Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


 Pedagogika fanining predmeti, mazmun-mohiyati va uning



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

1.1. Pedagogika fanining predmeti, mazmun-mohiyati va uning 
tibbiyotda tutgan o‘rni
Kelajagi buyuk davlatni qurayotgan kishilarning tafakkuri, yangi 
iqtisodiy munosabatlarni tiklashga, moddiy ne’matlar ishlab chiqa-
rishga astoydil kirishib doimo yonib yashash hissi bilan sug‘o rilgan 
bo‘lishi lozim. Mana shunday ijobiy hislatlarga boy insonni tarbiyalash 
pedagogika o‘quv yurtlarining, o‘quv muassasasi, litsey, gimnaziya, 
kollej, institut va universitetlarning asosiy vazifasi hisoblanadi. 
Buyuk alloma A. Avloniy ta’kidlaganlaridek: 
«Tarbiya biz uchun 
yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat 
masalasidir».
Haqiqatan ham inson hayotini saodatga, sof insoniy 
faoliyatga erishishida tarbiyaning roli nihoyatda muhim.
Yoshlarni tarbiyalashda biz uchun qadrli bo‘lgan milliy urf-odat-
larimiz, an’analarimiz, o‘chmas merosimizga mehr-muhabbat ularga 
sodiqlik ruhini shakllantira olsak har birimiz uchun ijobiy natija 
sifatida bajarayotgan ishlarimizning mahsuli ekanligi bilinadi.
Buning uchun avvalo milliy g‘urur, milliy ong, milliy g‘oya, 
ma’naviyat, yuksak madaniyat egasi kabi tushunchalarni yoshlarning 
ongiga singdirishimiz lozim. Chunki tarixni bilmasdan, o‘rganmasdan 
undan ruhiy, ma’naviy oziqa olmasdan turib kelajakni tasavvur etib 
va kelajakdagi orzu umidlarga erishib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, har bir mustaqil fan o‘zining predmeti va metodologik 
asoslariga egadir. Jumladan, jamiyatning talab va ehtiyojlari asosida 
mustaqil fan sifatida rivojlanib borayotgan pedagogika fani ham o‘z 
predmetiga ega.
Demak, pedagogika fanining 
predmeti –
o‘qitishning, ta’lim-tar-
biyaning zamonaviy qonuniyatlari, mazmuni, usullari, vositalari 
bilan kishilarni, yoshlarni, mutaxassislarni qurollantiruvchi fan bo‘l-
ganligi uchun ham uning metodologik asoslari maqsad va vazi falari 
dunyoning moddiy-ma’naviy rivojida shaxs kamoloti uyg‘unligi 
qonuniyatlari va davlatning zamonaviy siyosatidan kelib chiqadi.
Jahon hamjamiyatida ta’lim jarayoni subyektlari faoliyatini tashkil 
etish va ularni muvofiqlashtirish asosida ta’lim sifati boshqaruvini 
takomillashtirishning yo‘l-yo‘riqlarini aniqlash, kompetensiyaviy
8
yondashuvlar asosida muvofiqlashtirish va amaliyotga joriy etish, 
pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish yetakchilik 
qilmoqda.
Pedagogikaning bosh masalasi 
tarbiyadir.
Tarbiyadagi keng 
ma’no ta’lim, rivojlanish, ma’lumot bilan bog‘langan holda barkamol
insonni voyaga yetkazishga yo‘naltirilgandir.
Pedagogika fanining 
maqsadi:
− Respublikamizda komil insonni voyaga yetkazishning bir butun 
holatdagi muammolarini hal qilish;
− 
ta’lim-tarbiya samaradorligini tinmay oshirish va dunyo talablari 
darajasiga olib chiqish masalalariga ijodiy yondashish;
− umuminsoniy qadriyat va milliy madaniyatning asoslarini 
e’tiborga olib, ta’lim-tarbiya mazmunini, milliy mafkurani shakllan-
tirib borish imkonini yaratish;
− pedagogika – tarbiyashunoslik qoida, qonunlarni ilg‘or tajribalar 
asosida boyitib borish va yangi ish shakllarini izlash bo‘yicha tadbirlar 
belgilash;
− uzluksiz ta’lim tizimini yanada rivojlashtirish muammolarini hal 
qilish;
− “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ni amalga oshirish.
Pedagogika fanining umumiy

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin