Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Pedagogik mahorat asoslari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

Pedagogik mahorat asoslari
. Pedagog va unga qo‘yiladigan 
talablar, pedagogik mahorat haqida tushuncha, pedagogik qobiliyat-
lar, pedagogik texnika, pedagogning muloqot madaniyati, funksiyalari 
va usullari.
4.1. Didaktika pedagogikaning tarkibiy qismi sifatida
Didaktika haqida tushuncha.
Globallashuv sari borayotgan 
hozirgi dunyoda davlatning xalqaro raqobat jarayoni shartlariga tez 
moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror rivojlanishining asosiy 
omili hisoblanadi. Bu yuksak taraqqiy etgan davlatlarning asosiy 
ustunligi – ta’lim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq. Davlatning 
bugungi va istiqboldagi barqaror iqtisodiy o‘sishini ta’minlovchi 
omillar ham aynan tibbiy ta’lim sohasi rivojlanishiga bevosita 
bog‘liqdir.
92
Didaktika
– (
yunoncha “didaske” – o‘qitaman, o‘rgataman

pedagogika nazariyasining nisbatan mustaqil qismi bo‘lib, unda 
o‘qitish jarayonining umumiy qonuniyatlari ochib beriladi. Didakti-
kaning so‘zma-so‘z tarjimasi “ta’lim nazariyasi” ma’nosini anglatadi. 
Didaktika
– ta’lim jarayoni, mazmuni, qonuniyat va tamoyillari
shakl, metod va vositalarini ilmiy asoslab beruvchi ta’lim nazariyasi, 
pedagogikaning alohida sohasi.
Bu atamani nemis pedagogi V.Ratke (1571–1635) fanga kiritgan, deb 
hisoblanadi. Didaktika nomi ostida u fanning nazariy va metodologik 
asoslarini tadqiq qiladigan ilmiy soha tushuniladi. Didaktikaning 
fundamental ilmiy asoslari ilk bor Ya.A.Komenskiy tomonidan ishlab 
chiqilgan. 1657-yilda u chex tilida “Buyuk didaktika” asarini yozadi. 
Didaktikani Komenskiy “hammani hamma narsaga o‘rgatish san’ati” 
deb tushuntirdi. 
“Didaktika” atamasi ilk bor nemis pedagogi Volfgang Ratkening 
“Didaktika yoki ta’lim san’ati” (1613-yil) deb nomlangan ma’ruzasida 
qo‘llanilgan.
O‘qitish jarayoni pedagogning o‘rgatuvchilik faoliyatini va tahsil 
oluvchilarning maxsus tashkil etilgan bilish faoliyatini o‘z ichiga 
oladi. Shu o‘rinda bu jarayonlarning tahliliga e’tibor qarataylik. 
Ta’limda o‘qituvchining boshqaruvchilik roli o‘z kasbining ijtimoiy 
asoslaridan kelib chiqib, ajdodlarining boy tajribasini, insoniyatning 
asrlar davomidagi bilish, mehnat, muloqot, umumiy aloqalar, estetik 
hamda axloqiy qarashlar jarayonida qo‘lga kiritgan yutuqlarni 
egallashni shart qilib qo‘yadi.
Bularning barchasi o‘qituvchining ta’limiy, tarbiyaviy va 
rivojlantiruvchi vazifalarini amalga oshirishida o‘z aksini topmog‘i 
lozim. Ana shu asosdan kelib chiqib aytish mumkinki, tibbiy 
ta’lim jarayonida bo‘lajak shifokorlar ko‘nikma va malakalar 
bilan qurollantiriladi. Shu bilan bir paytda u dunyoqarash va axloq 
normalarini hosil qiladi, qiziqish va qobiliyatlarini shaklantiradi
ularning tibbiyot haqidagi bilish faolligini oshiradi. 
Didaktikada ta’limni tashkil etishning umumiy masalalari, o‘qitish 
jarayonining mohiyati, ta’limning mazmuni, o‘qitish qonuniyatlari, 
o‘qitish tamoyillari, metodlari, uning tashkiliy shakllari yoritiladi.


93
Didaktika «nimaga o‘qitish?», «nimani o‘qitish?», «qanday 
o‘qitish?» «qayerda o‘qitish» kabi savollarga javob izlaydi.
Didaktikaning 

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin