Ped Psix 2 tayyori 16. cdr


Innovatsion ta’lim texnologiyalari



Yüklə 4,98 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/192
tarix08.11.2023
ölçüsü4,98 Mb.
#131323
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192
Ped Psix 2 tayyori 16. cdr

4.2. Innovatsion ta’lim texnologiyalari 
Pedagogik texnologiya nazariyasi o‘tgan asrning ikkinchi 
yarmidan boshlab asoslanib kelinayotgan bo‘lsada, aynan “pedagogik 
texnologiya” tushunchasiga nisbatan turlicha yondashuvlar mavjud. 
Xususan, pedagog olim V.P.Bespalko pedagogik texnologiyani 
“amaliyotga tatbiq qilinadigan muayyan pedagogik tizim loyihasi” 
deya ta’riflaydi hamda asosiy diqqatni o‘quv-pedagogik j
arayonni 
oldindan loyihalashga qaratadi
1
. N.F.Talizina esa pedagogik 
1
Беспалько В.П. Слагаемые педагогической технологии. – Москва: Педагогика, 
1989. – С. 6.
100
texnologiyani “fan va amaliyot oralig‘ida muayyan tamoyillarni 
olg‘a suruvchi metodlar ishlab chiqaruvchi, ularni izchil qo‘llash 
kabi masalalarni hal etishga yo‘naltirilgan mustaqil fan”
1
bo‘lishi 
lozimligini qayd etadi va h.k.
So‘nggi o‘n-yilliklar davomida nutqimizda “pedagogik texno-
logiya”, “zamonaviy pedagogik texnologiya”, “o‘qitish texno logiyasi” 
kabi tushunchalar keng qo‘llanilmoqda. Aksariyat pedagoglar “ta’lim 
texnologiyasi” va “pedagogik texnologiya” tushunchalari mazmunan 
bir ma’noni anglatishini aytadi. Aslida bunday yondashuv u qadar 
to‘g‘ri emas. Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish g‘oyasi dastlab 
G‘arbiy yevropa va AQSHda shakllangan. Ularda “Pedagogika” 
fani mavjud emas, shu bois “pedagogik faoliyat”, “pedagogik 
texnologiya” tushunchasi ham iste’molda yo‘q. Ushbu mamlakatlarda 
shaxsga ilmiy bilimlarni berish jarayoni “ta’lim jarayoni” sifatida 
nomlanadi, shaxsga bilimlar berish, uning ma’lumotini oshirish, 
ta’lim samaradorligini ta’minlashga xizmat qiluvchi fanlar majmui 
“Metodika” deb yuritiladi. Metodika fanlarini o‘qitishda asosiy 
e’tibor ta’lim sifatini yaxshilash, uning samaradorligini ta’minlashga 
qaratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim amaliyotida o‘qitilib kelinayotgan 
“Pedagogika” fanining predmeti shaxsni shakllantirish, uning 
kamolotini ta’minlashga yo‘naltirilgan ta’limiy va tarbiyaviy 
faoliyatni tashkil etish jarayonining mazmunidan iborat. Ya’ni, shaxs 
kamoloti ta’limiy va tarbiyaviy faoliyat jarayonining natijasi sifatida 
namoyon bo‘ladi.
Xo‘sh, “metod”, “metodika”, ”ta’lim texnologiyasi”, “pedagogik 
texnologiya” tushunchalari bir xil ma’noni anglatadimi? Quyida ana 
shu xususida so‘z yuritiladi.
Metod tushunchasi tadqiqotchilar tomonidan turlicha sharhla-
nishiga qaramasdan, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsadga erishish 
yo‘li hisoblanadi. Masalan, pedagog olima Sh.A. Abdullayevaning 
ta’rificha: “ Metod (lotincha “metodos” – “yo‘l”, “uslub”) tadqiqot 
1
Талызина Н.Ф. Управление процессом усвоения знаний. – Москва: Изд-во 
МГУ, 1984. – С. 13.


101
yo‘li, nazariya, ta’limot, deb tarjima qilinadi. Ilmiy tushuncha sifatida 
“metod” so‘zi keng ma’noda: muayyan muammo yechimini topishga 
yo‘naltirilgan uslubni, ma’lum maqsadga erishish yo‘lini, tor 
ma’noda: tabiat va ijtimoiy hayot hodisalarini hamda qonuniyatlarini 
bilish maqsadida qandaydir vazifani hal etish uslubini bildiradi. 
Pedagog – olima D.I.Ro‘ziyeva: “Metod pedagog va tahsil 
oluvchi hamkorligida tashkil etilayotgan ta’lim jarayonida qo‘yilgan 
maqsadga erishish usuli sanaladi” – deb e’tirof etadi. Pedagogikada 
shunday maxsus metodlar mavjudki, ular yordamida ta’lim-tarbiya 
jarayoniga taalluqli muhim faktlar, turli pedagogik vaziyatlarning 
mohiyatlari, mexanizmlari, xususiyatlari o‘rganiladi.
Ta’lim jarayonida an’anaviy (og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy) va 
noan’anaviy metodlar tasniflanadi.
Hikoya
Mashq
Videometod
Munozara
Didaktik o‘yinlar
Laboratoriya metodi
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Kitob bilan ishlash
Illyustratsiya
Namoyish va h.k.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida noan’anaviy, interfaol 
metodlardan foydalanilmoqda. 
Interaktiv so‘zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act” 
– “harakatlanish” so‘zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda 
harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, 
kompyuter) yoki kimdir (o‘qituvchi) bilan bo‘lish demakdir. Bundan 
kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo‘lib, uning 
davomida o‘qituvchi va tinglovchi, tinglovchi va kompyuter o‘zaro 
hamkorligi amalga oshiriladi.
102
Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib 
borish tashkil etadi.
Interfaol metod 
– o‘quv jarayonining tarkibiy qismi bo‘lib, bir 
vaqtning o‘zida ham o‘qituvchi, ham tahsil oluvchini faollashtirishga 
yo‘naltirilgan o‘qitish usullari majmuidir. “
Modellashtirish”, 
“Breynshtorming”, “Muzyorar” 
kabi
 
turli interfaol metodlardan 
bugungi kunda ta’lim jarayonida foydalanilmoqda.
Modellashtirish
metodidan foydalanish mobaynida o‘qituvchi 
auditoriya xususiyatlarini bilishi lozim. Bunda yoshlarning bilim, 
o‘zlashtirish xususiyatlari, uchrashi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar, 
ish dinamikasi, darsning tuzilishi, o‘zaro hamkorlikka asoslanganligi
inobatga olinishi zarur.
“Breynshtorming”
metodi orqali tahsil oluvchilar bilan tezkor aloqa 
o‘rnatish, ular fikrini mustaqil ravishda izhor etishlariga imkoniyat 
yaratish, ularga dinamik ta’sir ko‘rsatish mumkin. 
“Breynshtorming”
uch bosqich: motivatsiya, idrok, refleksiya (mushohada yuritish) dan 
iborat bo‘lganligi bois, har birida ham bahsga kirishuvchilar muloqot 
madaniyatini namoyish eta olishi lozim bo‘ladi
1
. Demak, pedagogik 
muloqotda tahsil oluvchilar tashabbusi qo‘llab-quvvatlanadi, dialog 
muloqotga zamin yaratiladi, yoshlarning o‘z fikrlarini real sharoitga 
moslay olish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tabiiyki, bunda o‘qituvchi 
pedagogik muloqotni tashkil qiluvchi, tashabbuskor va yetakchi shaxs 
sifatida maydonga chiqadi.
Bugungi kunda ta’lim jarayonida noan’anaviy metodlar
-“Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi”, “Erkin yozish”, 
“Besh minutlik esse”, “Tushunchalar asosida matn tuzish” kabi 
metodlardan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 4,98 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   192




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin