Ta’lim tizimi deb, muayyan jamiyatda ijtimoiy-tarixiy jarayonda
tarkib topgan ma’lum tamoyillar asosida boshqariladigan hamda bir-
biri bilan bog‘langan barcha tipdagi o‘quv-tarbiya muassasalarining
yig‘indisiga aytiladi.
Ta’lim muassasasi yuridik shaxs bo‘lib, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda faoliyat olib boradi.
Ta’lim tizimi ijtimoiy-tarixiy xarakterga ega bo‘lib, u muayyan
jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti darajasi hamda
siyosati mazmuni bilan bog‘liq holda tarkib topadi. O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida (1997-yil 29-avgust)
qabul qilingan “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunida ko‘rsatib o‘tilganidek,
respublika ta’lim tizimi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) davlat ta’lim stadartlariga muvofiq ta’lim dasturlarini amalga
oshiruvchi davlat va nodavlat ta’lim muassacalari;
b) ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlantirishini
taminlash uchun zarur bo‘lgan tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-
pedagogik muassasalar;
d) ta’lim sohasidagi davlat boshqaruv a’zolari, shuningdek,
ularga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlar. O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimi yagona va uzluksiz bo‘lib, mazkur tizim
doirasida faoliyat yurituvchi muassasalar ta’limning bosqichma-
bosqich amalga oshirilishi uchun xizmat qiladi. O‘zbekiston
Respublikasi ta’lim tizimi quyidagi turlarga bo‘linadi.
Maktabgacha ta’lim – bola shaxsini sog‘lom va yetuk,
maktabda o‘qishga tayyorlik darajasida shaklantirish maqsadida
tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6–7 yoshga to‘lgunga qadar
oilada, maktabgacha tarbiya muassasalari (yaslilar 3 yoshgacha
bo‘lgan bolalar uchun; bolalar bog‘chalari 3 yoshdan 6–7 yoshgacha
52
bo‘lgan bola uchun) va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim
muassasalarida olib boriladi.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar har tomonlama
rivojlanadi va ta’lim-tarbiya oladilar. Ularning sog‘ligi mustah-
kamlanadi, o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini hosil
qilnadi. Ularda mehnatga muhabbat uyg‘onadi, kattalarga hurmat,
vatanparvarlik tuyg‘ulari tarbiyalanadi. Bolalar maktab ta’limi uchun
tayyorgarlik ko‘radilar, maktabgacha ta’lim muassasalari umumiy
o‘rta ta’lim maktabining boshlag‘ich sinflari bilan uzluksiz aloqani
amalga oshirishlari lozim.