 
tavsiyalar:
1. Kuzatish metodi.
2. Suhbat metodi.
3. Anketa metodi.
4. Intervyu metodi.
5. Hujjatlarni tahlil qilish metodi.
6. Test metodi.
7. Tahlil metodi.
8. Pedagogik tajriba metodi.
9. Matematikaviy statistika metodi.
10. Bashorat (prognoz).
32

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin