103
beqiyosdir. Metodika shaxsning tabiatga bo‘lgan ta’sirini jamoaviy,
maqsadga muvofiq, texnologik o‘zaro ta’sir sifatida namoyon
bo‘lishini ifodalaydi.
Ta’lim texnologiyasi tahsil oluvchilar faoliyatini samarali,
muvaffaqiyatli tashkil etishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u talabalarning
shaxsiy va pedagog bilan birgalikdagi faoliyatlarini inobatga olgan
holda, o‘quv materiallarini mustaqil o‘zlashtirishlari uchun zarur
sharoitlarni yaratishga xizmat qiladi.
Ta’lim jarayonini texnologiyalashtirish nazariyasining shakllanishi
uzoq muddatli vaqt oralig‘ida kechadi. Qator mamlakatlar –
AQSH, Angliya,
Yaponiya, Italiyada ta’lim texnologiyasi va
uning muammolarini tadqiq etishga alohida e’tibor qaratilgan. Bu
mamlakatlarda ta’lim texnologiyasi muammolarini tadqiq etuvchi
tashkilotlar tuzildi, maxsus jurnallar (“Ta’lim texnologiyasi – 1961-
yil, AQSH; 1970-yil, Angliya; 1965-yil, Yaponiya; 1971-yil, Italiya;
“Ta’limtexnologiyasi va dasturli ta’lim” – 1964-yil, Angliya; “Ta’lim
texnologiyasi sohasidagi tadqiqotlar” – 1965-yil, Yaponiya) nashr
etildi.
Mustaqillik sharoitida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasa-
lari faoliyati jarayoniga yangi pedagogik texnologiyalarni olib kirish-
ga qaratilgan harakatlar bir qator yetakchi tashkilotlar tomonidan olib
borildi. So‘nggi besh-yillar davomida yuqorida nomlari keltirilgan
tashkilotlarning ko‘magida respublikaning bir qator yetakchi oliy
o‘quv yurtlari qoshida Innovatsion markazlar (Pedagogik texnologiya
markazlari) tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish,
uning sifat va samaradorligini oshirish davlat siyosatining eng ustuvor
yo‘nalishlaridan biridir. Shu boisdan yuqori darajadagi bilimga
ega, ma’naviy boy, sog‘lom, barkamol avlodni tarbiyalash “Ta’lim
to‘g‘risida”gi Qonun va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”da ko‘zda
tutilgan asosiy maqsadlardan biridir.
Ta’lim jaryonlarini rivojlantirish bilan
birgalikda hozirgi kun
talablari oldida turgan dolzarb masala – kelgusidagi kasb egalarini,
shu jumladan, bo‘lajak shifokorlarni innovatsion faoliyatga
tayyorlash, yosh avlodni ma’naviy tarbiyalash, intellektual jihatdan
104
rivojlantirishda samaradorlikka erishishdir. Zero, faqat barkamol
shaxsgina o‘zining intelektual, ma’naviy imkoniyatlarini kasbiy
faoliyatida to‘laqonli namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shu ma’noda mamlakatimizda innovatsion jarayonlarni qiyosiy-
tahliliy o‘rganish, amaliy tajribalarni tanqidiy mushohada qilish aso -
si
da umumlashtirish, bo‘lajak mutaxassislarning innovatsion faoli ya -
tini to‘g‘ri tashkil qilish, uning istiqbol strategiyasini aniqlash imko-
nini beradi.
Innovatsion faoliyat
– bu yangi ijtimoiy talablar bilan an’anaviy
me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud amaliyotning yangi shaklla-
nayotgan me’yorining mavjud me’yor bilan to‘qnashuvi natijasida
vujud ga kelgan majmuali muammolarni yechishga qara tilgan
faoliyatdir
1
», – deb ta
'
kidlaydi M.Ochilov. Innovatsion faoliyat –
amaliyot va nazariyaning muhim qismi bo‘lib,
ijtimoiy-madaniy
obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan ijtimoiy subyektlarning
harakat tizimi bo‘lib, u ma
’lum doiradagi muammolarni yechish
qobiliyatigina emas, balki har qanday vaziyatdagi muammolarni
yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka ega bo‘lishdir.
Innovatsiya
(ing. “innoveyshn” – yangilik kiritish) – tizim ichki
tuzilishini o‘zgartirish, deb ta’riflanadi.
Innovatsiya – amaliyot
va nazariyaning muhim qismi bo‘lib, ijtimoiy – madaniy obyekt
sifatlarini yaxshilashga yo‘naltirilgan ijtimoiy subyektlarning harakat
tizimidir. Bu g‘oya nazariyasi mohiyatining yaratilishiga nisbatan
turli yondashuvlar va fikrlar mavjud bo‘lib, uning mohiyati borasida
fanda yagona fikr mavjud emas.
Innovatsiyalar
dolzarb, muhim ahamiyatga ega bo‘lib, muayyan
bir tizimda shakllangan yangicha yondashuvlardir. Ular tashabbuslar
va yangiliklar asosida tug‘ilib, ta’lim mazmunini rivojlantirish uchun
istiqbolli bo‘ladi, shuningdek, umuman ta’lim tizimi rivojiga ijobiy
ta’sir ko‘rsatadi. Innovatsiya – ma’lum
bir faoliyat maydonidagi
yoki ishlab chiqarishdagi texnologiya, shakl va metodlar, muammoni
yechish uchun yangicha yondashuv yoki yangi texnologik jarayonni
qo‘llash, oldingidan ancha muvaffaqiyatga erishishga olib kelishi
ma’lum bo‘lgan oxirgi natijadir.
1
Очилов М. Педагогик технологиялар.-Тошкент: Ўқитувчи,2006.-91-бет.
105
Butun ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni quyidagicha tasniflash
ma’qullanmoqda:
III
Faoliyat yo‘nalishiga qarab (pedagogik jarayondagi,
boshqaruvdagi).
III
Kiritilgan o‘zgarishlarning tavsifiga ko‘ra (radikal, modifi-
katsiyalangan, kombinatsiyalangan).
III
O‘zgarishlar ko‘lamiga ko‘ra (lokal, modulli, tizimli).
III
Kelib chiqish manbayiga ko‘ra (shu jamoa uchun ichki yoki
tashqaridan olingan).
Innovatsiyaning maqsadi –
sarflangan mablag‘ yoki kuchdan eng
yuqori natija olishdan iborat. Boshqa turli-tuman o‘z-o‘zidan paydo
bo‘ladigan yangiliklardan farqli o‘laroq, innovatsiya boshqariluvchi
va nazorat qilinuvchi o‘zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Ta’lim tizimidagi har qanday yangilik innovatsiya bo‘la
olmaydi. Shu sababli «novatsiya» va «innovatsiya» tushunchalari
o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rsatib o‘tish zarur.
Buning uchun
islohot faoliyatining aniq shakli, mazmuni va ko‘lami asos bo‘lib
xizmat qiladi. Agar faoliyat qisqa muddatli bo‘lsa va yaxlit tizim
xususiyatiga ega bo‘lmasa, o‘z oldiga muayyan tizimdagi faqat ba’zi
elementlarini o‘zgartirishni vazifa qilib qo‘ygan bo‘lsa, u holda biz
novatsiya
bilan muloqot qilayotgan bo‘lamiz. Agar faoliyat ma’lum
konseptual yondashuv asosida amalga oshirilayotgan bo‘lsa va uning
natijasi o‘sha tizim rivojlanishiga yoki uning prinsipial o‘zgarishiga
olib kelsagina
innovatsiya
deya olamiz.
Har ikkala tushuncha
mezonlari
quyidagicha: novatsiya amaldagi
nazariya doirasida amalga oshiriladi, ko‘lam va vaqt bo‘yicha
chegaralanadi, metodlar yangilanadi va natijasi avvalgi tizimni
takomillashtiradi. Innovatsiya esa tizimli, yaxlit va davomli bo‘ladi,
ma’lum amaliyotda yangi
faoliyat tizimini loyihalaydi, amaliyot
subyektlari pozitsiyalarini to‘la yangilaydi. Bunda faoliyatning yangi
yo‘nalishlari ochiladi, yangi texnologiyalar yaratiladi, faoliyatning
yangi sifat natijalariga erishiladi, natijada amaliyotning o‘zi ham
yangilanadi.
Innovatsiyaning amaliyotga kiritilishi
innovatsion jarayonlarda
amalga oshiriladi.
Innovatsion jarayon
deb
– innovatsion
106
o‘zgarishlarga tayyogarlik ko‘rish va uni amalga oshirish jarayoniga
aytiladi.
I.P.Podlasiy pedagogik tizimda
innovatsion o‘zgarishlarning
yo‘nalishlarini
o‘rganish asosida
quyidagilarni belgilab beradi:
Ш Pedagogik tizimning tamomila o‘zgarishi.
Ш O‘quv jarayonining o‘zgarishi.
Ш Pedagogik nazariyaning o‘zgarishi.
Ш O‘qituvchi faoliyatining o‘zgarishi.
Ш Tahsil oluvchi faoliyatining yangilanishi.
Ш Pedagogik texnologiyaning o‘zgarishi.
Ш Mazmunning yangilanishi.
Ш Shakl, usul va ta’lim vositalarining o‘zgarishi.
Ш Boshqaruvning o‘zgarishi.
Ш Maqsad va natijaning o‘zgarishi.
Ta’lim jarayonidagi innovatsion o‘zgarishlar, ta’lim tizimiga har
qanday yangilikning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash
va o‘zgartirish orqali amalga oshirilishi ham muallif tomonidan qayd
etilgan. Ta’lim tizimidagi innovatsiyalar, ularni amaliyotga kiritish,
innovatsion jarayonlarni boshqarishni tahlil qilish orqali innovatsion
faoliyat tuigunchasini ta’riflash imkoniyati paydo bo‘ldi. Innovatsion
faoliyat – pedagogik jamoani harakatga keltiruvchi, olg‘a boshlovchi,
taraqqiy ettiruvchi kuchdir.
“Innovatsion faoliyat –
bu yangi ijtimoiy
talablar bilan an’anaviy me’yorlarning mos kelmasligi, yoxud
amaliyotning yangi shakllanayotgan me’yorining mavjud me’yor
bilan to‘qnashuvi natijasida vujudga kelgan majmuali muammolarni
yechishga qaratilgan faoliyatdir”, – deb ta’kidlaydi V.I.Slobadchikov.
Innovatsion faoliyat bu amaliyot va nazariyaning muhim qismi
bo‘lib, ijtimoiy – madaniy obyekt sifatlarini yaxshilashga qaratilgan
ijtimoiy subyektlarning harakat tizimi hisoblanadi va u ma’lum
doiradagi muammolarni yechish qobiliyatigina emas, balki har qanday
vaziyatdagi muammolarni yechish uchun motivatsion tayyorgarlikka
ega bo‘lishdir. O‘qituvchining innovatsion
faoliyatining markaziy
masalasi o‘quv jarayonini samarali tashkil etishdan iborat.
Dostları ilə paylaş: