Ped Psix 2 tayyori 16. cdr



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Suhbat metodi
– an’naviy pedagogik metodlar turkumiga kirib, 
dialog, diskussiya tarzida o‘tkaziladi. Ushbu metod orqali insoniy 
munosabatlar, ularning istiqboldagi rejalari, qarashlari va xususiy 
fikrlarini o‘rganish mumkin. Pedagogik suhbat oddiy suhbatdan farq 
qiladi. Ushbu metod orqali suhbatdoshning ichki olamini o‘rganish, 
uning dunyoqarashi, kelajakdagi rejalari bilan tanishish imkoniyati 
tug‘iladi. Ta’lim-tarbiya tizimi sifatini oshirishda, takomillashtirishda 
yoki yaratilgan ilmiy farazlarning qanchalik to‘g‘ri ekanligini
aniqlash maqsadida suhbat uslubidan foydalaniladi.
Suhbat metodi
– ta’lim muassasasi o‘qituvchilari va tahsil oluvchilar 
jamoasi bilan ota-onalar va keng jamoatchilik bilan, yakka va guruhli 
tartibda ish olib borilganda qo‘llaniladi. Suhbat metodini tadbiq 
etishdan oldin reja tuziladi, uni amalga oshirish yo‘llari belgilanadi, 
natijalar tahlil qilinadi va tegishli xulosaga kelinadi. Bu metod 
so‘rashning bir turi bo‘lgani holda tadqiqotchining jiddiy tayyorgarlik 
ko‘rishini talab etadi, chunki u tekshirayotgan shaxs bilan bevosita 
34
aloqada bo‘lish vaqtida og‘zaki suhbat tarzida, suhbatdoshining 
javoblarini yozmasdan erkin muomala shaklida qo‘llaniladi. Suhbat 
metodidan farq qilib, intervyu olish metodi savollarni oldindan 
belgilangan izchillikda intervyu yo‘li bilan bayon qilishni nazarda 
tutadi. Bunda javoblar magnit tasmasiga yoki kassetalarga yozib 
olinadi. Hozirgi kunda ommaviy so‘rash nazariyasi va amaliyotida 
intervyu tashkil etishning bir necha usullari mavjud:
guruhlar bilan ishlash;
– intensiv, rivojlantiruvchi;
– sinash va boshqalar.
Ijtimoiy fikrni o‘rganish (so‘rovnoma, intervyu va test) metodi
– tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror 
tomoni yoki hodisalari haqida axborot olish jarayonidir. Bu metod 
orqali o‘rganilayotgan muammoning yechimini topish yo‘llari 
belgilanadi. So‘rash savollari mantiqiy izchillikda, nazokatli shaklda 
bo‘lgani maqsadga muvofiq. Qo‘yilayotgan savollar aniq ifodalanishi, 
mavjud nuqson va salbiy oqibatlarning oldini olishga mo‘ljallangan 
bo‘lishi lozim. So‘ralgan savolga to‘liq javob olish bilan birga
qat’iy shaklda: “ha”, “yo‘q” tarzida ham javob olinadi. So‘rashning 
modifikatsiyalashtirilgan shakli – intervyudir. Intervyudagi savollar 
oldindan tayyorlanib, suhbatdoshiga uzatiladi. Olingan javoblar 
har doim ham pedagogik muammoni yaxlitligicha tahlil qilishga 
imkoniyat yaratmaydi, chunki intervyu javoblari keng jamoatchilik 
ichida tahlil qilinadi. Shu sababli suhbatdosh ayrim paytlari o‘z fikrini 
aniq va ravshan, baralla aytishga iymanadi.
Test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlari qisqa muddat 
ichida yoppasiga aniqlanadi va baholanadi. Masalan, XX asrning 
o‘rtalarida abituriyent biron bir oliy o‘quv yurtiga kirishi uchun 
deyarli bir oy mobaynida bir necha fandan imtihon topshirar va 
ularning javoblarini kutish uchun ancha vaqt sarflardi. Baholar ko‘p 
hollarda subyektiv qo‘yilar, imtihon qilinayotgan fanlar javoblari 
birin-ketin chiqarilar, natijada adabiyot shinavandasi birinchi 
imtihondan natijasi salbiy baholansa, keyingi imtihonga kirish 
huquqidan mahrum etilardi va shu bois yoshlarning talaygina qismi 
o‘zi sevgan kasbini egallay olmasdi. Mustaqilligimizning dastlabki 


35
kunlaridanoq yoshlarning bilimiga xolisona yondashish, ular iqti-
dorini yuzaga chiqarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasida 
oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun 1993-yildan e’tiboran 
abiturientlarning bilim darajasini baholash uchun bir kunda (1 
avgust) va aynan bir xil vaqtda test sinovlari o‘tkaziladi. 
2017-yil 
16-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika 
oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini 
o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga binoan 
2018/2019-o‘quv-yilidan boshlab oliy ta’lim muassasasiga qabul 
qilish bo‘yicha kirish test sinovlarini 1-avgustdan 15-avgustgacha 
bo‘lgan davrda o‘tkazish belgilandi.
Test metodi orqali yoshlarning bilimi baholanishi ularning fanlarni 
o‘zlashtirganlik darajasini xolisona baholashga yordam beradi va 
iqtidorini yorqinroq ifodalashga zamin yaratadi.
Test savollarining o‘rni va ularning mazmunan rang-barang qilib 
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning 
mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini 
taraqqiy ettiradi.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin