Test metodi – ijtimoiy fikrni o‘rganish, kichik vaqt ichida biron
muammoga javob topish, tahsil oluvchilarning bilim darajasi va
fanlarni o‘zlashtirish darajasini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. Test
metodi qisqa vaqt ichida katta hajmdagi ma’lumotga ega bo‘lishga,
ulkan auditoriya bilan ishlashga imkoniyat yaratadi.
Test savollarining o‘rni va ularning mazmunan rang-barang qilib
tuzilishi, ko‘p variantda qo‘llanilishi tadqiq qilinayotganlarning
mustaqil fikrlarini o‘stiradi, kelajakni real baholash qobiliyatini
taraqqiy ettiradi
Ilmiy tadqiqotlarda test, so‘rovnomalar metodi yetakchi bo‘lib
hisoblanadi. So‘rovnoma – anketa metodi qo‘llanilganda yaratilgan
ilmiy farazning yangiligini bilish, aniqlash, tadqiq qilinuvchilarning
yakka yoki guruhli fikrlari, qarashlarini o‘rganishga imkon yaratiladi;
qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va
tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o‘tkaziladi.
Test, anketa savollarini ishlab chiqish murakkab ilmiy jarayondir.
Pirovard natijada tadqiqot natijalarining ishonchliligi anketalar
36
mazmuniga, berilayotgan savollar shakliga, to‘ldirilgan anketalar
soniga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, test savollarining ma’lumotlarini
kompyuterda matematik– statistika metodlari bilan ishlov berishga
imkon beradigan qilib tuziladi.
Bolalar ijodini o‘rganish. Bolalar ijodini o‘rganish ko‘p qirrali
jarayondir. Bunda ta’lim va tarbiya maskanlari tarbiyalanuvchilarining
o‘ziga xos individual tartibdagi faoliyatlari tahlil qilinadi, muayyan
xulosalarga kelinadi. Ularning turli yozma ishlari, daftarlari,
tutgan kundaliklari, she’r va hikoyalari, hayotiy rejalari, insholari,
turli yozma hisobotlari, chizgan rasmlari, haykaltaroshlik ishlari,
bastalagan kuylari, yozgan va ijro etgan qo‘shiq va raqslari ularning
dunyoqarashi va ma’naviyatini o‘rganish uchun manba bo‘lib
xizmat qiladi. Bu metod orqali yoshlar orasidan iqtidor egalari,
noyob qobiliyatga ega bolalar ajratib olinadi. Ayniqsa, bizning
respublikamizda mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanoq
iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularning qobiliyatlarini rivojlantirish
maqsadida salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda
iqtidorli yoshlarimiz jahon mamlakatlarining fan olimpiadalarida,
turli ko‘riklarda (san’at, musiqa va boshqa), sport maydonlarida
o‘zlarining iqtidorini namoyish qilishmoqda, zehn va bilim, kuch va
chaqqonlik, shijoat va g‘ayrat bobida dunyodagi boshqa millatlardan
kam emasligini namoyish qilishmoqda, g‘olibliklarni qo‘lga kiritish-
moqda. Ta’lim va tarbiya muassasalarida iste’dodli, iqtidorli yoshlar
aniqlanib, ular bilan alohida ish olib borilmoqda. Bolalar ijodi fan
olimpiadalari, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmalar, qo‘shiq va raqs
tanlovlari, maktablar bo‘yicha viktorinalar, musobaqalar, sayohatlar
va boshqalarda namoyon bo‘ladi.