37
mida
ishlov berish, statistika ma’lumotlarini jamlash, tahlil qilish,
qiyoslash umumlashtirishda qo‘llaniladi. Matematik-statistika
metodiga XX asrning 40-yillarida nemis olimi A.Vald asos soldi.
Ushbu metod ilgari faqat matematika sohasida qo‘llanilib
kelindi
va XX asrning 50–70-yillarda ilmiy tadqiqotlardan olingan natijalar
matematik hisoblash uchun kibernetik mashinalarga taqdim etildi.
Natijada boshqa fan sohalari ham ushbu metoddan foydalanishdi.
Kibernetika ishlab chiqarish, texnika, tirik organizmlar,
kishilik
faoliyatini boshqarishning umumiy qoidalari va vositalariga oid
sarhisob ishlarini amalga oshiradi. Uning mazmuni axborot berish,
dasturlashtirish, algoritmlar, boshqaruvchi tizim, model yasash singari
asosiy nazariyalarda o‘zligini namoyon etib, imitativ vazifani bajarar
edi. Bugungi kunda pedagogikada ilmiy-tadqiqot natijalarini sarhisob
qilish uchun kompyuterli moslamalardan keng foydalanilmoqda.
Statistik ma’lumotlarni qayta ishlovchi
bir qancha statistik dastur
paketlari ishlab chiqilmoqda. Bu dasturlar orqali murakkab diagramma
va grafiklarni chizish, qiyin hisob-kitoblarni bajarishni kompyuter o‘z
zimmasiga oladi.
O‘qitish nazariyasi, amaliyotda hisoblash matematikasi va
kompyuterlar yordamida bir tildan ikkinchisiga tarjima qilish, dasturli
ta’lim va uni mashina orqali boshqarish, o‘qitishni mustahkamlash,
baholash orqali ta’lim-tarbiya
samaradorligini oshirish, differensial
va individual ta’lim berish, maktab hisobotini mashina-kompyuterlar
yordamida tuzish kabi jarayonlar bajarilmoqda Bu metod nafaqat
ta’lim va tarbiya
ishlarini olib borishda, balki barcha sohalarda
faoliyat yuritayotgan boshqaruvchi xodimlar, oilada farzand tarbiyasi
bilan shug‘ullanuvchi ota-onalar uchun ham, jamoa bilan ishlaydigan
mutasaddilar uchun ham zaruriydir.
Dostları ilə paylaş: